I bob. Musiqa darslarinining mazmuni va uni tashkil etishga qo`yilgan talablar
Download 164.87 Kb.
|
Xulosa va tavsiyalar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. MUSIQA DARSLARININING MAZMUNI VA UNI TASHKIL ETISHGA QO`YILGAN TALABLAR
REJA: KIRISH I BOB. MUSIQA DARSLARININING MAZMUNI VA UNI TASHKIL ETISHGA QO`YILGAN TALABLAR1.1. Bolaning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish 1.2. Musiqani idrok etishni tashkil etish masalasi II BOB. MUSIQA O’QITUVCHISINIG VAZIFALARI2.1. Musiqa o’qituvchisining darslarni tashkil etishda metodlardan foydalanishi 2.2. Musiqa - tinglovchini ham, ijrochini ham nafosatga, ma’naviy barkamollikka undovchi kuchli vosita. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ILOVALAR KIRISH Musiqa tarbiyasi haqida fikr yuritar ekanmiz, birinchi navbatda musiqaning bolalar tomonidan qanday qabul qilinishi, musiqaning ular tomonidan idrok etilishi bizni qiziqtirgan eng muhim masala bo`lib turadi. O`quvchi yoshlarnini badiiy-estetik tarbiyalashda, ularning ma’naviy jihatdan yetuk, barkamol inson bo`lib yetishishlarida musiqa tarbiyasining ahamiyati juda katta ekanligi hozirgi kunga kelib tobora ko`proq namoyon bo`lmoqda. Butun dunyoni o`zining dilbar milliy kuy-qo`shiqlari bilan maftun etayotgan o`zbek xalqining madaniy tarixiga bir nazar solsak, san’atsevar xalqimiz hayotida musiqa san’ati alohida muhim o`rin egallab kelayotganligining guvohi bo`lamiz. Biz insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san’atisiz erishib bo`lmaydi. Kelajak avlod tarbiyasida san’atning, xususan, musiqa san’atining tutgan o`rni beqiyosligini nazarda tutib gapiradigan bo`lsak, musiqa haqida quydagilarni aytishimiz mumkin: a.) Musiqa – o`z tabiatiga ko`ra hissiy va ruhiy kechinmalar uyg`otuvchi, b.) Musiqa - kishilarda nozik didni tarbiyalovchi, d.) Musiqa - tinglovchini ham, ijrochini ham nafosatga, ma’naviy barkamollikka undovchi kuchli vosita. Musiqaning ana shu o`tkir tarbiyaviy kuchidan foydalanish, san’at vositasida yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash umumta’lim maktablari zimmasidagi eng muhim va doim dolzarb bo`lgan vazifalardan biridir. Muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida: “Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko`proq va kuchliroq ta’sir ko`rsatmoqda”1, - deb musiqa san’atining yosh avlodning ma’naviy barkamol bo`lib yetishishidagi muhim ahamiyatini alohida ta’kidlab o`tganlar. Davlatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy jihatdan rivojlantirish hamda mustaqilligimizni yanada mustahkamlashda o`tmish merosimiz va milliy musiqiy qadriyatlarimizni o`rganish alohida muhim o`rin tutadi. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni (1997), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997)da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta’limning ustivor deb e’lon qilinishi musiqa madaniyati, musiqiy pedagogika zimmasiga juda katta, ulug`vor vazifalarni yuklash bilan bir vaqtda zarur bo`lgan barcha imkoniyatlarni ham yaratib berdi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy-ma`naviy qadriyatlarimizga, ayniqsa ko`p asrlik milliy musiqiy merosimizga, uni o`rganishga va bu boradagi tadqiqotlarga hukumatimiz tomonidan juda katta e’tibor berildi. Porloq kelajak sari intilayotgan har bir xalq o`z tarixini, milliy an’analarini va madaniyatini e’zozlab, undagi boy, takrorlanmas manbalardan ijodiy foydalanishi lozimligi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Bolalar musiqa asarlarini tinglash madaniyatini puxta egallashlari, ularning ichidan o`zlariga kerak, yoki kerak emaslarini, yaxshi yoki yomonlarini ajrata bilishlari, qisqacha aytganda musiqani to`g`ri idrok eta olisah malakasiga ega bo`lishlari ularning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga o`ta kuchli ta’sir ko`rsatuvchi vosita bo`lib xizmat qiladi. Muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida ma`naviyatning mazmun-mohiyati, uni shakllantiradigan asosiy omillar, ma’naviy va moddiy hayot uyg`unligi, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning ma’naviy mezonlari haqida, shuningdek, bugungi globallashuv davrida ma’naviy olamimizni turli salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash va himoya qilish bilan bog`liq muammolar haqida batafsil ma’lumot berganlar. Ushbu ma’lumotlardan va mulohazalardan kelib chiqqan holda, maktabdagi va maktabdan tashqaridagi musiqa tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilishi, bolalarnihg musiqani to`g`ri idrok eta olish qobiliyatlarini to`g`ri yo`nalishda shakllantirishga jiddiy ahamiyat berilishi zarur. Bolalar tomonidan musiqaning idrok etilishi avvalo milliy m usiqalarimizn I idrok etishdan boshlanishi lozim. Milliy istiqlol sharofati bilan milliy musiqiy merosimizga milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz qatorida alohida e’tibor berila boshlandi. Endilikda biz xalqimizning ajoyib, xilma-xil va bir-biridan go`zal mahalliy musiqiy an’analarini, mumtoz musiqa namunalarini tinglab idrok etish va ulardan ma’naviy zavq olish, ruhiy bahramand bo`lish imkoniga ega bo`ldik. Milliy musiqa xalqimiz boy ma’naviyatining, barkamol ruhiyatining sadolardagi go`zal badiiy ifodasi bo`lishi bilan bir vaqtda yangi, buyuk davlat bunyodkorligi yo`lida tinmay mehnat qilayotgan xalqimizga, jamiyatimizga ma’naviy, ruhiy quvvat bag`ishlovchi muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Turli san’at turlarini tahlil etib ko`radigan bo`lsak, musiqa san’ati boshqa san’at turlaridan o`ziga xos idrok etilishi bilan farq qiladi. Masalan, tasviriy san’at, haykaltaroshlik, arxitektura kabi san’at turlarida asar ko`rish vositasi bilan idrok etiladi. Shu tufayli unda asarning shaklini va mazmunini istalgan biron bir vaqt mobaynida ham bir butun holda, ham ayrim detallarga bo`lingan holda idrok etish mumkin. Musiqa san’atida esa asarni ko`z bilan ko`rib, idrok etib bo`lmaydi. Uni aniq bir vaqt mobaynida eshitish orqaligina idrok etish mumkin. Shuning uchun bizning ongimizda musiqa asarlari birdaniga bir butun holda gavdalanmay, balki asta-sekin asarning bo`laklari biri ikkinchisining ortidan kelib, xotiramiz yordamida belgilanib, ma’lum vaqt mobaynida yaxlit bir asarga aylanadi. Aynan shu xususiyat musiqa asarining idrok etilishini belgilaydi. Demak musiqa shakli boshqa san’at turlaridagi shakllardan o`zining idrok etilishi, ya’ni eshitish va vaqt bilan bog’liqligi jihatidan farq qiladi. U doim muayyan bir jarayondan iborat bo`lib, ko`pincha o`zgaruvchan intensivlikda rivojlanib boradi. Yuqorida sanab o`tilgan jihatlariga ko`ra musiqa san’atining idrok etilishi so`z san’atining idrok etilishiga o`xshab ketadi. Adabiyotda ham asarni rejalashtirish jihatdan bir-biriga o`xshashlik muttasil uchrab turadi. Masalan, romanlar ham garchi ularning syujeti har-xil bo`lsada ularning rejalashtirilishida ma’lum o`xshashlik mavjud. Xuddi adabiy asarlar kabi musiqa asarlari ham turlicha qismlardan tashkil topadi. Musiqa insonga tez ta’sir etuvchi, imotsional hissiyotni faol rivojlantiruvchi ham psixologik, ham tarbiyaviy vositadir. Ma’lumki, musiqa asarlarining shakli bir butun, yaxlit bo`lishi bilan bir vaqtda turli qismlarga ham bo`lingandir. Bu qismlar bir- biridan ma’no jihatdan u yoki bu darajada farq qiladi. Xuddi adabiy asarlar bo`lim, bob, abzats, gap, jumla va so`zlarga bo`lingani kabi musiqa asarlari ham katta qismlarga, davriyalarga, musiqiy jumlalarga, motivlarga va submotivlarga bo`linadi. Har bir inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, butun umri davomida deyarli har kuni musiqadan zavq olib yashaydi. Musiqa inson ruhiyatining ajralmas qismi bo`lib hisoblanadi. U madaniy hayotimizda keng o`rin tutgan, inson shaxsini tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo`lgan san’at turidir. Shuningdek, musiqa tarbiyasi insondagi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan bo`lib, uni yuksak did bilan qurollantiradi va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirib boradi. Musiqa asarining tuzilishi musiqa shakli deb ataladi. Musiqa shakli alohida olingan har-bir asarning mazminiga qarab belgilanadi, u mazmun bilan birga yaratiladi va vaqtlarga ajratilgan barcha tovush elementlarning o`zaro bog’liq holda harakatlanishi bilan harakterlanadi. Musiqa asarlarini tinglab, tahlil qilar ekanmiz, ko`rishimiz mumkinki, har-bir alohida olingan asarning shakli hamisha individual bo`lib, aynan shu asarning o`zigagina tegishli va betakrordir. Lekin ayni vaqtda shakl yaratish qoidalarining miqdori nisbatan cheklangan bo`lib, ko`pchilik asarlar tuzilishi jihatidan umumiy belgilarga egadir. Bu esa shakl turlarini yoki ularning umumiy kompozitsion sxemalarini aniqlash imkonini beradi. Shakl barcha san’at asarlariga xos bo`lsada, u har-xil san’at turlarida turlicha idrok etiladi. Bolalar tomonidan musiqa idrokining chuqur o`zlashtirilishiga erishish, milliy musiqamizni jahon miqyosida keng targ`ib qilish, ulardagi ilg`or milliy-ma’naviy qarashlarni, yetuk g`oyalarni, progressiv dunyoqarashlarni o`sib kelayotgan yosh avlod ongiga va qalbiga singdirish, ularga musiqani to`gri yo`nalishda idrok etishni o`rgatish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb muammolardan biri bo`lib turibdi. I BOB. MUSIQA DARSLARININING MAZMUNI VA UNI TASHKIL ETISHGA QO`YILGAN TALABLAR1.1. Bolaning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish Qobiliyat – ma’lum bir turdagi faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishning subyektiv sharti bo’lib hisoblanuvchi shaxsning individual xususiyatidir. Qobiliyat – faoliyat jarayonida namoyon bo’ladi. [1,43-b] Qobiliyat – bilim, malaka va ko’nikmalar emas, balki ularga erishish dinamikasidir. Qobiliyat faoliyat usullari va yo’llarini egallash tezligi, chuqurligi va puxtaligida aniqlanadi. Qobiliyat – faoliyat jarayonida namoyon bo’luvchi imkoniyatdir. Masalan, agar inson musiqiy faoliyat uchun zarur ko’nikmalarni egallamagan bo’lsa, uning musiqiy qobiliyati haqida gapirish mumkin emas. [1,49-b] Psixologiyaning ko’rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biron – bir qobiliyatning ro’yobga chiqish va rivojlanish manbayi layoqat bilan tug’iladi. Layoqat o’z holicha rivojlana olmaydi, uning rivojlanishi uchun qulay muhit kerak. Bola musiqaga layoqat bilan tug’ilishi mumkin, lekin uning musiqiy xususiyatlari shakllanishi uchun qulay muhit yaratilmasa, musiqaga bo’lgan layoqati rivojlanmay qoladi. Insonning shaxs sifatida shakllanishida yetakchi omillardan biri muhitdir. Muhit deganda, kishiga ta’sir etadigan tashqi voqiyalar yig’indisi tushuniladi. Muhit o’z navbatida – tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti va boshqalarga bo’linadi. Insondagi musiqiy qobiliyatning rivojlanishi va shakllanishi uchun ijtimoiy va oila muhiti muhimdir. Inson bolasi, agar insoniy muhitga tushmay, hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko’rinishlari saqlanadi, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti – harakat shakllanmaydi. Odob, axloq, fe’l – atvor – shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o’zaro ta’siri asosida vujudga keladi. Bolalarning musiqa ijrochiligi malakalarini rivojlantirishdagi eng muhim shartlardan biri – ularning musiqiy qobiliyatlarini shakllantirishdir. Chunki, musiqiy qobiliyatlar – musiqani ritmik his qilish, ladni his qilish, musiqiy eshitish, musiqiy xotira, musiqaga emosional ta’sirchanlik bolalarda ijrochilik malakalarini rivojlantirish omili hisoblanadi. Pedagog N.V.Vetlugina «... musiqiy kechinmalar aslini olganda, doimo sensor qobiliyatga asoslanadi, chunki musiqa eng oddiy ohanglar, murakkab obrazlar va eng avvalo hissiyotlar orqali idrok etiladi va musiqiy qobiliyat rivojlanadi» – deb ta’kidlagan. [5,67-b] Qobiliyatning eng yuqori darajasi – talantdir. Talant – insonga qaysidir murakkab faoliyatni muvaffaqiyatli, mustaqil va o’ziga xos ravishda amalga oshirish imkoni qobiliyatidir. [6,52-b] Shu o’rinda bir narsani aytish kerak, musiqiy qobiliyati bo’lgan barcha insonlarning avlodlari ham musiqiy qobiliyatga ega bo’ladi, degan fikrga qo’shilmaymiz. Ularning bolalarida musiqaga layoqat bo’lishi mumkin, lekin shu layoqat rivojlantirilmasa, layoqat qobiliyatga aylanmay, ya’ni shakllanmay qoladi. Zero, musiqa yosh avlodning ma’naviy, badiiy – axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g’ururi va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, fikr doirasini kengaytirishga, ijodiy mahorati va badiiy didi o’sishiga, mustaqilligi va tashabbuskorligini tarbiyalashga xizmat qiladi. Respublikamizdagi har bir maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda hozirgi kunda musiqiy estetik tarbiyaga pedagogikaning shaxsni shakllantiruvchi eng muhim omili sifatida qaralmoqda. Qobiliyat – ko’nikma, malaka va bilim emas, balki ularni o’zlashtirish dinamikasidir. Qobiliyatlar – faoliyat davomida namoyon bo’ladigan imkoniyatdir. Musiqiy qobiliyat faqat musiqa amaliyoti, musiqa san’atiga xos bo’lgan musiqiy material, maxsus usullar orqaligina rivojlantirilishi mumkin. Faqat musiqagina insonning musiqiy hislarini uyg’otadi. Musiqiy ta’lim olmagan kishilarda, musiqiy qobiliyat bo’lmaydi. Chunki ular musiqiy bilimlarni o’zlashtirmaganlar. Nazariya va amaliyotga asoslangan holda shuni aytish joizki, musiqiy qobiliyatlar va ularni rivojlantirish muammosi pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolaridan biridir. Bu qobiliyatlarni rivojlantirish ijtimoiy muhit, tabiatdan berilgan iste’dod, iqtidor, shaxsning iroda kuchi, faolligi, jismoniy va aqliy jarayonlarga ham bog’liqdir. Demak, bolalarda musiqiy qobiliyatlar erta namoyon bo’lishi, shuningdek ularning qobiliyatlari ta’lim – tarbiya va atrof – muhit ta’siri ostida shakllanishini hisobga olgan holda biz quyidagi xulosaga keldik. Uzluksiz ta’lim tizimidagi musiqa mashg’ulotlarida ijrochilik malakalarini rivojlantirishda musiqiy qobiliyatlar muhim omil bo’lib xizmat qilar ekan. Bugungi kunda musiqa mashg`ulotlarini ilmiy metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, zamon talabiga mos ravishda olib borish maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko`rsatayotgan musiqa rahbarining oldiga qo`yilgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Musiqa san’ati nafosat tarbiysuning muhim omili bo`lib, u yosh avlodning kamolotga yetishishi uchun kuchli ta’sir etuvchi jarayon hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa mashg`ulotlari Davlat ta’lim standartlariga mos bo`lgan maxsus dastur asosida oldindan tuzilgan rejalarga mos ravishda tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy maqsadi bog`cha yoshidan boshlab bolalarda ijobiy, to`g`ri dunyoqarashni shakllantirish hamda ularning musiqiy didini o`stirish, shuningdek, bolalarga musiqa ilmini o`rgatish jarayonida ularga musiqada hayot o`z aksini topishini anglatish hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning musiqani idrok etishini rivojlantirish uchun ularning musiqiy eshitish qobiliyatini va mantiqiy fikrlash qobiliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish talab etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy idrokini rivojlantirish uchun ularda quyidagi musiqiy uquv va qobiliyatlarni shakllantirish talab etiladi: · Tembr uquvi (musiqiy tovushlarning, cholg`u asboblari tovushlarining o`ziga xos alohida xususiyatlarini bir-biridan farq qila olish qobiliyati)ni shakllantirish, · Ritm tuyg`usi (musiqaga mos harakatlarni bajarish, qadam tashlab, chapak chalib, musiqani xotirada saqlash, his etish va ifodalash)ni shakllantirish, · Musiqiy uquvi (musiqiy tovushlarning past-balandligini his etish qobiliyati) ni shakllantirish, Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqani idrok etish qobiliyati musiqiy mashg`ulotlarning barcha elementlarini amalga oshirish jarayonida muntazam ravishda rivojlantirlib borilsa yaxshi natija beradi. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi musiqa rahbarlari tomonidan musiqa mashg`ulotlarida olib boriladigan musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagicha: o Bolalarning musiqani idrok etish qobiliyatlarini har bir mashg`ulotda bosqichma-bosqich rivojlantirib boorish, o Musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his - tuyg`ularni hosil qilish yo`li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish, o Bolalarning musiqaga bo`lgan qiziqishlarini o`stirish, o Bolalarning musiqa tinglash, qo`shiq kuylash, musiqa sadolari ostida ritmik harakatlarni bajarish, bolalar cholg`u asboblarida jo`r bo`lish kabi faoliyatlari yordamida ularning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirib borish, o Bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo`shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o`rgatish va odatlantirish, o Musiqiy asarlardan zavq olishni o`rgatish va shu asosda musiqiy didni hamda badiiy fikr yuritish malakasini shakllantirish. o Musiqa mashg`ulotlari mazmunini bog`cha hayoti bilan bog`lash, musiqa mashg`ulotlari jarayonida o`rganilgan kuy va qo`shiqlar hamda raqslar bilan bog`chada o`tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish. o Musiqa mashg`ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlarni o`yin va raqs shaklida ifoda etishni o`rgatish, o Musiqa mashg`ulotlarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg`u sozlarimiz jo`rligida milliy musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishni o`rgatish, o Turli metodlardan foydalanib o`tkaziladigan har bir musiqa mashg`uloti kichkintoylarda badiiy-estetik zavq uyg`otadi, ularning his-tuyg`ularini shakllantiradi, ijodiy fikrlash qobiliyati, nutqini ham o`stiradi va musiqiy idrokini o`stiradi. Musiqa mashgulotlarida bolalar hayotni hamda tevarak-atrofdagi voqealarni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar bog`chalarida musiqiy tarbiya ishlari jismoniy tarbiya, badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy ravishda bog`langan holda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy - ta’limiy va tarbiyaviy ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog`cha yoshidan shakllantirishda nafosat tarbiyasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Musiqiy o`yinlar va raqslar bolalarda ritm tuyg`usini, harakatchanlik va chaqqonlik malakalarini shakllantirib, qomatning to`g`ri o`sidhiga yaxshi ta’sir etadi. Bu esa bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Bolalarni bog`cha yoshidan boshlab musiqa san’atiga qiziqtirib, ularning musiqiy ijodkorligini reja asosida bosqichma-bosqich rivojlantirib borish ularni ma’naviy barkamol bo`lib yetishishlari uchun mustahkam zamin tayyorlaydi. Download 164.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling