Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Tayanch iboralar:
Erkin iqtisodiy hududlar, tashqi savdo hududlari, tadbirkorlik hududlari, texnoparklar, tovar, boj, korxona, imtiyoz, soliq, hukumat, investor, ilmiy-texnik rivojlanish. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. Bugungi kunda jahonda 140 dan ortiq davlatda 5000 dan ortiq EIHlar faoliyat ko„rsatmoqda va ularda 80 mln. kishidan ziyod xodimlar mehnat qilishadi. Bu esa EIHlarni tashkil etishda boy va katta tajribaga ega rivojlangan davlatlar amaliyotini o„rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 2. Jumladan, hozirgi paytga kelib AQShda 266 ta EIHlar (TSHlari) mavjud. Bundan tashqari, 200 dan ortiq texnoparklar va 1500 dan ortiq turli darajada tashkil etilgan tadbirkorlik hududlari mavjud. EIHlarni tashkil etishda, shuningdek, G„arbiy Yevropa davlatlari ham katta tajriba to„plaganlar. 3. G„arbiy Yevropada tovar va texnologiyalar sifatida juda katta e‟tibor qaratilishi va ularning yuqori sifatda yaratilishida texnoparklar muhim o„rin egallagan. shu sababli G„arbiy Yevropaning texnoparklari rivojini o„rganish alohida ahamiyatga ega. O„z navbatida, rivojlangan Yevropa davlatlari singari Turkiyada ham EIHlar soni ortib bormoqda va ularni rivojlantirish bo„yicha o„ziga xos tajribalarga ega. Nazorat uchun savollar: 1. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bo„yicha rivojlangan davlatlar tajribalarini o„rganishdan maqsad nima? 2. EIHlarning G„arbiy Yevropa davlatlarida tashkil etilishi va rivojlanishi xususiyatlarini tushuntirib bering. 3. G„arbiy Yevropa davlatlarida texnoparklarning tashkil etilishi va rivojlanishining samaralarini qanday izohlaysiz? 4. Turkiyaning geografik joylashuv o„rni EIHlar rivojida qanday ahamiyat kasb etadi? 5. Bugungi kunda AQShda EIHlarning qanday turlari mavjud va ular soni qanchaga etgan? 6. Rivojlangan davlatlarda EIHlarning faol rivojlanishda bo„lgan turlarini va sabablarini aytib bering. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling