Эркин иқтисодий ҳудудлар


-rasm. AKT sohasining YaIM dagi ulushi, % da


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

5.1-rasm. AKT sohasining YaIM dagi ulushi, % da
58
 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 14-may kuni “Elektron tijoratni 
tubdan 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to„g„risida”gi 
Qarori 
mamlakat 
iqtisodiyotining 
sohalarini 
rivojlantirish, 
mahalliy 
tadbirkorlik 
subyektlari 
mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish, Internet 
tarmog„i orqali jahon bozoriga milliy mahsulotlarni sotish, to„lov tizimlarini 
takomillashtirishdagi o„rnini hisobga olib, elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay 
shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi. 
Qarorda jahondagi eng ilg„or tajribani qo„llash masalasi zarurligi keltirilgan. 
Jumladan, ushbu qaror ilovasida 2019-2020 yillarda mamlakatimizda internet-
do„konlar uchun logistika infratuzilmasi yaratilishi ko„zda tutilgan. 
Shuningdek, 2019-yilning 1-iyuliga qadar FedEx, DHL, UPS va boshqa 
kompaniyalar bilan hamkorlikda O„zbekistonda ularning hududiy nuqtalarini 
(mintaqaviy xablarni) yaratish masalasi ustida ishlanadi. Kutilishicha, bu elektron 
savdo orqali mahsulot eksporti hajmini oshirish imkonini beradi. 
2019-yilning 
1-oktabriga 
qadar 
esa 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O„zavtotrans” va boshqa tashkilotlar 
internet-do„konlar bilan ishlovchi yetkazib berish xizmatlarini rag„batlantirish 
choralarini ishlab chiqishadi va tasdiqlashadi. 
2020-yilning 1-apreligacha davlat va xususiy sektor hamkorligi tadbiq etilgan 
logistika infratuzilmasi yaratilishini tasdiqlovchi me‟yoriy hujjat tayyorlanadi. Bu 
infratuzilmada, eng olis hududlarda yashovchi aholi ham internet-do„konlardan 
tovarlarni tez va qulay olishlarini ta‟minlash uchun hududiy logistika markazlari 
paydo bo„ladi. 
Hozirda ham ayrim onlayn savdo platformalari orqali turli tovarlar olish 
mumkin. Agarda onlayn xarid borasida tajribangiz yetarli bo„lmasa, u holda 
58
O„zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo„mitasi ma‟lumotlari. 
Y i l l a r 


153 
tovarlarga “Terabayt.uz” sayti orqali buyurtma berish imkoni ham mavjud. 
Bundan tashqari, 2018-yil 14-may kuni qabul qilingan O„zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 
“Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to„g„risida” Qarorida unda mamlakatda elektron tijoratning to„laqonli bozorini 
yaratishga, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning tashqi 
bozorlarga chiqishiga to„siq bo„layotgan qator muammo va kamchiliklar ham 
ko„rsatib o„tilgan. 
Ya‟ni, ular: 
- birinchidan, elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga 
solishning amaldagi tizimi soha taraqqiyotining jadal sur‟atlardagi o„zgarishlariga 
mos kelmaydi va o„z navbatida aholi keng qatlami va tadbirkorlik subyektlari uchun 
elektron tijoratdan foydalanish imkonini ta‟minlamaydi;
- ikkinchidan, mahalliy tadbirkorlik subyektlariga tashqi bozorlarda to„liq 
raqobatlashish, shuningdek, xarajatlarni optimallashtirish imkonini bermayotgan 
elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilishning eskirgan byurokratik 
to„siqlari saqlanib qolmoqda; 
- uchinchidan, elektron tijoratni rivojlantirishga yo„naltirilgan zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayoni lozim darajada yo„lga 
qo„yilmagan, bu esa iqtisodiyotni raqamlashtirish va tadbirkorlik faoliyati 
rivojlanishining to„xtab turishiga olib kelmoqda; 
- to„rtinchidan, mahalliy to„lov tizimlarining mashhur xorijiy analoglari bilan 
integratsiyasi yo„qligi, mamlakat tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat 
sohasidagi yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan to„liq xalqaro hamkorlikda ishlashlariga, 
shuningdek, mahalliy bozorning eksport salohiyati va raqobatbardoshligiga ta‟sir 
qilmoqda; 
- beshinchidan, elektron tijorat imkoniyatlari va afzalliklarini, jumladan, tovarlar 
(xizmatlar) uchun, ayniqsa, joylarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish 
darajasi pastligicha qolmoqda, bu esa xufyona iqtisodiyot hajmining oshishiga va 
davlat budjetiga soliq tushumlarining kamayishiga olib kelmoqda;
- oltinchidan, amaldagi soliqqa tortish tizimi elektron tijorat sohasidagi 
tadbirkorlik subyektlari, jumladan, axborot vositachilari faoliyatini kengaytirishni 
rag„batlantirmaydi, bu esa Internet tarmog„i orqali mahsulotlarni xufyona 
ayirboshlash hajmi oshishiga olib kelmoqda, shuningdek, ushbu sohaga 
investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishni cheklamoqda. 
Qaror asosida: 
- elektron tijorat orqali sotiladigan tovarlar (xizmatlar) uchun ularning umumiy 
qiymatidan majburiy 15 foizli oldindan to„lov to„lash talabi bekor qilindi; 
- elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga
va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan, 
tegishli bo„lgan avtomobil transportida O„zbekiston hududi bo„ylab yetkazib berishda 
shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yo„lovchilar va yuk 
tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi, qonunchilikda 
belgilangan holatlar bundan mustasno; 
- 2018-yil 1-iyuldan boshlab Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reestrini 


154 
(Milliy reestr) yaratildi. Bunda Milliy reestrni yuritish elektron shaklda onlayn 
rejimda amalga oshiriladi va Milliy reestrga ixtiyoriy va bepul asosda tovar 
(xizmat)larni elektron tijorat orqali sotishdan olgan daromadlari umumiy sotilgan 
tovarlar (xizmatlar) hajmining kamida 80 foizini tashkil etuvchi, shu jumladan, 
elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari, tovarlarni yetkazib berish, elektron 
hujjatlar va xabarlarni saqlash xizmatlarini ko„rsatuvchi yuridik shaxslar va xususiy 
tadbirkorlar kiritiladi. Milliy reestr elektron tijorat ishtirokchilari to„g„risidagi yagona 
elektron axborot bankini yaratit, yuritadi; 
- Milliy reestrga kiritilgan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar 2 foiz stavka 
bo„yicha yagona soliq to„lovini to„lovchilar hisoblanadi; 
- 2018-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish 
dasturi tasdiqlandi. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling