Эркин иқтисодий ҳудудлар
O„zbekistonda transport va logistika sohasini rivojlantirish
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.6-jadval. 2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish Dasturining asosiy ko„rsatkichlari
5.5. O„zbekistonda transport va logistika sohasini rivojlantirish
va undagi imtiyozlar O„zbekistonda so„nggi yilarda transport va logistika sohasini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratib kelinmoqda. Buni quyida keltirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi misolida ko„rish mumkin. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 21-dekabrdagi PQ-1446-sonli Qaroriga muvofiq, “2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to„g„risida”gi Dastur qabul qilindi. Undan ko„zlangan asosiy maqsad – ishlab chiqarish, transport va muhandislik- kommunikatsiya infratuzilmalarining respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarini istiqbolda rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan dasturlar bilan uzviy bog„liq xolda ildam rivojlanishini ta‟minlashdan iborat. Mazkur dasturdan jami 85 ta loyiha o„rin olgan bo„lib, ularning ijrosi natijasida 14394 ta yangi ish o„rni yaratilishi ko„zda tutilgan edi (5.6-jadval). 5.6-jadval. 2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish Dasturining asosiy ko„rsatkichlari 59 Yo„nalish nomi Loyiha qiymati, mln. AQSh dollari Loyiha soni Dasturning umumiy qiymati 8503,0 85 ta shu jumladan, Avtotransport tizimi 3544,0 11 ta Temir yo„l transporti tizimi 2146,6 14 ta Havo yo„l transporti tizimi 993,7 14 ta Injenerlik-kommunikatsiyasi va 1794,7 44 ta 59 Djumaniyazov Sh.R., Umarov Q.E. Ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni takomillashtirish yo„llari. // www.bdm.uz. 162 telekoomunakitsiya tizimi Shahar elektrotransporti parkini yangilash 24 2 ta Ta‟kidlash lozimki, mamlakat itisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda tayanch nuqtalardan hisoblangan erkin iqtisodiy hududlar (EIH) ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlashtirishda alohida o„ringa ega. Jumladan, mamlakatimizning Navoiy viloyatida tashkil etilgan “Navoiy” EIIZ va uning tranzit va transport-logistika xizmatlarini yo„lga qo„yish barobarida ishlab chiqarish infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo„lgan avtomagistrallar, yuk tashish terminallarida qator ishlar olib borildi. Navoiy shahridan 3,5 kilometr uzoqlikda Navoiy xalqaro eroporti joylashgan bo„lib, uning xizmatlaridan “Korean Eyr” va “Moskoviya” (Rossiya) kabi xalqaro yuktashuvchi kompaniyalar foydalanadi. Xozirgi kunda ushbu aeroport bazasida xalqaro intermodal logistika markazi faoliyat yuritmoqda. Navoiy xalqaro aeroporti O„zbekiston Respublikasining geografik markazida joylashgani bois tashqi savdo yuk tashuvlarini optimallashtirish va yuklarga qayta ishlov berish, tashqi savdoning transport xarajatlarini kamaytirishda xal qiluvchi ahamiyat kasb etmokda. Bundan tashkari, 2007 yilda ishga tushirilgan Toshguzar-Boysun-Qumqo„rg„on temir yo„li Navoiy shahri temir yo„l raz‟ezdiga yaqin bo„lib, janubiy yo„nalish bo„yicha Afg„oniston, Pokiston, Hindistonga to„g„ridan-to„g„ri chiqish imkonini beradi. EIIZning bevosita “E-40” avtomobil magistraliga yaqinligi eng qisqa yo„l bilan Yevropa va Xitoyga chiqish imkonini beradi. Shuningdek, bu erdan o„tadigan temir yo„llar orqali Markaziy Osiyo, MDH, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va Fors ko„rfazi bozorlariga kirish imkonini yaratib berdi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlanishining uzluksizligini ta‟minlash maqsadida, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo„l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to„g„risida”gi Qarori asosida 2015-2019 yillarda “O„zbek milliy avtomagistrali” tarkibiga kiruvchi respublikadagi avtomobil yo„llari qismlari va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo„llarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda yo„l tashkilotlarining ishlab chiqarish bazalarini texnik rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli ro„yxati tasdiqlandi (5.7-jadval). Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling