Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va boshqarishning horijiy tajribasi


Download 119.64 Kb.
bet3/6
Sana04.11.2023
Hajmi119.64 Kb.
#1745669
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqillik yillarida O’zbekiston iqtisodiyotining tarmoqlari tarkibidagi o’zgarishlari

Erkin iqtisodiy zona "Jizzax"3


Erkin iqtisodiy zonalarning har xil turlari mavjud: erkin omborxonalar, erkin bojxonalar zonalari, ilmiytexnika zonalari. Ular AQShda texnoparklar, Yaponiyada texnopolislar deb ataladi. Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar (asosan, eksportga ixtisoslashgan) ham mavjud. Dastlabki Erkin iqtisodiy zonalarzlardan biri Irlandiyada „Shennon aeroportida (1959) tashkil etilgan edi. Keyinroq shunday zona Angliyadagi „DogAylend aeroportida paydo boʻldi. Baʼzi Erkin iqtisodiy zonalarz, lar ancha yirik hududlarda tashkil etiladi. Mas, Braziliyadagi Manaus, Xitoydagi maxsus iqtisodiy hudud „Shenjen va boshqalar shunday zonalardir. Jahon amaliyotida Erkin iqtisodiy zonalarz.lar rivojlangan (Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya, AQSH va boshqalar), shuningdek, rivojlanayotgan (Braziliya, Koreya Respublikasi, Malayziya va boshqalar) mamlakatlarida ham tashkil etildi. Erkin iqtisodiy zonalarz.ga chet el kapitalini jalb qilish Xitoy siyosatida ancha keng qoʻllanildi. 20-asr oxirlarida Erkin iqtisodiy zonalarz.lar Birlashgan Arab amirliklari, Rossiya va Polshada tashkil etildi. Rossiya va Xitoy hamkorligida tashkil etilgan Blyagovanichensk — Xeyxe, Qora dengiz boʻyi, Kaliningrad viloyatidagi „Yantar Erkin iqtisodiy zonalarzlari ham shunday makonlardir. Hozir jahonda 600 dan ortiq Erkin iqtisodiy zonalarz. mavjud.
Oʻzbekistonda Erkin iqtisodiy zonalarz. gʻoyasi milliy iqtisodiyot taraqqiyoti uchun ijobiy baholandi. Shu bois 1996-yilning 25-aprelda mamlakat parlamenti Oʻzbekiston Respublikasining „Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida qonunini qabul qildi. Bu qonun chet el investitsiyalari, savdo va sanoat sohalarining rivojlanishi, aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash uchun qulay sharoit yaratishga meʼyoriyhuquqiy asos yaratdi.
XX asrning ikkinchi yarimlaridan boshlab erkin iqtisodiy hudud (EIH) xalqaro iqtisodiyotning ajralmas qismi bo’lib kelmoqda. Jahon xo’jaligi aloqalarida erkin iqtisodiy hudud xalqaro tovaralmashinuvining faollashuvi, investitsiyalar mobilizatsiyasi, ish bilan bandlik darajasini o’sishi hisobiga iqtisodiy o’sish ko’rsatkichini tezlashtiruvchi omil sifatida qaralmoqda. Shu sababdan bugungi kunga kelib dunyo miqyosida EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga bo’lgan e’tibor, munosabat tobora ortib bormoqda. Jumladan, ayni vaqtga kelib O’zbekiston Respublikasida ham mavjud 14 ta hududning 12 tasida 21 ta EIHlar tashkil etilishiga asos solingan bo’lib, ularning huquqiy asoslari ishlab chiqilgan. Jahon amaliyoti tajribasi shuni ko’rsatadiki, EIHlar milliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan birgalikda, ishlab chiqarishga yangi, energiyatejamkor, zamonaviy yuqori texnologiyalarni olib kirish, ilg„or xorijiy menejment va marketing tajribalaridan foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar evaziga ichki bozorni import o’rnini bosuvchi tovarlar bilan to’ldirish, mamlakat eksport salohiyatini yanada oshirish, tashqi savdoni rivojlantirish, hududlarda yangi ish o’rinlari yaratish, valyuta tushumlari kirib kelishini ko’paytirish, oltin-valyuta zahirasi hajmini oshirish, iqtisodiy o’sishni ta’minlash, milliy valyuta barqarorligini mustahkamlash, Davlat budjeti daromadlarini oshirish va pirovardida, milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi va xalqaro raqobatbardoshligining yanada kuchayishiga keng yo’l ochib beriladi hamda unga xizmat qiladi. Dunyo miqyosida turli davlatlarda tashkil etilgan va etilayotgan EIHlar sonining ortib borishi va EIHlarga ega davlatlar sonining ham ortib borishi (bugungi kunga kelib, ularning soni 140 dan oshdi) ushbu EIHlarning o’zi nima, uning ahamiyati, muhimligi va samaralari, afzalliklari haqida yetarlicha tushuncha, tasavvur va bilimga ega bo’lish zaruriyatini kuchaytirib bormoqda. Shu sababdan ushbu masalaga jiddiy yondashish uni alohida fan sifatida o’rganish darajasiga ham olib chiqdi. Bu esa mazkur “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini o’zlashtirishda, eng avvalo, EIHlarning mazmun-mohiyatini yaxshi o’rganish, bilish va u haqda yetarlicha tushunchaga ega bo’lishni taqozo etadi. Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini jahon fanida chuqur va har tomonlama o’rganish XX asrning 70 yillarida boshlandi. Hozirgi zamon ilmiy adabiyotida, mamuriy hujjatlarda, amaliyotda, erkin iqtisodiy hududlarni bildiruvchi xilma-xil atamalar qo’llashadi: “Erkin iqtisodiy hudud”, “Texnologik hudud”, “Erkin bojxona hududi”, “Maxsus iqtisodiy hudud”, “Erkin tadbirkorlik hududi”, “Erkin eksport hududi”, “Erkin savdo hududi”, “Bojsiz hudud”, “Qo’shma tadbirkorlik hududi”. XX asrning 80 yillarida erkin iqtisodiy hududlarning 20 ta4 , o’tgan asrning 90 yillarida 30 ta5 shakli bor deb hisoblaganlar. Ba’zi hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda EIHlarni tavsiflovchi 40 dan ortiq atamalar borligi ham keltirib o’tilgan. Bugungi kunga qadar EIHlar mazmun-mohiyatini yoritish, EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga doir xorijiy va mahalliy iqtisodchi-olimlar, mutaxassislar tomonidan turli tadqiqotlar olib borilgan va shuning natijasida ko’plab ilmiy maqolalar, monografiyalar, dissertatsiya ishlari, risolalar, o’quv adabiyotlar hamda o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratilgan. Biroq, olib borilgan o’rganishlar EIHlar tushunchasiga xorijiy va mahalliy iqtisodchi-olimlar, mutaxassislar tomonidan berilgan turli ta’rif va talqinlar mazkur atamaning yagona ta’rifga ega emasligini, uning mazmuniga har bir mutaxassis o’z nuqtai nazari, bilim va faoliyat olib borish sohasiga asoslanib ta’rif berishganligini ko’rsatadi. Erkin iqtisodiy hududni hududiy xo’jalik jihatidan ham qadimiy, ham zamonaviy deb atash mumkin. Ularning ildizi qadim o’tmishga borib taqaladi, va mana shu vaqtning o’zida o’z amaliy faoliyatini zamonaviy rivojlanishda boyitadi. Amerikalik olimlar M.Fraze va R.Renalar fikricha, “erkin iqtisodiy hudud – bu iqtisodiy rivojlanish yo’lidagi insoniyatning eng qadimgi va va shu bilan birga eng zamonaviy g„oyalaridan biridir”6 . Rus olimi I.P.Fominskiy rahbarligi ostida chiqqan o’quv qo’llanmada7 erkin iqtisodiy hududlarga ushbu mamlakatda qabul qilingan umumiy xo’jalik faoliyati tartibiga nisbatan imtiyozlar beruvchi ma’lum bir hudud deb ta’riflanadi. Hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida erkin iqtisodiy hududlar katigoriyasini aniqlashda turli xil yondashuvlar mavjud. Bu munozara, asosan, ikki muammoni tahlil qilishga borib taqaladi: - umumlashtiruvchi tushuncha sifatida termin tanlash;
- xodisani kengroq, to’laroq ochib berish maqsadida uning aniq izohini topish. EIHlarni ta’riflovchi qarashlarning xilma-xilligi quydagilar bilan bog„liq: - ular asrlar davomida evolyusion tarzda rivojlanib, o’zgarib, takomillashib boradi; - bu rivojlanish turli mamlakatlarda va davrlarda mavjud bo’lgan turli tuman iqtisodiy muhitda sodir bo’lgan va bo’lmoqda; - ularning rivoji ichki va tashqi omillarga (geografik holat, ish kuchining o’ziga xosligi, jahon iqtisodiyoti konyukturasi va hokazo) juda kuchli ravishda bog„liqdir; - ilmiy-nazariy tushunib etishda, terminlashda va turkumlash yondashuvida darajaning yetarli emasligidir. Rossiyalik olimlardan biri D.Adrianov EIHlarga quyidagicha ta’rif beradi: “Erkin iqtisodiy hududlar milliy hududning bir qismi bo’lib, iqtisodiy muammolar yechimini topishda keng imkoniyatlarni yaratib beradi. Xorijiy hamda milliy tadbirkorlikning iqtisodiy faoliyatida muhim qulayliklarni yaratadi”8. E.F.Avdokushin esa “Erkin iqtisodiy hudud mamlakat yoki davlatning bir qismi bo’lib, aniq bir ijtimoiy-iqtisodiy va texnologiyalarga oid muammolarni yechimini hal qilishga yo’naltirilib, iqtisodiy faoliyat yurituvchilar uchun maxsus shartsharoitlar yaratib beradigan boshqaruvning maxsus ma’muriy tizimiga egadir”9, deb ta’kidlab o’tgan edi. Rossiyalik iqtisodchilardan A.Kuznetsov10 hamda S.A.Ribakov va N.A.Orlovalar11 ning keltirishicha, “Erkin iqtisodiy hudud – xorijiy tovarlar hech qanday bojxona to’lovlarisiz saqlanishi, sotilishi yoki xarid qilinishi mumkin bo’lgan hudud”. O’zbekistonlik Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G. 10 va rossiyalik Danko T.P., Okrut Z.M., Igoshin N.V. kabi mualliflar bir ovozdan: “Erkin iqtisodiy hudud – bu mahalliy hamda xorijiy tadbirkorlar faoliyat yuritishi uchun maxsus imtiyozli iqtisodiyot amal qiladigan chegaralangan hudud”, - degan xulosaga kelishgan. Yuqorida EIHlar mazmuniga berilgan ta’riflardan quyidagi jihatlarni keltirib o’tish mumkin:
Jaxon tajribasi va amaliyotida xar bir mamalakatning o’z milliy iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha o’ziga xos tajriba va an’analari mavjud. Hozirda rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyoti taraqqiy etishiga asos bo’lgan usullardan biri bu mamlakatda ma’lum bir xududni yoki butun bir kichik mamlkatlar o’z iqtisodiyotini erkin iqtisodiy makonga aylantirib rivojlanish sari qadam qo’yganlar.
Erkin iqtisodiy makonlarni asosan muayyan bir davlatning ma’lum bir mintaqasi yoki alohida bir hududida tashkil etish iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Ammo hududi va ma’muriy boshqaruv tizimi uncha katta bo’lmagan alohida davlatlarning butun iqtisodiyoti erkin iqtisodiy makonlarga aylantirilgan hollar ham uchrab turadi. Erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etishdan asosiy maqsad qisqa muddatlarda mamlakatni rivojlangan jahon hamjamiyati a’zolari qatoriga qo’shish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni tezlashtirishdan iborat.
Ushbu makonlarning tashkiliy tuzilishi va nomlanishi turlicha bo’lsada, ularni tashkil etishdan asosiy maqsad imkon qadar xorijiy investitsiyalarni, zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb qilish hisobiga mavjud iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va jahondagi rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin olish orqali aholi turmush darajasini yaxshilashdir.
Tarixiy manbalar dalolat berishicha, erkin bojxona va tovarlarning tranzit makonlari bundan bir necha asr oldin paydo bo’lgan bo’lib, ular davlatlar o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda keng qo’llanilgan. Masalan, SHarq va Evropani bevosita savdo orqali bog’lab kelgan Buyuk Ipak yo’lini bojxona va mahsulotlarni tranzit qilish erkin makoniga misol bo’la oladi.
Erkin iqtisodiy makonlarning qaror topishini tavsiflovchi belgilar orasida quyidagi omillar alohida o’rin tutadi:

  • investor uchun hududning iqtisodiy jug’rofiy holati juda qulay bo’lishi shart;

  • kamida mintaqaviy ahamiyat kasb etuvchi magistral yo’llarning kesishgan joylari bo’lishi lozim;

  • dengiz va daryo portlariga yaqin bo’lishlari kerak;

  • aeroportlar xalqaro maqom olgan bo’lishlari lozim.

Erkin iqtisodiy makonlarda ma’muriy boshqaruv tizimi alohida bir maxsus maqomga ega bo’lib, investorlar xom ashyo va materiallarni import qilish hamda tayyor mahsulotlarni eksport qilish jarayonida bojxona to’lovlaridan to’liq ozod qilinadi yoki makonning ma’muriy boshqaruv organlarini moliyalashtirishga etarli darajadagi imtiyozli soliq to’lovlari o’rnatiladi. Investorlarning mulkka egalik qilish huquqi kengayadi va ularga keng ko’lamli soliq ta’tillari taqdim etilishi bilan birga, bojxona nazorati minimal darajaga tushiriladi.
Dunyo tajribasida har bir hududning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, bir nechga ko’rinishdagi erkin iqtisodiy makonlar mavjud bo’lib, ularning tarkibi quyidagilardan iborat:

  • Erkin savdo makonlari. Ushbu makonning o’ziga xos belgilari shundan iboratki, ular kamida mintaqa ahamiyatiga ega bo’lgan magistral yo’llar kesishgan joylarda, shu jumladan, dengiz va daryo bandargohi yonidagi portlar hududida tashkil etiladi. Ularda bojxona to’lovlari va tranzit yig’imlari minimal darajada bo’lishi shart.

Ishlab chiqarishsanoat makonlari. Mazkur makonni tashkil etishdan asosiy maqsad xorijiy bozorlarga tayyor mahsulotlarni eksport qilish bo’lib, davlatning iqtisodiy salohiyatini tayyor mahsulotlar orqali reklama va targ’ibot qilishdir. Natijada, mamlakatga chet el investorlarining qo’shimcha sarfxarajatlarsiz kirib kelishi uchun ruhiy ta’sir ko’rsatish imkoniyatlari paydo bo’ladi.

  • Ilmiy-texnikaviy va ilmiy ixtiro makonlari. Ushbu makonlar tarkibiga tashqi bozorni kompyuter va boshqa hisoblash texnikalari orqali zabt etish maqsadida mavjud texnologik parklar zamirida tashkil etilgan «Texnopolis» makonlari kiradi.

  • Xizmat ko’rsatish (servis) makonlari. Ushbu makon shaklining o’ziga xosligi shundan iboratki, unda turli ko’rinishdagi moliyabank markazlari, sug’urta bozorlari va fond birjalari tashkil etiladi. Bundan asosiy maqsad moliyabank xizmatidan keng imtiyozlar berish hisobiga yuqorisalohiyatga ega xorijiy investorlarning likvidli kapitallarini jalb qilishdir12.

Muayyan ustavga ega bo’lgan erkin iqtisodiy makonlarning keng tarqalishi o’tgan asrning 50 yillari oxirida boshlangan.

Erkin iqtisodiy zona "Navoiy"13
Hozirgi paytda erkin iqtisodiy makonlarning aksariyati Amerika va Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari hududlarida joylashgan. Jahon tajribasi ko’rsatishicha, erkin iqtisodiy makonlarning alohida mamlakatdagi samarali tashkil etilishi va faoliyat yuritishi avvalo undagi siyosiy barqarorlik, investitsiyalarni kafolatlash, sifatli va zamonaviy infratuzilma xizmatlari tashkil etilganligi, ishchi va xizmatchilarning mahorati va malakasi, ma’muriy boshqaruv tuzilmalarining qulay tashkil etilganligiga bog’liedir.
Dunyo amaliyotida, mamlakatlar o’zlarining iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab, o’z iqtisodiga, jug’rofiy joylashishiga mos keladigan erkin iqtisodiy makon turlarini tanlab, joriy etganlar. Masalan, G’arbiy Evropa davlatlari dengiz portlarida yuklarni ortishtushirish ishlarini ortiqcha rasmiyatchiliksiz va bojxona to’lovlarisiz amalga oshirish maqsadida, ko’plab erkin savdo makonlari tashkil etishgan. Erkin aeroport makonlari tashkil etish Buyuk Britaniya davlatiga xos bir amaliyot bo’lsa, moliyabank markazlari va Offshor makonlar SHveysariya, Lixtenshteyn, Normandiya orollarida yaxshi yo’lga qo’yilgan. AQSH va YAponiyada «Texnopolislar rivojlanishiga qulay sharoit yaratilib, hozir ularda keskin yuksalish pallasi boshlandi. Dunyodagi eng katta «Texnopolis AQSHdagi erkin iqtisodiy makonda joylashgan bo’lib, u Silikon vodiysi deb nomlanadi va hozirgi paytda jahonda ishlab chiqarilayotgan kompyuter va boshqa hisoblash texnikalarining qariyb 20 foizi ayni shu makonda tayyorlanib, dunyoning turli mamlakatlariga realizasiya qilinmokda.
SHarqiy Osiyoda erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish bo’yicha Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur va Tayvan mamlakatlari peshqadamlik qilmokda. Xitoyda erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish uchun asosan dengiz bandargohiga yaqin bo’lgan hududlar va mintaqaviy ahamiyat kasb etadigan transport magistrallari kesishgan joylar tanlab olindi. Dastlabki makonlar 70-yillar oxirida tashkil etila boshlangan. Erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etishda quyidagilarga erishish asosiy maqsad qilib belgilangan14:

  • xorijiy kapitallarni, texnika va texnologiyalarni jalb etishni maksimal rag’batlantirish hamda intellektual mehnat o’rnini bosadigan texnika korxonalarini tashkil etish;

  • tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mamlakatning jahon mehnat taqsimotida keng ishtirok etishini ta’minlash, eksport hajmini oshirish hisobiga valyuta tushumini ko’paytirish;

  • erkin iqtisodiy makonlarda zamonaviy tovarlarni ko’plab ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va boshqaruv tajribalarini o’rgatadigan maktablardagi ilg’or tajribalarni mamlakatning qolgan xududlariga ham keng joriy etish;

  • erkin iqtisodiy makonlarda faoliyat yuritayotgan ishchi va xizmatchilarning turmush darajasini Singapur, Gonkong boshqa industrial davlatlardagi fuqarolar turmush darajasiga etkazish;

  • mamlakatda ortiqcha va arzon ishchi kuchidan samarali foydalanib, vujudga kelayotgan ijtimoiy iqtisodiy tanglikni oldini olish.


  • Download 119.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling