Эркин иқтисодий ҳудудлар


 O„zbekistonda logistika markazlarini tashkil etish


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

5.4. O„zbekistonda logistika markazlarini tashkil etish 
Bugungi kunda O„zbekiston logistika markazlarini tashkil etishga ham alohida 
e‟tibor qaratilmoqda. Buning natijasida mamlakatimizda bir nechta logistika 
markazlari, firmalari faoliyati yo„lga qo„yildi. Bu masalada qаbul qilinayotgan 
meyo„riy hujjatlar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, mamlakatimiz 
Prezidentining 2012-yil 13-apreldagi maxsus PF- 4436 sonli maxsus qarori bilan 
“Angren” maxsus industrial zonasi barpo etildi. Angren” maxsus industrial 
zonasining barpo etilishi O„zbekistonda logistikaning rivojlanishining yana bir 
bosichini boshlab berdi. Uning asosiy vazifalaridan biri sifatida “transport, 
muhandislik kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hamda 
samarali foydalanish, “Angren” logistika markazi salohiyatini, yuklarning avtomobil 
va konteynerlarda tashish borasida yaratilagan tizimni yanada rivojlantirish hamda 
ulardan keng ko„lamda foydalanishni ta‟minlash” kabi muxim staregik maqsadlar 
belgilandi. 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 26-fevraldagi 
“Namangan viloyatida multimodal logistika markazini va uning faoliyatini tashkil 
etish to„g„risida”gi 56-sonli Qarorining qabul qilinganligini ham bunga misol sifatida 
keltirish mumkin. 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 26-fevraldagi 
“Namangan viloyatida multimodal logistika markazini va uning faoliyatini tashkil 
etish to„g„risida”gi 56-sonli Qarori Farg„ona vodiysining transport-logistika 
infratuzilmasini zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish, tadbirkorlik 
faoliyati subyektlari o„rtasidagi kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish, yuk 
tashishlar hajmlarini ko„paytirish hamda yuklarni o„z vaqtida va uzluksiz yetkazib 
berish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mintaqaning temir yo„l 
infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida qabul qilindi. 
Ushbu qaror: 
1. O„zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi 
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda “O„zbekiston temir 
yo„llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining: 
- “O„zbekiston temir yo„llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzurida “Pop 
logistika markazi” unitar korxonasining multimodal logistika markazini tashkil etish, 
yuklarni ishlash hajmlarini yiliga 4,0 mln. tonnagacha etkazish; 
- transportning har xil turlari bilan tashishning o„zaro bog„liq jarayonini, shu 
jumladan, “Qamchiq” dovoni orqali yuklarni tashish uchun “Angren logistika 
markazi” aksiyadorlik jamiyatining avtotransport vositalari parkidan samarali 
foydalanish asosida tashkil etish to„g„risidagi takliflari asosida qabul qilindi. 
Shtsningdek, Qaror asosida quyidagilar “Pop logistika markazi” unitar 
korxonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo„nalishlari etib belgilandi: 
- Farg„ona mintaqaviy temir yo„l bog„lanmasining ixtisoslashtirilgan 
stantsiyalaridan foydalanib, “Angren logistika markazi” aksiyadorlik jamiyati bilan 


156 
o„zaro to„liq bog„liq holda Farg„ona vodiysi hududida yuklarni yetkazib berishning 
yagona multimodal sxemasini ta‟minlash; 
- transport-logistika va transport-ekspeditsiya xizmatlari ko„rsatish, shuningdek, 
yuklarni tashishning maqbul sxemalarini (maqbul logistika tizimlarini) ishlab chiqish 
bo„yicha tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ehtiyojlarini qondirish uchun samarali 
logistika tarmog„ini shakllantirish. 
Qarorga muvofiq “Pop” multimodal logistika markazi infratuzilmasini barpo 
etish chora-tadbirlari kompleksi tasdiqlandi va u quyidagi jadvalda o„z aksini topgan. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling