Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar
- Nazorat uchun savollar
Tayanch iboralar:
Transport va logistika sohasi, kommunikatsiya, ishlab chiqarish infratuzilmasi, transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, erkin iqtisodiy hududlar, tarmoq, raqobat. 169 Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. O„zbekistonda so„nggi yilarda transport va logistika sohasini rivojlantirish borasida bir qator amaliy va samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2011- 2015 va 2015-2019 yillarga mo„ljallangan mazkur sohani rivojlantirishga oid davlat dasturlari qabul qilinib, hozirda navbatdagi dasturning yakunlanishiga erishilishi ko„plab imkoniyatlrani taqdim etishda muhim o„rin egallaydi. Bu esa EIHlar rivoji uchun ham juda muhimdir. 2. O„zbekistonda ishlab chiqarish bilan birga muhandislik-kommunikatsiya va yo„l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirishga davlat darajasida e‟tibor qaratib kelinishi natijasida mazkur sohaning rivojlanishida qo„lga kiritilgan yutuqlar tobora ortib bormoqda. Shuning bilan birga, sohada hali hal etilishi lozim bo„gan muammolar ham o„z yechimini kutmoqda. 3. O„zbekistonda 2018-2021 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo„nalishlarini diversifikatsiyalash asosida xalqaro tashuvni rivojlantirish maqsadida unga xizmat qiluvchi transport-logistika kompaniyalari davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash natijasida ular 01.01.2022 yilgacha soliqning QQS, mol-mulk va yer solig„ini to„lashdan ozod etildi. Nazorat uchun savollar: 1. O„zbekistonda so„nggi yilarda transport va logistika sohasini rivojlantirish borasida qanday ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda? 2. O„zbekistonda 2018-2021 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va xalqaro tashuvni rivojlantirish maqsadida unga xizmat qiluvchi transport-logistika kompaniyalariga qanday imtiyozlar taqdim etildi? 3. O„zbekistonda so„nggi yilarda transport va logistika xizmatlarini ko„rsatish natijasida yuklarni tashkil hajmi, miqdori (aylanmasi) bo„yicha qanday ko„rsatkichlar qayd etilmoqda? 4. O„zbekistonda transport va logistika xizmatlarini ko„rsatishdagi qulaylik va salbiy tomonlari, sizningcha, nimalardan iborat? 5. O„zbekistonda transport va logistika xizmatlarini ko„rsatish sohasini yanada rivojlantirish qanday natijalarga olib keladi? 6. Mamlakatimizda logistikani integratsiyali rivojlantirish tizimlarini joriy etishdagi asosiy ijobiy samaralar haqidagi fikringiz qanday? Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling