Эркин иқтисодий ҳудудлар
-bob. ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI TASHKIL ETISHNING
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
7-bob. ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI TASHKIL ETISHNING
JAHON TAJRIBASI 7.1. Jahon xo„jaligida erkin iqtisodiy hududlar EIHlar ularni ta‟sis etuvchilar uchun ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishning muhim xalqasi hisoblanadi. Ularning faoliyat ko„rsatishi tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va faollashtirish jarayonlari bilan bog„lik. Erkin iqtisodiy zonalarda iqtisodiyotning darajasi yuqori bo„lib, bojxona, soliq va investitsiya uchun sharoitlari ichki va tashqi investitsiyalar uchun qulay hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarimlaridan boshlab erkin iqtisodiy hudud (EIH) xalqaro iqtisodiyotning ajralmas qismi bo„lib kelmoqda. Jahon xo„jaligi aloqalarida erkin iqtisodiy hudud xalqaro tovar almashinuvining faollashuvi, investitsiyalar mobilizatsiyasi, ish bilan bandlik darajasini o„sishi hisobiga iqtisodiy o„sish ko„rsatkichini tezlashtiruvchi omil sifatida qaralmoqda. Jahon xo„jaligida erkin iqtisodiy hududlar qaysi mamlakatda tashkil etilishidan qat‟iy nazar shu mamlakatning makro va mikroiqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Makroiqtisodiy siyosatda EIHlar mamlakatlarning iqtisodiy o„sish dinamikasi va baholash tizimiga, pul muomalasi va emissiyasiga, tovarlar va xizmat ko„rsatish turlarining eksport va importiga, tashqi to„lov balansi holatiga, oltin- valyuta zahiralari miqdoriga, chet el kapitali qo„yilmalarining miqdorlariga, valyuta kursining harakatiga, tashqi savdosiga, shuningdek, to„lov mexanizmlarni tashkil etishga o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Bu ta‟sir doirasi dasturlarida o„zgaruvchan iqtisodiy holatlar (masalan, ichki kreditlar, davlat sektoridagi budjet kamomadi, xalqaro rezervlar va tashqi qarzlarni hisobga olish va boshqalar) ham muhim ahamiyat kasb etadi. XX asrning so„nggi o„n yilida davlatlar o„rtasida boshqa mamlakatlardan xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun soliq va boshqa imtiyozlar sohasida keskin raqobat avj olmoqda. Jahon amaliyotida erkin iqtisodiy zonalarni barpo etishning ikki yo„li mavjud. Birinchi yo„nalishida hududiy yondashish, ya‟ni erkin iqtisodiy zonalarga aniq, konkret hudud deb qaralib, bu hududda zaruriy imtiyozli tartib o„rnatiladi. Ikkinchi yondashish esa rejali, ya‟ni erkin iqtisodiy zonalarga kompleks (majmuayi) korxona deb qaraladi hamda unga aniq sharoitlar va ustunliklar beriladi. Xorijiy tajriba shuni ko„rsatadiki, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishda quyidagi sharoitlar bo„lishi zarur: - erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilayotgan mamlakatlarda va mintaqalarda siyosiy barkarorlik; - erkin iqtisodiy zonalar huquqini belgilab beruvchi barqaror qonuniy asos; - erkin iqtisodiy zonalar tabiiy-geografik sharoitlarining qulay bo„lishi, agro iqlimiy resurslarning mavjud bo„lishi, qo„shni iqtisodiy hududlarning u bilan bog„liq bo„lishi, transport magistrallariga yaqin bo„lishi; - aloqa, transport, ijtimoiy sharoitlar, energetikaning yaxshi rivojlangan infratuzilmasi; - erkin iqtisodiy zonalarga xizmat ko„rsatadigan rivojlangan tijorat infratuzilmasi 193 (banklar, konsalting va yuridik firmalar, auditorlik tashkilotlari transport xizmatlari); - erkin iqtisodiy zonalar ma‟muriy boshqaruvida samarali tuzilmaning mavjudligi. Erkin iqtisodiy zonalar kapital harakatlanishining imtiyozli sharoitlarini ta‟minlashga, xorijiy investitsiyalarning o„sishiga, mamlakatning ayrim iqtisodiy mintaqalariga ishlab chiqarish omillari (sarmoya, ishlab chiqarish asosiy vositalari, yuqori malakali boshqaruv apparati) oqimining kuchayishiga olib keladi. Erkin iqtisodiy hududlarning tashkil etilishi tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, EIHlarning tashkil etilishi bilan tovar ishlab chiqaruvchilar o„z mahsulotlarini xalqaro maydonda sotish va o„zlari uchun kerakli bo„lgan mahsulotlarni vositachilarsiz sotib olish imkoniyatiga ega bo„ladi. Tadbirkorlar uchun berilgan soliq va bojxona imtiyozlari ularning daromadini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Erkin iqtisodiy zonalar milliy iqtisodiyot uchun quyidagi afzalliklarni keltirib chiqaradi: - mahalliy tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; - yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishini ta‟minlash; - savdo iqtisodiy operatsiyalarini amalga oshirish eksportga yo„naltirilgan tovar ishlab chiqarishni rivojlantirish; - milliy va mintaqaviy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish; - aholi bandligini oshirish, yangi ish o„rinlari yaratish va shu orqali ishsizlik darajasini pasaytirish; - aholi farovonligini o„stirish, daromadlar miqdorini o shi r ish , yuqori sifatli tovarlar bilan mintaqaviy bozorlarni to„ldirish; - xalqaro kreditlar uchun qulay sharoitlar yaratish, moliyalashtirishning yangi manbalarini izlab topish; - yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun yangi imkoniyatlarni yaratish. Ayni vaqtda erkin iqtisodiy zonalar ushbu hududga investitsiyalar kiritayotgan sarmoyadorlar uchun ham foydali bo„lib bu, eng avvalo, quyidagilarda o„z aksini topadi: - sarmoyadorlar ushbu hududda joriy etilgan imtiyozli soliqlar tufayli o„z foydalarini maksimallashtirish imkoniyatiga ega bo„ladilar; - erkin iqtisodiy zonalarda uskunalar, xomashyo va ishlab chiqarishning boshqa tashkil etuvchilari importining bojxona bojlaridan to„la yoki qisman ozod etilishi kam harajatlar evaziga uskunalarni olib kirish va urnatish imkoniyatini beradi; - eksportga imtiyozli shart-sharoitlar joriy etil ishi tufayli eksport mahsulotlarining tannarxini pasaytirishga imkoniyat paydo bo„ladi; - erkin iqtisodiy zonalarda xorijiy investitsiyalarning barcha shakllaridan foydalanish imkoniyati vujudga keladi; - xorijiy sarmoyadorlarda erkin iqtisodiy zonalardan olingan foydani erkin uzlashtirish imkoniyati yaratiladi; - erkin iqtisodiy zonada milliy valyutaning qisman yoki to„liq erkin almashuvini ta‟minlash valyuta opretsiyalarini erkin amalga oshirishga shart-sharoit yaratadi; 194 - erkin iqtisodiy zonalardagi arzon ishchi kuchi tufayli o„z mahsulotlari tannarxini pasaytirish va ishlab chiqar ish xa rajatlarini kamaytirishga erishadilar. Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, EIHlarni tashkil etishda davlat hal qiluvchi rol o„ynaydi. Bu, eng avvalo, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishning huquqiy asoslarini barpo et ish zaruriyati bilan asoslanadi. Ko„plab mamlakatlarda, xususan, Xitoy Gonkong, Tayvan, Irlandiyada mazkur masala konstitutsion darajada hal etilgan bo„lib, ushbu mamlakatlar konstitutsiyasining ayrim moddalarida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish masalasi kayd etilgan. Shuningdek, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida erkin iqtisodiy zonalar tug„risida qonunlar qabul qilingan. Chunonchi, O„zbekistonda ham “Erkin iqtisodiy zonalar to„grisida”gi Qonun qabul qilingan bo„lib, unda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil yutish tamoyillari, usullari, EIHlarga sarmoya kiritayotgan xorijiy investorlarning huquq va majburiyatlari o„z aksini topgan. Boshqacha qilib aytganda, respublikamizda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishning huquqiy asoslari yaratilgan. Yuqoridagi fikr-muloxazalarni umumlashtirgan holda, shuni ta‟kidlash lozimki, erkin iqtisodiy zonalar ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishning, mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb etishning muhim omili bo„lib, undan maqsadga muvofiq foydalanish milliy iqtisodiyot faoliyat ko„rsatishining samaradorligini oshirishda, ijtimoiy masalalarni, xususan, aholi bandligini ta‟minlash, ishsizlik muammosini yumshatish, aholi daromadlarini muttasil oshirib borish, iqtisodiyotga yangi texnika va ilg„or texnologiyalarni jalb etash, zamonaviy boshqaruv va menejment tamoyillaridan foydalanish imkonini beradi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling