Эркин иқтисодий ҳудудлар
Rivojlanayotgan davlatlarda erkin iqtisodiy hududlarni
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
7.4. Rivojlanayotgan davlatlarda erkin iqtisodiy hududlarni
tashkil etish amaliyoti va tajribalari Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonida milliy xo„jaliklarning hech qanday to„siqlarsiz, erkin holda iqtisodiy hamkorlikni yo„lga qo„yish masalalari bugungi kunning eng dolzarb ahamiyat kasb etuvchi jarayoni sifatida e‟tirof etilmoqda. Chunki, xalqaro mehnat taqsimoti asosida davlatlarning o„zaro bog„liq iqtisodiyotga ega bo„lishi va rivojlanish jarayonida bir-birini taqozo etishi ularni o„zaro manfaatli shartlar asosida munosabatlarni yo„lga qo„yishga undaydi. Ushbu holat, nafaqat, rivojlanayotgan davlatlarga, balki, jahon xo„jaligi tizimida ishtirok etuvchi rivojlangan davlatlarga ham xosdir. Chunki, hech bir mamlakat, hattoki, u boy xomashyo va ishlab chiqarish resurslariga yoki yuqori ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo„lsa ham, o„z imkoniyatlari doirasida mustaqil rivojga erisha olmaydi. Shuni hisobga olgan holda hozirda ko„plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o„z hududlarida qator EIHlarni tashkil etish borasida keng chora- tadbirlarni amalga oshirmokdalar. Iqtisodiy zonalar turli shakllarda ta‟sis etilishi mumkin: bojxona EIHlari, erkin ishlab chiqarish zonalari, erkin tadbirkorlik hududlari, yangi va zamonaviy texnologiyalar hududi, erkin bank xizmati zonalari, turizm markazlari va boshqalar shular jumlasidandir. EIHlarning boshqa savdo hududlaridan farq qiladigan tomoni shundaki, ular uchun hukumat tomonidan mamlakatning boshqa hududlarida mavjud bo„lmaydigan imtiyozlar yaratiladi, qolaversa, ularning faoliyati doimiy va ijobiy tarzda rag„batlantirib boriladi. Bugungi kunda EIHlarni tashkil etishda, asosan: - erkin iqtisodiy zonalarda, shuningdek, ulardan tashqari hududlarda ish kuchi bandligini to„la ta‟minlash; - investitsiyalarni jalb etish (asosan, erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada); - ishlab chiqargan mahsulotlari ichki bozorda mavjud bo„lgan mahalliy korxonalar faoliyatiga to„sqinlik qilmagan holda eksport qilishga qodir bo„lgan yirik kompaniyalarni o„zida mujassam etgan iqtisodiy zonalar tashkil etishga erishish kabi maqsadlar ko„zda tutiladi. EIHlar joylashtirilishi mumkin bo„lgan hududlar, odatda, qo„shni va xorijiy davlatlarga chiqish uchun qulay bo„lgan chegara maydonlarida, dengiz portlarida, yirik magistral tarmoqlarida (temir va avtomobil yo„llari, aeroportlarda) joylashadi, ularning faoliyati sanoat, ilm va madaniyat markazlari faoliyati bilan, shuningdek, 218 katta miqdordagi tabiiy resurslar jam bo„lgan hududlar bilan o„zviy bog„liq bo„ladi. Ko„p hollarda, EIHlarning yangi o„zlashtirilgan xo„jalik hududlarida tashkil etilishi ham maqsadga muvofiqdir. Ushbu hududlar rivojlangan sanoat ishlab chiqarishi va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo„lmasada, hukumatning uzoq muddatli umumdavlat dasturlarini amalga oshirish borasidagi muammolarni hal etish jarayonida muhim strategik ahamiyat kasb etishi mumkin. Xususan, mamlakatning yoqilg„i-energetika va mineral xomashyo bazasini mustahkamlash kabi vazifalar shular jumlasidandir. EIH ko„plab Osiyo, Afrika va Lotin Amerika davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta‟sir o„tkazmoqda. Resurslar kamligi, ba‟zi davlatlarda esa etishmovchiligi sharoitida EIHlar iqtisodiy o„sishni tezlashtiruvchi va bu milliy iqtisodlarni Dunyo xo„jaligiga kirib kelishiga olib keladigan haqiqiy va samarli vositadir. EIHlar tashqi iqtisodiy faoliyat aktivlashishiga, zamonaviy texnika va texnologiyalar kengroq qo„llanilishiga, yangi ishlab chiqarishlar, ilg„or infratkzilma, yangi ish joylari yaratilishiga, moliviy, innovatsion, ishlab chiqarish va sotish, tashqi iqtisodiy faoliyatni yangi usul va shakllarini o„zlashtirib qo„llanilishiga ko„mak berib kelishmoqda. Masalan, Singapurni yagona eksport zonasiday qabul qilish mumkin. Eksport ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun bu mamlakatda 30 ga yaqin eksportga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish uchun jihozlangan ishlab chiqarish zonalari yaratilgan va bu ishlab chiqarishlarda mamlakatning qayta ishlash sohasida band bo„lgan ishchilarning 70% faoliyat ko„rsatmoqda. Natijada, aholisi bir necha mln. kishidan iborat bo„lgan davlat dunyoning yigirmata eng yirik eksporterlar qatoridan joy olgan. Shu bilan birga eksportga chiqariladigan qayta ishlash sanoatining 80% ga yaqin mahsuloti ishlab chiqarish hududlariga to„g„ri keladi, jumladan, elektrotexnik, elektron va kimyo sanoatlari mahsuloti, transport asbob-uskunalaridir. Ishlab chiqarish zonalari yordami bilan Singapur dunyoning eng yirik portlaridan biriga va Janubiy-Sharqiy Osiyoning yetakchi moliyaviy markaziga aylandi. Sharq bilan G„arbni bog„lab turuvchi, qadimiy savdo yo„lida joylashgan BAAning Dubay shahridagi “Djebel Ali” nomli portida erkin iqtisodiy zona mavjud. Atrofidagi EIH bilan birgalikda bu port dunyoning eng katta, turli kemalarni qabul qila oladigan sun‟iy port. “Djebel Ali” 1,5 mlrd. kishidan iborat iste‟mol bozoriga ega ideal saqlash va distrebyuterlash markazidir. Bu zonada ajoyib havo yo„llari va zamonaviy aloqalar mavjud. EIHda dunyoning yirik transmilliy kompaniyalar va banklar filiallari, yuridik, auditor va boshqa firmalar, reklama agentliklari, konsalting kompaniyalari faoliyat ko„rsatmoqda va bu, o„z navbatida, soliqdan ozod bo„lgan holda biznes yuritish uchun ajoyib sharoitlar va imkoniyatlar tug„diradi. Mahalliy hukumat uchun “Djebel Ali” amalda yaratilgan loyihadir va bu zona 80% savdodan iborat iqtisod rivojlanishiga katta hissa qo„shadi. EIHlar ko„plab rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiga har tomonlama ta‟sir ko„rsatmoqda. Moliyaviy resurslar etishmasligi sharoitlarida bu zonalar faoliyati rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiga, bu zonalarda har xil imtiyozlar, zarur bo„lgan infratuzilma, nisbatan malakali va arzon ish kuchlari va yengillashtirilgan ma‟muriy jarayonlar mavjudligi sababli, bevosita chet el investitsiyalari kirib kelishini 219 ta‟minlaydi. Bu soha bo„yicha yetarli statistik ma‟lumotlar bo„lmaganiga qaramasdan, EIHlarga sarflangan chet el kapitali to„g„risidagi alohida ko„rsatkichlar hech kimni befarq qoldirmaydi. O„z EIHlariga atayin kichik invetorlarni jalb qilayotgan Meksika, Yamayka, Mavrikiya davlatlari tajribalari shuni ko„rsatadiki, rivojlangan davlatlarning kichik va o„rta firmalari yirik kompaniyalar faoliyatini muvaffaqiyatli to„ldirib bormoqda. Mayda firmalar tez o„zgarib turadigan sharoitlar ta‟sirida tezroq o„zgardi va ular davlatlarning ichki bozor ehtiyojini to„liq qondirishga qodir. Ko„p davlatlarning investorlarni tezroq jalb qilishga intilishini e‟tiborga olib, bunday kompaniyalar eng yaxshi qisqa muddatli alternativa bo„lib qoldi, chunki, yirik kompaniyalar sekinroq faoliyat qilishadi va kichik kompaniyalarga o„xshab EIHlarning imtiyoz va imkoniyatlariga muhtoj emas. Bunday hududlar faoliyatining kengayishi ko„pgina rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodida o„zgarishlar olib keldi: oldingi ashyoviy yo„nalishlardan voz kechish, faqat oddiy mahsulot emas, balki, ilm talab qiladigan mahsulot chiqaradigan, qayta ishlab chiqaradigan bo„ldi. Bir qator Osiyo davlatlarida elektron sanoati paydo bo„lishi ham EIH faoliyati bilan bog„liq. Bunga elektron mahsulotlarning 90% EIHda ishlab chiqarilayotgan Malayziya misol bo„lishi mumkin. Bugungi kunda Malayziya dunyodagi yarim o„tkazgichlarini eksportyorlaridan eng yirigi. Tayvanda joylashgan “Kaoching” EIHdi 1967 yilda oddiy kiyim tikish ishlab chiqarishidan boshlagan, keyinchalik moda talablariga javob beradigan kiyim tikishga o„tdi, undan keyin elektron texnikasini yig„ish yaratildi, elektronika sohasida sinov va loyihalash ishlarini boshladi. Hozirgi kunda “Kaoching” EIH transmilliy kompaniyalarning shtab-kvartiralari va o„ta katta logistik markazlari joylashgan maydonga aylandi. Boshqa davlatlarda ham EIHlar ilm talab qiladigan ishlab chiqarishlar rivojlanishi vositasi bo„ldi. Masalan, Meksika, Koreya, Singapur, Gonkong, Braziliya EIHlari elektronika, tele va audioapparatura, kompyuter texnikasi, yengil avtomobillarni ishlab chiqarmoqda. Ishlab chiqarishni yaxshilashda, iqtisodni texnologik jihatdan qayta qurishda, printsipial yangi mahsulot va texnologiyalar joriy qilinayotgan texnologik zonalarda faoliyat qilayotgan chet el kompaniyalari muhim rolga ega. Masalan, Xitoyning yangi va yuqori texnologiyalar zonalari bo„lmish texnoparklari mikroelektronika va informatsiya vositalari, genetika, biotexnologiya, aloqaning yangi usullari, yangi va quvvat saqlaydigan texnologiyalar, tabiat va atrof-muhitni saqlab qoluvchi vositalar kabi ilg„or yo„nalishlarga alohida e‟tibor bermoqda. Oxirgi 15 yil ichida bu zonalarning ishlab chiqarish miqdori 10 barobar o„sdi. Shu davr ichida 1000 dan ortiq yangi ilm talab qiladigan mahsulot turlari o„zlashtirildi. Texnoparklar bu davlatda ilmiy-texnik progressning haqiqiy lokomotivlariga aylandi. Xuddi shunday holatni biz Osiyoning boshqa davlatlarida ko„rishimiz mumkin. Masalan, Tayvanda joylashgan “Sinchu” texnoparkining asosiy faoliyati elektron sanoati rivojlanishi, shu jumladan, kompyuter va pereferiya anjomlari, elektron 220 komponentlarni ishlab chiqarish bilan bog„liq. Kishi boshiga ishlab chiqarish bo„yicha “Sinchu” mashhur “Silikon vodiysi”dan qolishmaydi. “Sinchu”dan eksport qilingan mahsulot ulushi milliy eksportining 4% ni tashkil qiladi. Yangi texnologiyalarni joriy qilishdan boshqa texnopark faoliyatining muhim yo„nalishlaridan biri ilmiy-texnik ma‟lumotlarni davlatning xususiy kompaniyalari orasida ulardan buyurtma olish orqali, yangi ilmiy-texnik ma‟lumotni tarqatishdir. Bunday harakatlar mahalliy sanoat texnologik darajasini oshirish deb bilinadi, chunki, Tayvanda, asosan, kichik firmala faoliyat ko„rsatishadi, ularda esa ilmiy sohada o„z ishlarini olib borishga imkoniyatlari ancha kam. Nihoyat, yuqori texnologiyali ilmiy markazlar joylashgan texnoparklar yaratilishi “aqllarni davlatdan ketib qolishi”ning o„rnini bosadi. Rivojlanayotgan davlatlarning eksport savdosi rivojiga ishlab chiqarish va savdo hududlari ham katta hissa qo„shdi, bu davlatlarning iqtisodi dunyo iqtisodiga integratsiya bo„lishiga ko„maklashdi. Tayvan va Koreyaning eksporti to„liq EIHdan amalga oshiriladi. Xitoyda eksportga mo„ljallangan mahsulotning aksariyat qismi erkin iqtisod zonalarda ishlab chiqariladi. Malayziyada, masalan, 1979-yilda sanoat mollari eksportining 75% EIHdan bo„layotgan edi, hozirgi kunda bu ko„rsatkich 55% ni tashkil qiladi, shuningdek, Mavrikiyada – 95%, Dominikan Respublikasida 80%, Keniyada – 75% va Meksikada 50 %. ga teng. Eksport-ishlab chiqarish zonalarning yaratilishi va eksport potensiali shakllanishi bu davlatlar uchun nafaqat valyuta topish manbasi bo„ldi, balki, yalpi ichki omonatlar darajasi o„sishiga ko„makchi bo„ldi. Tayyor mahsulotlar eksporti bu sohani tarkibini yaxshiladi, yalpi daromadning o„sishi esa zamonaviy texnika va texnologiya, iste‟mol tovarlar importini oshirishga imkoniyat berdi. Bundan tashqari, iqtisodiy rivojlanish ilmiy-texnik progress bilan yonma-yon qadam bosishga va chiqarilayotgan mahsulot raqobatbardoshligini oshirishga imkon yaratdi. Rivojlanayotgan davlatlarda ishsizlik darajasini kamatirishda ham bu zonalar ahamiyati katta. XXI asr boshida rivojlanayotgan davlatlardagi EIH larda band bo„lgan odamlarning soni 50 mln. kishidan oshdi, shuning 40 mln.ga yaqini birgina Xitoy davlatiga to„g„ri keladi. Aytib o„tish lozimki, EIHlarda ishlayotgan chet el kompaniyalar bilan mahalliy kompaniyalar orasida aloqalar o„rnatilishi, o„z navbatida, mahalliy ishlab chiqarishlarda ham bandlik darajasi oshishiga olib keladi. Eksportga qaratilgan zonalardagi ishlab chiqarish kompaniyalari subpudratchi sifatida faoliyat qilib, eksportda o„z ishtirokini ta‟minlaydi va shu bilan birga yangi ishchilar olish imkoniyati parallel tarzda o„sib boradi. Masalan, “Maqiladoras” ishlab chiqarishlari rivojlanishi yondosh sohalarda 2 mln. dan ortiq yangi ish joylari yaratilishiga olib keldi. Xuddi shunday holatni Braziliya, Xitoy, Gvatemala, Gonduras, Indoneziya va boshqa davlatlarda ko„rish mumkin. Singapur va Filippinda EIHlar malaka oshirish kurslarini tashkil etish va ularga qatnashayotgan ishchilarni rag„batlantirish yo„li bilan ish kuchini sifatini oshirmoqda. Bunday siyosat mahalliy ishchilarning ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi. Bundan tashqari, malaka oshirish jarayonida mahalliy boshqaruv kadrlari ham jalb qilinadi.va bu mahalliy tadbirkorlik darajasi o„sishiga olib keladi. Rivojoanayotgan davlatlar uchun esa bu o„ta muhim, chunki, ularning ko„pida dunyo bozorida ishlash 221 uchun zarur menejment va marketing sohalari bo„yicha mutaxassislar yo„q. Ko„p rivojlanayotgan davlatlarda EIHlarda faoliyat olib borayotgan chet el kompaniyalari davlatda belgilangan maoshdan yuqoriroq maosh to„laydi. Bular qatoriga Kot-d‟Ivuar, Gonkong, Xitoy, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand va boshqalar kiradi. EIHlarning mamlakat iqtisodiga ijobiy ta‟sirini quyidagi jihatlardan ko„rish mumkin: - chet ellik investorlar EIHlardagi ishlab chiqarishlarga nisbatan zamonaviy texnologiyalarni olib keladilar, ishlab chiqarish jarayoniga zarur bo„lgan yangi menedjment va boshqaruv usullarini singdiradilar; - mahalliy ish kuchi yangi mehnat uslublarini o„zlashtiradi, ayniqsa, yangi texnikani o„zlashtirish jarayonida; - EIHlarga investitsiya qilayotgan kompaniyalar er va infrastruktura obyektalari uchun to„lovlarni o„z zimmasiga oladi, va xizmat uchun haq to„laydi; - mahalliy aholi turmush darajasi oshadi, daromadlar o„sadi, ichki bozorning yuqori sifatli mahsulotga ehtiyoji to„laroq qondiriladi; - EIHlarda faoliyat ko„rsatayotgan kompaniyalar boshqalarga nisbatan yaxshiroq sharoitlarda bo„ladi. Bunday hududlarda ishlab chiqarish sarf-xarajatlari, xomashyo va materiallar olib kirish bilan bog„liq soliq va bojlar yo„qligi va ish kuchi nasbatan arzon bo„lganligi sababli ishlab chiqarilgan mahsulot raqobatbardoshligi oshadi. Odatda, er va infratuzilma uchun to„lovlar ham boshha hududlarnikidan pastroq bo„ladi. - mahalliy bozor rivojlanadi, chunki, EIHlarda band bo„lgan aholi to„lovlarni amalga oshirishga qodir; - EIHlar yaratilishi mazkur hududda tadbirkorlik faoliyati jonlashishiga yoki iqtisodiyotning ma‟lum sohalari rivojlanishiga ko„mak bo„ladi. Shu bilan birga EIHlar rivojlanayotgan davlatlarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni to„liq echadigan vosita bo„lmasa ham, ular davlatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ko„p davlatlar uchun (Xitoy, Braziliya, Meksika) EIHlar savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy o„sish markazlariga aylandi. Bundan tashqari, ochiq iqtisod modeli ishini namoyish qiladi, bu davlatlarning iqtisodlari dunyo iqtisodiga integratsiya yo„llarini aniqlab beradi. Bular bilan birga ba‟zi iqtisodchilar EIHlar faoliyatining salbiy tomonlariga ham e‟tibor qaratishmoqda. EIHlarda chet el kompaniyalarga olingan daromaddan o„z ixtiyoriga ko„ra foydalanishda chegaralanmagan huquqlar berilgan. Buning natijasida moliyaviy resurslar davlatdan chiqib ketadi va erkin hududlar yaratilishi samarasi pasayadi. Bunday anklavlar faoliyati natijasida katta daromadlar tushadi, ammo, ular davlatdan chiqib ketib foyda keltirmaydi. EIHlarni tanqidchilarining aytishlaricha, bu ishlab chiqarishlar mahalliy ishlab chiqarish bilan raqobatlashadi, va mahalliy ishlab chiqarishga zarar keltiradi. Bundan tashqari EIHlarga ekologik jihatdan xavfli texnologiyalar kirib kelish xavfi ham bor. Import komponenti ulushi kattaligida bu ham mahalliy iqtisod rivojlanishiga 222 salbiy ta‟sir ko„rsatishi mumkin: - yangi yaratilgan EIHda mahsulot davlatdagi o„rtacha ko„rsatkichdan pastroq. Xindiston iqtisodchilari tekshiruvi bo„yicha milliy ishlab chiqarishlardagi qo„shma qiymat zonalarda joylashgan ishlab chiqarishlarnikidan yuqoriroq; - valyuta hisobida olingan daromad import komponetlar narxi ayrilgandan so„ng o„ta past; - EIHda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotda mahalliy ishlab chiqarish mahsulotining ulushi o„ta past, deyarli 25-30%. EIHlarda faoliyat ko„rsatayotgan ishlab chiqarishlarning menedjerlari ko„pincha chet ellik mutaxassislar, va ularning maoshi mahalliy ishchilarnikiga nisbatan bir necha barobar ko„p. Bunday sharoitlarda mahalliy ishchilarni ishlab chiqarishda o„qitish samarasi minimal darajada. Bu ishchilar ishlab chiqarish jarayonida maxsus bilim talab qilmaydigan operatsiyalarni bajarishadi. Transmilliy kompaniyalar oldingiday o„z investitsiyalarini eng arzon va eng himoyasiz ish kuchiga tayanib amalga oshirishlari hamon kuzatiladi. Boshqa tomondan, ba‟zida rivojlanayotgan davlatlarning o„zi ish joylarini saqlab qolish maqsadida mehnat standartlariga rioya qilishmaydi, kasbiy ittifoqlar tashkillashtirish, jamoat shartnomalar tuzish huquqini cheklashadi, majburiy va yosh bolalar meqnatidan foydalanishadi. Bular hammasi EIHlarda ishlayotgan odamlar ko„pincha hech qanday ijtimoiy himoyasiz mehnat qilishiga olib keladi. Davlat ichidagi mehnat faoliyatiga oid standartlarini pasaytirib, bu sohada kelishuvlarni inkor qilib ba‟zi davlatlar investitsiyalarga sharoitlar yaratib berishmoqda. Bunday holat ish beruvchiga ishchilarni maksimal darajada ishlatish imkoniyatini yaratadi. Misol qilib Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong firmalarini keltirishimiz mumkin, ular Transmilliy kompaniyalar hamkori sifatida kam rivojlangan davlatlarda joylashgan EIHlarda mehnatga talabchan ishlab chiqarishlarni tashkil qiladi. Bunday tizim, ayniqsa, tikuv va poyafzal sanoatida keng tarqalgan. Bu sohalarda texnik yangiliklar joriy etilayotganga qaramay, kam rivojlangan davlatlarning ish kuchidan keng foydalanilmoqda. Bundan tashqari, ko„rsatilgan sohalar boshqa sohalarga nisbatan oson ko„chadigan, deyarli qiyinchiliksiz ishlab chiqarishni bir shahardan boshqa shaharga yoki bir davlatdan boshqa davlatga ko„chirish mumkin. Aksariyat rivojlanayotgan davlatlarda tikuv sanoati katta miqdorda, asosan, 30 yoshdan oshmagan ayollar, ish kuchini talab qiladi. O„z navbatida, yuqoridagi sohalarda ish joylari o„ta ko„pligidan, bu sektorning davlat ichida ish haqini o„rtacha ko„rsatkichi va mehnat standartlariga ta‟siri juda katta. Nihoyat, EIHlarning davlat iqtisodiga ijobiy ta‟siri qo„shimcha samarada bilinadi va bu samara salbiy holatlarga ko„ra yuqoriroq. Har tomonlama yopiq eksport-import turdagi EIHning yaratilishi ham mamlakat iqtisodiga katta ta‟sir ko„rsatadi. Bu ta‟surot bir necha yo„nalishda vujudga keladi. Birinchisi – o„qitish samarasi, boshqaruv texnikasi, ishlab chiqarishni tashkillashtirish, eksport, marketing sohalari bo„yicha bilimlar hudud chegarasidan chiqib ketishi. Bu samara o„zini o„ta sekin bildiradi, ammo, bu tabiiy hol, chunki, aniq vazifalarni bajarish uchun mo„ljallangan hudud hududdan tashqari ishlab chiqarishlarga o„z tajribasini berish vositasiday ko„rilmaydi. Bu tajriba iqtisodiy 223 aloqalar hisobiga boshqalarga o„tadi. Ikkinchi yo„nalish iqtisodiy hududlarda joylashgan milliy koxonalar rivoji bilan bog„liq. Xorijiy kompaniyalar bilan yaqin ishlab chiqarish va ijtimoiy aloqalar ichki aloqa kengayishi va rivojlanishiga olib keladi va shu bilan birga milliy kompaniyalarning texnologik va boshqaruv tajribasi xorijiy kompaniya darajasigacha oshadi. Uchinchi yo„nalish – bu firma ichida muhandis, ishchilar va boshqaruvchilar migratsiyasini qamrab oladi. Bu migratsiyaning miqdori ahamiyatga ega emas. Ammo, buning ta‟siri katta va ko„p davlatlar iqtisodiy hududlar faoliyatining samarasi ko„rinmasa ham, uzoq muddatda natija olish uchun birinchi 3-5 yillikda iqtisodiy hududlar faoliyatini qo„llashga xarajatlardan bosh tortishmaydi. Bu natijalar orasida ochiq turdagi iqtisodga o„tish ham bor. Shunday qilib, rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarda mavjud va EIHlar faoliyatining salbiy va ijobiy tomonlari to„g„risida to„liq tushuncha beradigan natijalarni bahosi bir biriga mos emas va bu, o„z navbatida, bunday hududlarni yaratish arafasida turgan davlatlar qat‟iy qarorga kelishiga halaqit bermoqda. Iqtisodiy hududlar oldiga qo„yilgan vazifalar ko„pligidan, bunday fikrlar qarama- qarshiligi tabiiy hol. Dunyo tajribasi ko„rsatishicha, barcha maqsadlarga erishib bo„lmaydi. Va buning natijasida bir necha xulosa qilish mumkin: 1) EIHlar faoliyatini baholashda bir maqsadlar boshqa maqsadlardan yuksakroqligini e‟tiborga olish kerak, ya‟ni ularni aniq taqsimlash zarur. Bir vaziyatda bunday maqsad bandlik darajasini oshirishdir, ikkinchi vaziyatda – eksport darajasini oshirish, boshqa vaziyatda – davlat iqtisodini rivojlantirish va h.k. Yuksak maqsadga erishish boshqa maqsadlarga ham erishish bilan bir emas. 2) EIH faoliyatining ijobiy natijalarini iqtisodiy hudud va davlatning ichki iqtisodiyoti orasida bosqichma-bosqich rivojlangan aloqa natijasida olish mumkin. Bu ham ichki bozorga, ham tashqi bozorga yo„naltirilgan hududlar uchun tegishli. Tayyor mahsulot qiymatida milliy komponent ulushi oshishi bilan birga, valyutada daromad olish asosalari paydo bo„ladi va bundan tashqari, yangi texnologiyalar, nou- xau, litsenziya va patentlar kelishi natijasida hamda bu hududlarda ta‟lim olgan ishchilar ko„chishi natijasida qayta ishlash sanoati va ichki iqtisodning ashyoviya sanoatining texnik darajasi oshishiga imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun qabul qiluvchi davlatning xo„jalik mexanizmining islohoti, uning narx, valyuta va mablag„ bilan bog„liq muammolarini yechimi hududiy tajribadan ajralgan holda emas, balki, parallel tarzda, mikro va makroiqtisodiyotning yangi elementlarini qabul qilish bilan rivojlanishi shart. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling