Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Nauru davlatida aholidan daromad solig„i olinmaydi. Chunki, soliqlar va 
yig„imlardan budjetga tushadigan tushumlar budjet daromad qismi hisobiga 
qoplanadi. Budjetning daromad qismi, asosan, eksport qilinadigan fosfor 
mahsulotidan, shuningdek, moliya, baliqchilik va dengiz flotidan keladigan soliq 
tushumlaridan tashkil topgan. 
Nauru erkin iqtisodiy hududida qonunchilikni tarkib topishi boshqa iqtisodiy 
hududlarga nisbatan bir muncha farq qiladi. Jumladan, boshqa EIHlarda soliq 
imtiyozlari keng qo„llanilsa, bu erda esa soliq tizimi mutlaqo yo„q. Lekin shunday 
bo„lsa-da, mamlakatda jinoyatchilikka qarshi qattiq kurash olib boriladi. Agar 
xo„jalik subyektlarning faoliyatida bunday holatlar yuz bersa, ya‟ni investorlar yoki 
aksiyadorlarning huquqlari poymol etilsa, bunday holatga yo„l qo„ygan xo„jalik 


216 
subyekti bilan shartnomalar darhol uzilib, chet el fuqarosi bo„lsa mamlakatdan 
chiqarib yuboriladi.
Har bir korporatsiyada ro„yxatdan o„tkazilgan kotib bo„lishi shart. Mamlakatda 
direktorlar kengashi yoki aksiyadorlar yig„ilishini qayerda va qachon o„tkazilishiga 
talab qo„yilmaydi. Biroq, savdo korxonalari bir yilda bir marta o„zlarining 
yig„ilishlarini o„tkazib turishlari shart. Xolding kompaniyalar uchun esa bunday talab 
qo„yilmagan. Nauru iqtisodiy hududida korporatsiyalarni ro„yxatdan o„tkazish uchun 
2-3 kun vaqt ketadi xolos. Ro„yxatdan o„tgan korporatsiya agar bank, sug„urta yoki 
trast operatsiyalarini amalga oshirmoqchi bo„lsa, u holda litsenziya olishi talab 
etiladi. Bank litsenziyasi 1972-yilda qabul qilingan “Korporatsiyalar” to„g„risidagi va 
1975-yilda qabul qilingan “Banklar” to„g„risidagi qonunlar asosida amalga oshiriladi. 
Litsenziyani berish davri to„ldirilgan hujjatlar to„lig„icha talabga javob bersa, 3-4 oy 
ichida amalga oshirilgan. 
Nauru mamlakatida erga to„laligicha egalik qilish huquqi faqatgina tub aholiga 
ruxsat etilgan. Qishloq xo„jaligi va sanoat sohalarini rivojlantirish uchun Nauru 
mamlakatiga kapital kiritish unchalik samara bermaydi. Chunki bu yerda 
makroiqtisodiyotning ushbu sohalarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yetarli emas. 
Shuning uchun ham Nauru mamlakatida faqat savdo va xolding kompaniyalari, 
banklar, sug„urta kompaniyalarini tashkil etish va faoliyat ko„rsatishi maqsadga 
muvofiqdir. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling