I bob. Musiqa darslarinining mazmuni va uni tashkil etishga qo`yilgan talablar


Musiqani idrok etishni tashkil etish masalasi


Download 164.87 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi164.87 Kb.
#1545125
1   2   3   4
Bog'liq
Xulosa va tavsiyalar-fayllar.org

1.2. Musiqani idrok etishni tashkil etish masalasi
Musiqiy idrokning to`laqonliligi, musiqiy ifoda vositalarini tushunish imkoniyati, intensivlik va musiqiy kechinma turlari har bir odamda har xil bo`lib, o`z xususiyati hamda sabablariga ega. Nima uchun musiqani hamma eshitadiyu, lekin hamma ham idrok eta olmaydi? Nima uchun ba’zi yevropalik tinglovchi Sharq musiqasini, ba’zi Sharq tinglovchisi esa Yevropa musiqasini har doim ham to`la tushunavermaydi? Idrok narsalar yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri orqali ongimizda aks etishidir. Psixologiyada idrok predmetlilik, yaxlitlik, strukturalilik, barqarorlik kabi o`ziga xos sifatlarga ajratiladi.
Musiqa tarixidan ma’lumki, XX asrning boshlarida O`xzbekistonda yashab ijod etgan musiqachi va etnograf Avgust Eyxgorn o`zbek musiqasini, o`zbek qo`shiqlarini tushuna olmagan va uzoq vaqt eshitishga sabri chidamagan. Boshqa bir mashhur musiqashunos olim, pedagog va kompozitor X.S.Kushnaryov esa o`zbek musiqasining milliy usullarini maqtab, doira va nog`ora usullari haqida shunday deydi: ”Har bir usul nafaqat ma’lum biro hang, balki o`ziga xos intonatsiyasi bilan ham tavsiflanadi(balandlikka ko`ra harakati bilan). Usul-ritm tomoni oldingi o`ringa olib chiqilgan va yetakchi, intonatsion hamda muayyan tus berib turuvchi kuy”3. X.S.Kushnaryovning 1943 yil O`zbekiston san’atshunoslik institutida qilga ma’ruzasi. M.., Sov.muzika. 4-sion,- 1969y. 66-68 betlar.
Sezgida predmetning alohida qismlari, idrokda esa predmetning barcha tarkibiy qismlari bir butunlikda his etiladi. Masalan, biror musiqiy asarni eshitganimizda biz uning kuyi, ritmi, garmoniyasi, tembrini alohida qabul qilmaymiz, aksincha, biz bu musiqiy asarni obrazli, umumlashgan holda, yaxlitligicha anglab, idrok etamiz.
Quyida Yevropa musiqasining Sharq tinglovchisi tomonidan tushunilishi va idrok etilishiga mashhur o`zbek shoiri Furqatning musiqiy idroki e’tiborga molik. U 1980 yilda Toshkentdagi rus musiqa jamiyati konsertida qatnasjgan va bu haqda o`zining tassurotlari bitilgan “Nag`ma va nag`magar va aning cholg`usi va ul nag`ma ta’siri xususida” she’rini yozadi. Bu she`rida u fortepiano cholg`usi hamda ijrosi haqida shunday yozadi:
O`zimga tushdi bir kun bu ahvol, Bor ekan nag`ma oning oti rayol, Eshittim bir qiz anda bahri najot, Qilur nag`ma tili bilan munojot.
Hazin ovoz bilan yig`lab xudog`a, Karam qilar der men bag`ri adog`a. Maqominio qilur har nav’ bunyod, Gahi qattiq fig`on, gah narmi faryod.
Menga ul nag`ma andog` qildi ta’sir, Jigardin o`tdi go`yo te par tiyr.
O`shal dam bo`ldi holatim digar dun, To`lub toshdi yurak monandi Jayxun4. Furqat. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik, 2-jild, T.., 1958y. 9-10 betlar.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko`rishimiz mumkinki, tinglovchilarning musiqani qabul qilishlarida tafovutlar mavjud bo`ladi. Bir tomondan musiqani tushunmaslik, qabul qilmaslik, boshqa tomondan esa, musiqaiy idrokning teranligi va nozikligi ko`rinib turibdi. Musiqani qabul qilishdagi bu tafovutlar hayot, turmush, tarbiya, musiqiy qobiliyatlarning rivojlanganlik darajasi, musiqiy eshitish qobiliyati, musiqa san’atini tushunishga tayyorlik va bunga bo`lgan hohish bilan bog`liq bo`lgan bir qator ob’yektiv hamda sub’yektiv sabablarga ega. Ushbu tushunchalarni tahlil etish uchun ilmiy rahbarim bo`lmish Navoiy davlat pedagogika instituti Musiqa kafedrasi katta o`qituvchisi Sh. I. Jalilov bilan maslahatlashgan holda, insonning voqea-hodisalarni idrok etishi, musiqiy idrokning o`ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib, ularni tahlil qilib chiqdim.
Umumiy o`rta ta’lim maktablaridagi “Musiqa madaniyati” darslarida musiqani idrok etishni tashkil etish musiqa madaniyati darslarining tuzilishi va darsning tarkibiy qismlari bilan chambarchas bog`liqdir. O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi Musiqa madaniyati darslarining tuzilishi ovoz sozlash, xor bo’lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqaga mos harakatlarni bajarish kabi faoliyat turlaridan iborat bo`lib, bu faoliyat turlarining har birida musiqa idroki yetakchi vazifani bajaradi.
· Darsning ovoz sozlash qismida o`quvchilar musiqani, musiqiy tovushlarni idrok etish orqali musiqay tovushlarning aniq balandligini, cho`zimini his qilishni, idrok etishni hamda sof ovoz hosil qilishni o`rganishadi.
· Darsning jamoa bo’lib kuylash qismida o`quvchilar musiqani, musiqiy mavzuni idrok etish orqali sof ovozda ifodali kuylashni o`rganishadi.
· Darsning musiqa savodini o`rganish qismida o`quvchilar musiqani, musiqiy tovushlarning tuzilishini, nazariy jihatdan idrok etish orqali musiqiy asarlarning strukturasini idrok etishni o`rganishadi.
· Darsning musiqa tinglash qismi musiqani idrok etishni o`rganishda alohida ahmiyatga ega bo`lib, bunda o`quvchilar musiqiy asarlarni tinglab tahlil qilish orqali ularning tuzilishi, registri, tembri, tempi, dinamikasi, tovushlarning past-balandligi, diapazoni hamda alohida berilgan musiqiy asarning asosiy mazmunini aynan tinglash orqali idrok etish malakalariga ega bo`lishadi.
· Darsning musiqaga mos harakatlarni bajarish qismida o`quvchilar asosan musiqaning tempini, tembrini, dinamikasini, shaklini hamda xarakterini his qilishni, idrok etishni o`rganishadi.
· Bu o`rinda o`qituvchi o`quvchilarning musiqani idrok etishlarini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi usullardan har bir mashg’ulotlardauning oldindan tuzilgan rejasiga ko`ra turlicha vaziyatlarda foydalanishi mumkin. O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi Musiqa madaniyati darslarida musiqani idrok etishni tashkil etish musiqa madaniyati o`qituvchisining yuqorida ko`rsatilgan darsning tarkibiy qismlaridagi imkoniyatlardan har bir alohida olingan mashg’ulotlardaqay darajada foydalanishuga bog`liq.
Umumiy o`rta ta’lim maktablarida bolalarning musiqani idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirishda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqa mashg`ulotlarining ahamiyati ham juda muhim. Nazmiy asar mazmuni musiqiy ohanglar bilan uyg`unlashgach, oddiy matnga nisbatan bir necha bor ko`proq ta’sir kuchiga ega bo`lishi ko`plab ilmiy-amaliy va pedagogik tajribalarda isbotlangan. Inson (mashg’ulotlardao`quvchi yoki talaba) biror mazmundagi mavzuni so`z orqali eshitganda ma’lum darajada idrok etgani holda, o`sha mavzuni kuy jo`rligida, qo`shiq tarzida eshitganda uni yanada chuqurroq anglaydi, tasavvur etadi his qiladi va idrok etadi. Xuddi o`sha qo`shiqni kishining o`zi ijro etganda esa unda oldingilaridan yanada farq qiluvchi hissiyot paydo bo`ladiki, bunda u asar mazmunini idrok etibgina qolmasdan, balki uni yurakdan his qila boshlaydi. Uning uchun sof tuyg`ularga, nafosatga, barkamollikka intilish xislati tabiiy ehtiyojga aylanib boraveradi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatimiz tomonidan Respublikamizda musiqa madaniyatini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko`tarish uchun ko`plab qarorlar qabul qilindi va farmonlar chiqarildi. Bu qaror va farmonlarning ijro etilishi natijasida hozirgi davrda yosh avlodga o`z qobiliyatini, iqtidorini namoyon etish,rivojlantirish va o`z mahoratini o`stirish uchun barcha tashkiliy va moddiy shart-sharoitlar yaratib berildi. O`qituvchi o`quvchilar tinglayotgan yoki ijro etayotgan kuy yoxud qo`shiqni
tahlil qilib, ularda to`g`ri yo`naltirilgan tasavvur hosil qilishga erishar ekan, asarning mazmunidan kelib chiqqan holda uning ma’naviy mohiyatini ochib berishda yanada ko`proq imkoniyatga ega bo`ladi.
Davlatimiz tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan “ O`zbekiston-Vatanim manim”, “ Nihol”, Respublika”Fol`klor jamoalari ko`rik-tanlovi” hamda o`quvchi va talaba yoshlar orasida o`tkazilayotgan boshqa ko`plab ko`rik-tanlovlar iqtidorli yoshlarni izlab topib, ularni rag`batlantirishga va xalq orasida musiqa madaniyatining turli qirralarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda o`quvchilarning darsdan tashqari va maktabdan tashqari bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun shahar va qishloqlarimizda turli yo`nalishdagi ko`plab fan va kasb-hunar to`garaklari bilan bir qatorda musiqaga yo`naltirilgan to`garaklar hamda musiqiy havaskorlik jamoalari faoliyat ko`rsatmoqda. Jumladan, bunday faoliyat bilan shug`ullanuvchi tshkilotlarga misol tariqasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har bir tumanda tashkil etilgan “Kamolot” bolalar markazlarini, bolalar ijodiyot uylarini, viloyat va shaharlardagi madaniyat saroylarini, qishloq va shaharlardagi ko`plab madaniyat uylarini, mahallalardagi turli to`garaklarni aytib o`tishimiz mumkin.
Bundan tashqari o`quvchilar mashg’ulotlardaolgan bilimlarini sinfdan tashqari musiqa va xor to`garaklarida, shuningdek, maktabdan tashqari turli musiqa va raqs to`garaklarida takomillashtirish imkoniga ham egadirlar. Maktablardagi musiqa va xor to`garaklari hamda madaniyat saroylari, madaniyat uylari va yoshlar ijodkorlik uylari kabi maktabdan tashqari madaniy-ma’rifiy muassasalarda tashkil etilgan
musiqa to`garaklari, o`quvchilar xori, orkestr, raqs va vokal ansambllarining serqirra faoliyatlari bunga misol bo`la oladi.
Maktabdan tashqari va sinfdan tashqari tashkil etilgan musiqa to`garaklarida o`quvchilar an’anaviy ijro, turli cholg`u asboblarida chalish, musiqani tinglab, tahlil qila olish, ansambl va orkestr jamoalarida ijro etish, turli raqs usullarini o`rganish, milliy va jahon xalqlari raqslarini o`rganish, elektron asboblarda chalish kabi amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishlari mumkin. Bolalar musiqiy idrokini shakllantirish hamda rivojlantirishda turli musiqiy to`garaklar bilan bir qatorda har bir shahar va tumanlarda tashkil etilgan bolalar musiqa maktablarining ham o`z orni bor. Bolalar musiqa maktablariga 1- sinfdan 7-sinfgacha bo`lgan Bolalar qabul qilinadi. Musiqa maktablarida o`qish uchun hujjat topshirgan bolalarning musiqiy qobiliyati bilan bir qatorda ularning dastlabki musiqiy idroki, ya’ni musiqani idrok eta olish qobiliyati ham tekshiriladi.
Agar bola tabiatan musiqiy qobiliyatga ega bo`lmasa yoki musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmasa u bola musiqachi bo`la olmaydi. Musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmaslik, deganda bolaning eshitgan musiqani umuman eslab qola olmasligi, ritmni butunlay his etmasligi, tovushlarning baland yoki past ekanligini qoniqarli darajada farqlay olmasligi tushuniladi. Bunday bolalarga o`zlarining qiziqishi hamda qobiliyatiga mos bo`lgan boshqa biror mashg`ulot bilan shug`ullanish, ya’ni boshqa sohadagi to`garaklarga qatnashish tavsiya etiladi.
Musiqani idrok etishni shakllantirishda asosiy cholg`u asbobida ijro etishni o`rganish jarayoni salmoqli imkoniyatlarga boy. Musiqachi
asosiy cholg`u asbobida ijro etish jarayonida berilgan musiqiy asarning mohiyatini faqat eshitish orqaligina emas, balki o`z ijrosi orqali eshitib, his etish orqali idrok etadi. Bu o`rinda o`quvchi musiqani eshitish orqali, notalarni ko`rish orqali hamda ichki sezgi (yurakdan his etish) orqali idrok eta boshlaydi.
Ma’lumki, bolalar musiqa maktablarining o`quvchilari biror cholg`u asbobini o`rganish uchun musiqa maktabida 5 yil o`qishlari lozim. Faqatgina fortepiano cholg`usi bo`yicha o`qiyotgan o`quvchilargina musiqa maktablarida 5 yil o`rniga 7 yil o`qishadi. Bolalar musiqa maktablarida bolalar o`z mutaxassisligi bo`yicha biror cholg`u asbobini chalishni o`rganish bilan bir vaqtda musiqa nazariyasi, solfedjio kabi darslarga ham qatnashishlari shart. Bundan tashqari ular musiqa maktablarida tashkil etilgan xor jamoalariga, turli xalq cholg`ulari ansambllariga hamda orkestrlarga qatnashish imkoniyatiga ega.
Bolalar musiqa maktablarida yakka tartibdagi darslarda o`qituvchi o`quvchilarning musiqani idrok etishlarini to`g`ri tashkil etish uchun musiqiy asarni idrok etishni o`rgatish jarayonida soddadan murakkabga tomon intilish tamoyiliga amal qilishi zarur. O`quvchiga ijro etish uchun asar tanlashda uning yoshi, fiziologiyasi, xarakteri, alohida qiziqishi, musiqiy bilimlarni o`zlashtirganlik darajasi, notaga qarab chala olish malakasi va boshqa jihatlari e’tiborga olinishi muhim ahamiyatga ega. Agar ushbu tamoyillarga amal qilinmasa, o`quvchilarning musiqani idrok etishini shakllantirishni tashkil etish ishlari kutilgan natijani bermaydi.
Yakka tartibdagi darslarda musiqa idrokini tashkil etish boshqa mashg`ulot turlariga qaraganda bir qancha qulayliklarga ega. Birinchi navbatda bu o`qituvchi bilan no`quvchining yakka tartibdagi yuzma-yuz muloqoti bilan bog`liq. Bunda o`qituvchi o`quvchiga musiqani idrok etishning har bir nyuansini alohida tushuntirish, o`quvchining ijrosini alohida eshitib, tahlil etish, uning yutuq va kamchiliklarini o`z vaqtida individual tartibda tushuntirish va boshqa shu kabi imkoniyatlarga ega bo`ladi. Bolalar musiqa maktablarida tashkil etilgan bolalar xor jamolari, xalq cholg`u ansambllari va orkestrlarga qatnashgan o`quvchilar musiqani idrok etish malakasini o`zlashtirish bo`yicha qo`shimcha imkoniyatlarga ega bo`ladilar:
· Bolalar xor kollektivlarida ishtirok etgan o`quvchilar xorda kuylanayotgan asarlarning mazmunini, musiqiy mavzularini tahlil qilish bilan bir vaqtda, bu asarlarni o`zlari ijro etishlari orqali uning ichki tuzilishi, ohangi, tembri, registry hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vatda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishadi.
· Bolalar musiqa maktablarida milliy cholg`u asboblarini o`rganish bo`yicha tahsil olayotgan o`quvchilar qo`shimcha cholg`u asbobini o`rganish bo`yicha fortepiano kursiga ham qatnashishlari mimkin. Asosiy cholg`u asbobi ko`p ovozli bo`lmagan milliy cholg`u asbobi bo`lgan o`quvchi fortepianoda ijro etishni o`rganish jarayonida fortepiano cholg`usidan chiqayotgan ko`p ovozli garmoniyani idrok etishni o`rganadi. Shuningdek bunday darslarda o`quvchi fortepianoda o`zbek milliy kuylaridan tashqari jahon mumtoz klassikasiga xos bo`lgan kuylarni ham ijro etish orqali jahon hamda qardosh xalqlar professional musiqasi bilan ham tanishib boradi va shu barobarida uning musiqani idrok etish malakasi ham kengroq doirada rivojlanib boraveradi.
· Xalq cholg`ulari ansambllariga qatnashgan o`quvchilar ijro etilayotgan asarlarning musiqiy mavzularining ichki tuzilishi, ohangi, tembri, registry hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vaqtda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishdan tashqari ansamblda o`zlari chalayotgan cholg`u asbobining tembri hamda uning ansamblda tutgan o`ziga xos o`rnini, vazifasini his qilgan holda idrok etishni ham o`rganadi.
· Musiqa maktablarida tashkil etilishi mumkin bo`lgan orkestrlarga qatnashgan o`quvchilar ijro etilayotgan asarlarning musiqiy mavzularining ohangi, tembri, registri hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vaqtda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishdan tashqari orkestrda chalinayotgan barcha cholg`u asboblarining tembri hamda ularning ansamblda tutgan o`ziga xos o`rnini, vazifasini his qilishni o`rganadi va shu bilan bir vaqtda turli tembrga va diapazonga ega bo`lgan asboblarning ujrosidan hosil bo`lgan kuyning o`ziga xos boy, rang-barang garmoniyasini his etib, idrok etishni o`rganadi.
· Maktabdan tashqari musiqa to`garaklari turli madaniyat saroylari, madaniyat uylari, “Kamolot” markazlari, bolalar ijodiyot uylari va mahallalarda tashkil etilgan bo`lib, Bunday to`garaklarga qatnashgan o`quvchilar musiqani idrok etish malakasini o`zlashtirish bobida shunday to`garaklarga qatnashmayotgan boshqa tengdoshlariga qaraganda bir qancha afzal imkoniyatlarga ega bo`ladilar.
Maktabdan tashqari musiqa to`garaklariga qatnashgan o`quvchilar musiqani o`zlari ijro etgan holda idrok etadilar.
· Maktabdan tashqari musiqa to`garaklarida xor jamoasiga yoki an’anaviy qo`shiqchilik ansmbllariga qatnashayotgan o`quvchilar milliy o`zbek qoshiqlari bilan chet el qo`shiqlarining o`zaro o`xshash hamda farqli jihatlarini ajrata bilish malakasiga ega bo`lishadi va shu orqali ular boshqa xalqlarning milliy qo`shiqlarini ham boshqa tengdoshlariga nisbatan teranroq, aniqroq idrok eta oladilar.
· Maktabdan tashqari to`garaklarda raqs bilan shug`ullanuvchi o`quvchilarda ritmni his etish qobiliyati juda kuchayib ketadi. Ular eshitayotgan kuylarini ichki ritm his-tuyg`usi bilan idrok etish qobiliyatni o`zlashtirib oladilar.
· Maktabdan tashqari musiqa to`garaklarida yakka xonandalik yoki yakka sozandalik bilan shug`ullanuvchi o`quvchilar musiqani yakka tartib o`zlashtirishning barcha ustunliklaridan foydalangan holda musiqani professional darajada idrok etishning sir-asrorlarini individual ravishda o`zlashtirib, o`rganib boradilar.
Musiqaiy idrok kishilarni tabiiy nafosatga, go`zallikka intilishga undaydi. Musiqani to`g`ri idrok eta olgan kishilar keng dunyoqarashga, tabiiy ichki madaniyatga ega bo`ldilar va ular kishilarga hech qachon yomonlik qila olmaydilar.Mutaxassislarning fikriga ko`ra, inson hayotiy tajribasining musiqiy idrokda o`z o`rni bo`lgani kabi, musiqiy idrokning ham inson hayotida, uning dunyoqarashining, individual xarakterining shakllanishida o`z o`rni bor. Shuning uchun yoshligidan musiqa bilan shig`ullangan kishilarning xarakteri boshqalarnikidan farq qilib turadi.
Kelajak poydevori bo`lgan yosh avlodni har jihatdan oqil, vijdonli, madaniyatli, ma’naviyatli qilib, milliy vatanparvarlik ruhida, tarbiyalashda ularning musiqani idrok etish qobiliyatini shakllantirish va to`g`ri yo`nalishda rivojlantirishni tashkil etish masalasi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

II BOB. MUSIQA O’QITUVCHISINIG VAZIFALARI


2.1. Musiqa o’qituvchisining darslarni tashkil etishda metodlardan foydalanishi
Har bir bolaga qo’shiqni o’rgatish bilan birga unga odob-axloq qoidalari ham shakllantirilib boriladi. Bunda milliy raqs san’ati ham darsni qiziqarli kechishida yaxshi samara beradi. Milliy raqs san’atimizning oddiy harakatlarini bilishi (ijro eta olishi) va darsda qo’llash usullarini puxta egallashi davr talabidir. Chapak va cholg’u asboblarida chalish faoliyati ham raqs va musiqali harakatlar singari o’quvchilarning musiqa hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir.
Hozirgi vaqtda musiqa darsiga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
1. Darsda tarbiya ishlarini olib borish, rivojlantirish va tarbiyalash funktsiyalarini kompleks tarzda amalga oshirilishini nazarda tutadi. Dars bolaning bilimlarini oshiradi, vokal-xor malakalarini rivojlantiradi, axloqiy estetik fazilatlarini mexnatga munosabatini shakllantiradi.
2. Musiqa darslarida tarbiyaviy ishlarning o’tilishi shakliga ko’ra qat’iy bir sistema bo’yicha olib boriladi. Musiqiy faoliyat turlari o’zaro bir-biri bilan bog’langan bo’lishi, biridan keyin ikkinchisiga o’tishi kerak.
3. Tarbiyaviy ishlar ham dars o’qitish tamoyillariga muvofiq bo’ladi. U tarbiyaviy ta’sir o’tkazadi. Ilmiy tushunish uchun qulay hisoblanadi
4. Musiqa darsi mazmuni o’quv dasturiga muvofiq bo’lib, u boshqa darslar sistemasidagi bo’g’inlarni qamrab oladi. Musiqali harakatlar, cholg’uchilik va ijodkorlik faoliyatlarni amalga oshirishda o’yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Zotan, ushbu faoliyatlar ko’prok o’yin hususiyatlari bilan bog’lik. Dasturda tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasidan ortiq berilgan.
Bu o’qituvchiga asarlarni sinf imkoniyatlari va o’quv yilining muhim sanalariga muvofiq tarzda tanlab o’qitish imkoniyatini beradi. Unda chorak mavzulariga moslab asarlarni deyarli ikki hissa miqdorda tanlash va lozim bo’lganda dasturdan tashqari asarlardan ham foydalanish mumkin. Nota savodi, cholg’uchilik, raqs harakatlari Shuning dek, musiqa ijodkorligi faoliyati mazmunida tavsif etilgan asarlar ham shartli ravishda berilgan. Dars sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin. Bu esa darslarni rejalashtirishda va darslarga tayyorgarlik ko’rishda ijodiy yondoshishni taqazo etadi.
Bunda shu narsaga e’tiborni kuchaytirish lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg’ulotlar mazmuni har bir faoliyat turiga doir alohida – alohida ko’rsatilgan bo’lsa-da, darslarni rejalashtirishda va ularni o’tishda dars mazmunidan kelib chiqishi va uning mohiyatini ochib berishi lozim bo’ladi. Shunday qilib, darsda musiqa faoliyatlari mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi. Musiqa madaniyati darslarida xalqimizning mumtoz va zamonaviy qadriyatlaridan bahramand bo’lish darslarning samarali bo’lishida o’rinlidir.
Dars davomida o’qituvchi o’quvchilarga faqatgina musiqa tinglash va qo’shiq kuylash bilan chegaralanmay “Odob- inson ziynati” mavzuida qiziqarli ochiq muloqotlar o’tkazishi, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan o’gitlardan foydalanishi mumkin. Ya’ni, kishilarda bo’lishi zarur bo’lgan hislatlar, aynan musiqada ham bo’ladi, jumladan, milliy qo’shiq chiroyli harakat, hushmuomalalik- hushohanglik bilan uyg’unlashadi. SHu o’rinda ta’kidlash lozimki, odobli bola bosiq, muloyim, kamtar ota-onasiga mehribon bo’ladi.
Qo’pol, manmansiragan, hudbin bolalar esa elga yoqmaydi. Xuddi Shuning dek yoqimsiz qo’shiq ham insonning g’ashini keltiradi, eshitishga arzimaydi... Dars davomida tarbiyaviy qo’shiqlarni tinglash orqali o’quvchilarning musiqa idroki kuchayadi, mustaqil fikrlaydi hamda tinglangan ohanglar orqali ularning taqqoslash qobiliyatlari rivojlanadi. Yoshlar o’rtasidagi tarbiyani birgina musiqa o’qituvchisi hal eta olmaydi, buning uchun ota-ona ham javobgardir. Maktabdan tashqari vaqtda farzandining nimalar bilan shug’ullanayotganligi, qanday musiqalarni tinglayotganligi, kimlarga yoki nimalarga taqlid qilayotganligiga e’tibor berish ularning vazifalaridir.
Agarda biz noto’g’ri musiqa o’rgatsak bizdan xafa bo’lishlari o’rinli, biroq uydagi muhitda yuqorida ta’kidlagan, xorij musiqalariga qiziqish kuchaysa, beo’xshov harakatlarni o’rganib borsa bizning harakatlarimiz zoe ketadi. Bugungi kunda har bir musiqa madaniyati o’qituvchilarining vazifalari o’quvchi yoshlar orasidan eng iqtidorlilarini tanlab ularning san’atini ro’yobga chiqarish, Shuning barobarida o’zlashtirmovchi o’quvchilar bilan alohida milliy mashg’ulotlar tashkil etishdan iborat bo’lishi zarur.
O’zbek xalqining boshqa xalqlarda uchramaydigan andishalik, hayo, ibo, birbirini qadrlashi, odob-axloq me’yorlarini ham musiqa tarbiyalay oladi. Ba’zi bir oramizda uchrab turadigan nobakor farzandlar o’z ota-onalarini xafa qilgan paytlarida, radio orqali pand-nasihatga oid qo’shiq tinglaganlarida o’z vaqtida uzr so’ragan paytlari ham bo’lgan.
Chunki milliy musiqa orqali insonda olijanoblik, ulug’vorlik yuzaga keladi. Ayniqsa, o’quvchilarni ma’naviy tarbiyalash jarayonida milliy qadriyatlardan oqilona foydalanib, milliy ohanglarni his eta bilishni shakllantirish lozim. Insonning qaysi millatga mansubligi faqat g’oyagina emas, balki tuyg’u hamdir. o’quvchilarga dars o’tish jarayonida yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanishda diqqatimizni bugungi o’tilajak dars mavzusiga qaratishimiz lozim. Biroq , ba’zan san’atga qiziqadigan o’quvchilarni kuzatsangiz, partani chertib, sizga jo’r bo’layotganini ko’rasiz. SHuni o’zi u sizni qabul qilayotganini, qo’shiq bilan yashayotganligini, ohangni chin dilidan his etayotganini bildiradi. Musiqa madaniyati darslarida chalishni o’rgatish, musiqa asboblari bilan tanishtirish chog’ida qaysi o’quvchining qay darajada layoqati borligini ham anglashimiz lozim. O’quvchining qanday asbob ushlayotgandayoq , unga bir mehr bilan qarayotganidayoq ana Shunday layoqat seziladi.
SHunda sizda Shunday o’quvchi bilan ishlash, qo’shimcha mashg’ulot o’tish ishtiyoqi namoyon bo’ladi, natijada u sizdan cholg’u asbobini o’rganadi. Shuning o’zi ham dars jarayonida musiqa asbobidan foydalanishning ko’rgazmali hamda natijani asosidir. Aynan cholg’u asboblari bilan ishlashni ham yangi texnologiyaga asoslanib o’rgatsak o’quvchi uchun qiziqarli bo’ladi. Mashg’ulotni o’quvchilar tomonidan to’la o’zlashtirilishini ta’minlash maqsadida o’qituvchi pedagogik-texnologiya o’yinlaridan foydalanish lozim. Ulardan “Miyaga xujum” (Breynistorming) yoki fikrlar jangi maydoni biror muammoni yechimini guruh sharoitida topish usulidir.
KASB- muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turi. Biz o’rganayotgan mavzudagi xonandalar maxsus Oliy o’quv yurtlarining qo’shiqchilik sohasini tamomlab, o’z mahoratini oshirish yo’lida tinmay izlanib, xonandalik sirlarini o’rganishni davom ettirayotgan yoshlarning asl kasblari qo’shiqchilik bilan bog’liq bo’ladi. Kasb-hunar sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus ma’lumot hamda amaliy ish-harakat usullarini o’zlashtirish orqali erishiladi. Qo’shimcha ta’lim berish metodlari deganda pedagogning ish usullarini tushunmoq kerak. Yigit-qizlarni aqliy-axloqiy, madaniy-ma’naviy jihatdan tayyorlamasdan, fanga iste’dodli yoshlarning kirib kelishini ta’minlamasdan, yoshlarni zamonaviy fantexnikaning yutuqlaridan bahramand qilmasdan, qo’llab-quvvatlamasdan ularning qadriga yetmasdan, ularga ishonib-ishonmasdan turib, mamlakatimiz ma’naviyatini rivojlantira olmaymiz.
Shunday ekan, ularni ma’naviy barkamolikka erishishlarida milliy musiqamizning kuch-qudratiga tayangan xolda ibratli pand-nasihatga boy, xalqona yo’lda yaratilgan kuy va qo’shiqlardan foydalanishimiz zarur. Jamiyatimiz taraqqiyotida ma'naviy va jismoniy sog'lom avlodni tarbiyalash dolzarb masalalar darajasiga ko'tarilgan bir paytda hayotning o'zi har bir kishidan, ayniqsa yoshlardan ma'naviy sog'lomlik va ma'rifiy yetuklikni talab qilmoqda. Jamiyatimiz taraqqiyotida ma'naviy va jismoniy sog'lom avlodni tarbiyalash dolzarb masalalar darajasiga ko'tarilgan bir paytda hayotning o'zi har bir kishidan, ayniqsa yoshlardan ma'naviy sog'lomlik va ma'rifiy yetuklikni talab qilmoqda.
O`zbekistonning birinchi Prezidenti I. A. Karimov ta`kidlaganidek: “Ma’naviyat –insonni ruhiy poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baqquvat, iymon -e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch , uning barcha qarashlarining mezonidir”. Musiqa insoniyat ma’naviy madaniyatining muhim tarkibiy qismi sifatida shakllangan.
Musiqa mohiyatiga ko‘ra inson omilini tadqiq qilish va dunyoni badiiy o‘zlashtirishning muhim usullaridan hisoblanib, inson ruhiy, axloqiy kamoloti va ma’naviyatining shakllanishida, yoshlarning ma’naviy tarbiyasida yetakchi omillardan biridir. O‘qituvchining yuqori darajadagi psixologik savodi va madaniyati o‘quv tarbiyaviy ishlar jarayonida barcha turdagi psixologik vazifalarni samarali amalga oshirishga yordam beradi. Shuning uchun o‘quvchilar musiqiy madaniyatini shakllantirish barcha musiqiy faoliyatlar jarayonida o‘quvchilarni diqqatini to‘plash, ularning ham aqliy ham hissiy idrok etishini tashkil etish, xotirasini, ijodiy taffakurini rivojlantirish, ularning aqliy, irodaviy va boshqa xususiyatlarini shaklalantirish kabi psixologik jarayonlardan samarali foydalanishga bevosita bog‘liqdir.
Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy qirralaridan biri bo‘lib atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishda qadrlashga o‘rgatadi, inson yuksak did bilan qurolantiradi va ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradi. “Musiqa inson histuyg‘ularini, orzu-umidlarini, xohish-istaklarini o‘ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va kishining his-tuyg‘ulariga faol ta’sir etadi. Musiqa ham fan, ham san’atdir” Musiqa murakkab psixologik- fizologik jarayon hisoblangani bois musiqa darslarida vokal - xor ishlari, o‘quvchilarni ahloqiy - estetik tarbiya uchun o‘qitishning eng foal shakli sanaladi. Musiqani tinglashda o‘quvchilarning diqqat e’tibori kuchayadi, xotirasi, nutqi rivojlanib, dunyoqarashi shakillanib boradi, faolligi oshib yoqtirgan musiqalarini eshitganda zavqlanish hissi paydo bo‘ladi.
“Psixolog A.Lyublinskayaning fikricha, go‘dakning 10-12-kunlarida eshitish organi ishga tushar ekan. Ikki oylik go‘dak esa, musiqa tovushlarini eshitganda, qimirlamay, jim bo‘lib qolar ekan. 4-5-oylarida bola tovush kelayotgan tomonga qaray boshlaydi.” Bundan ko‘rinadiki, ilk bolalik davrlaridayoq go‘daklarda musiqa tovushlariga nisbatan shaxsiy munosabat shakllana boradi. Birinchi yilining oxirlarida bolaning umumiy eshitish hissi shakllanadi. Bolakay kattalardan har xil musiqani tinglab uni o‘ziga xos intonatsion (o‘xshash ovozlar chiqarib) xirgoyi qiladi. Musiqaga nisbatan emotsional munosabat bildirish, eshitish hissiyotlarini rivojlantirish ilk bolalikdan musiqiy tarbiyani amalga oshirishga hizmat qiladi. Aytishlaricha, musiqani barcha eshitadi, biroq uni hamma ham tinglab idrok eta olmaydi. Musiqa tinglash va uni idrok etish musiqa faoliyatining shunday turiki, u bolalikdan tarbiyalanadi va singdirib boriladi.
Musiqani tinglash jarayonida idrok etish darajasi tinglovchining umumiy madaniyati va musiqiy tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir. Musiqiy asarning to‘liq va chuqur idrok etilishi, shuningdek, kompozitor va ijrochi mahoratidan ham dalolat beradi. Ana shu tarzda, tinglash jarayoni tinglovchining tarbiyasi, individual qobiliyatlari va tayyorgarligi bilan ajralmas holat deb xulosa qilish mumkin. Musiqani idrok etish psixologik jarayon bo‘lib undan ma’naviy oziqa olish uchun inson go‘zallikni his eta oladigan sof qalb egasi, o‘z kasbiga, Vataniga mehr qo‘ygan yuksak madaniyatli shaxs bo‘lmog‘i kerak.
Yuqorida qayd etganimizdek, musiqa asarni ongli idrok etish asar mazmunini ochishda va o‘quvchilarga musiqiy tajribalarni to‘plashda, ularning ma’naviy dunyosini boyitishda yordam beradi. Musiqa tarbiyasi emotsional onglilik prinsipining uyg‘unlashishi, ko‘payishi orqali tinglanadigan asarni to‘g‘ri baholay olish imkoniyatlarini rivojlantiradi. Badiiy va texnik bosqich prinsipi asarning badiiy va ifodali ijro etish uchun malakali kadrlarni talab etadi. O‘quvchilarda kuylash malakalarini egallashlariga e’tibor beradi. O‘quvchilarga musiqaning rivojlanish prinsiplari to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirish, qobiliyatlarining rivojlantirilishi natijasida ular yangi musiqiy tushunchalarni bilib olishadi. “Barchamizga ayonki, kuy-qo‘shiqqa, san’atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi.
Uyida dutor, doira yoki boshqa cholg‘u asbobi bo‘lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta’sirini o‘z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda”. Mamlakatimiz ta'lim muassasalarida barkamol avlodni tarbiyash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotgani ma'lum.
Bugungi kunda Vatan musiqa o`qituvchilari zimmasiga yoshlarni yuksak ma’naviyat ruhida barkamol insonlar qilib voyaga etkazish vazifasini yuklamoqda. Barkamol avlodni yuksak ma'naviyat ruhida tarbiyalashda musiqaning o`rni, usullari va samarali yo`llarini ishlab chiqishda musiqa o`qituvchisining kasbiy mahorati qo`yidagi vazifalarlardan iboratdir. - barkamol avlodni milliy an’analar, milliy g`urur, faxr tuyg`ulari ruhida tarbiyalashda musiqa darslari va tadbirlarning samarali yo`llarini ishlab chiqish; - musiqa darslari vositasida o`quvchilarda yuksak ma’naviyat, milliy qadriyatlar tushunchalarini singdirishning turli shakl va metodlarini qo`llash; - ajdodlarimizning musiqiy meroslari bilan yaqindan tanishish, musiqashunos olimlarning ushbu mavzuga oid fikrlarini o`rganib chiqish; - musiqa darslarini rejalashtirilishda musiqa darslari faoliyat turlari va ularni xususiyatlari orqali o`quvchilarda badiiy didni o`stirishga e`tibor qaratish; - bolalar qo`shiqlari orqali vatanparvarlik, tinchliksevarlik, do`stlik tuyg`ularini shakllantirish, yuksaltirish yo`llarini ishlab chiqish; - musiqiy – badiiy vositalar orqali o`smir yoshlarda milliy istiqlol g`oyalarini shakllantirish; - musiqa darslari jarayonida bolalar qo`shiqlari, folklor asarlari vositasida barkamol avlodni tarbiyalshda ma’lum yutuqlarga erishish; - musiqa o`qituvchisining har tomonlama bilimli bo`lishida o`z fanini chuqur o`zlashtirish , innovatsion faoliyatida natijalarga erishish; - musiqa darslari jarayonida milliy-ma'naviy qadriyatlardan foydalanish; - o'quvchilar ma'naviyatini yuksaltirishga qaratilgan musiqiy tadbirlar muntazam o'tkazib borish.

Download 164.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling