Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
163 5.7-jadval. Respublikadagi avtomobil yo„llari qismlari va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo„llarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda yo„l tashkilotlarining ishlab chiqarish bazalarini texnik rivojlantirish chora- tadbirlari 60 Yo„nalish nomi 2015 y. 2016 y. 2017 y. 2018 y. 2019 y. Respublika yo„l jamg„armasi mablag„lari hisobidan umumiy hisobda 1 227,8 km uzunlikdagi avtomobil yo„llari, ko„priklar va yo„l o„tkazgichlarni qurish va rekonstruksiya qilish (km. hisobida) 204,6 257,8 213,5 277,9 274,0 Xalqaro moliya institutlari mablag„lari hisobidan avtomobil yo„llari qismlarini va undagi transport yechimlari, ko„priklar va yo„l o„tkazgichlarning 1 172,5 km qismida qurilish va rekonstruksiya ishlarini olib borish (km. hisobida) 156,5 191,0 258,0 303,0 264,0 Respublika yo„l jamg„armasi va Jahon banki mablag„lari hisobidan ham 299,5 km uzunlikdagi yo„llarda qurish va rekonstruksiya qilish ishlari belgilab berilgan bo„lib, bu miqdorni yillar kesimida quyidagicha amalga oshirish (km. hisobida) 15,2 64,1 90,3 71,9 58,0 Iqtisodiyot tarmoqlarida jahon bozoriga mo„ljallangan raqobatdosh mahsulotlar eksporti hajmini oshirishda infratuzilmani rivojlantirish, erkin iqtisodiy hududlar hisobiga alohida olingan maxsus hududlar bo„yicha infratuzilma tarmoqlari faoliyatini yanada kengaytirish maqsadga muvofiqdir. O„zbekiston Respublikasida transport va logistika sohasini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratib kelinmoqda. Bu esa mazkur sohaga berilgan imtiyozlarda ham o„z aksini topmoqda. Jumladan, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2- dekabrdagi “2018-2021 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo„nalishlarini diversifikatsiyalashga doir chora-tadbirlar to„g„risida”gi PQ-3422-sonli Qarorining qabul qilinganligi ham bunga misoldir. Ushbu Qaror asosida mamlakatimizda transport va logistika sohasida faoliyat 60 “O„zavtoyo„l” DAK axborot xizmatining internet ma‟lumotlari asosida tuzildi. 164 ko„rsatuvchi avtotashuvchilar va transport-logistika kompaniyalariga soliq va bojxona imtiyozlari berildi va hujjat 2017-yil 4-dekabrdan to„la kuchga kirgan. Qaror asosida ular – xalqaro avtotashishlarni amalga oshiradigan milliy avtotransport korxonalari, shuningdek, transport-logistika kompaniyalari 01.01.2022 yilgacha soliqning 3 turini to„lashdan ozod etildi: - qo„shilgan qiymat solig„i; - mol-mulk solig„i; - yer solig„i. Ushbu imtiyoz maqsadli hisoblanadi – bo„shaydigan mablag„lar o„z avtoparkini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy ombor terminallarini barpo etish va bank kreditlarini so„ndirishga yo„naltiriladi. Ko„rsatilgan tadbirkorlik subyektlari xuddi shu muddatga O„zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, transport-logistika xizmatlari ko„rsatish uchun mo„ljallangan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro„yxatlar bo„yicha olib kiriladigan ombor asbob-uskunalari, ortish va tushirish texnikasi, agregatlar, ehtiyot qismlar va boshqa tovarlar uchun bojxona to„lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvidan tashqari) ozod etildi. Xalqaro avtotashishlar uchun litsenziya bilan shaharlar o„rtasida tashishlarga ham ruxsat berildi. O„rnatilishicha, avtotransport korxonalari xalqaro qatnovlarda yuklarni tashish uchun litsenziya bilan shaharlararo qatnovlarda ham yuklarni tashishga haqli. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling