Эркин иқтисодий ҳудудлар
Rivojlanayotgan mamlakatlarda (Janubiy Koreya, Tunis, Panama, Malta
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
7.5. Rivojlanayotgan mamlakatlarda (Janubiy Koreya, Tunis, Panama, Malta
kabi) erkin iqtisodiy hududlarning rivojlanish xususiyatlari Jahon xo„jaligida yangi industrial davlatlardan biri Janubiy Koreyaning EIHlarni tashkil etish tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi. Janubiy Koreya qonunchiligida ushbu mamlakatda ta‟sis etiladigan korxonalarda xorijiy mamlakatlarning ishtirok etishi cheklangan. Bank sektori, radiio va televideniya, telekommunikatsiya sohalarda, aviatashuvlar, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish, yadro yoqilg„isini ishlab chiqarish, gazeta va jurnallarni nashr qilish, baliq ovlash, ulgurji go„sht savdosi, chorvachilik, ayrim donli ekinlarini etishtirish xorijiy investorlar uchun taqiqlangan. Janubiy Koreya kompaniyasining aksiyadori bo„lish istagini bildirgan barcha xorijlik investorlar Markaziy Bank yoki vakolatli tijorat banklarining ruxsatnomasini olishi zarur. Koreya Respublikasida EIHlarning paydo bo„lishi XX asr 70 yillarining boshlariga to„g„ri kelib, ular yangi industrial mamlakatni barpo etishda ijobiy rol o„ynagan edi. Koreys eksport bazasini rivojlantirish katta xorijiy kapital qo„yilmalar yordamida amalga oshirilgan bo„lib, EIHlar esa shunday kapitallarni jalb qilishda muhim rol o„ynadi. Ushbu hududlar, shuningdek, sanoatning ichki raqobatbardosh tarmoqlarini jalb qilish uchun katalizatorlik vazifasini ham bajardi. Xorijiy 225 investitsiyalar, nafaqat, to„g„ridan-to„g„ri yo„naltirish shaklida, balki, tashqi qarzlar, texnologiyalarni o„tkazish shaklida ham kirib kelgan bo„lib, Janubiy Koreyaning ichki bozorlarini iqtisodiy jihatdan o„sishiga olib kelagan edi. Hozirgi kunda quyidagi bir qator EIHlar faoliyat ko„rsatib kelmoqda: - Foreign Investment Zone (FIZ) – xorijiy investitsiyalar hududi; - Free Trade Zones (FTZs) – erkin savdo hududi; - Free Economic Zones (FEZs) – erkin iqtisodiy hududlar; - Jeju Investment Promotion Zone (IPZ) – erkin investitsiyalar hududi. Shuni ta‟kidlab o„tish kerakki, XX asr 50 yillarida Janubiy Koreyaning sanoati yetarli darajada rivojlanmagan, taraqqiyot uchun o„z kapitaliga ega bo„lmagan agrar xo„jalikka asoslangan mamlakat bo„lgan edi. Janubiy Koreya uzoq vaqt mobaynida o„z mamlakatiga xorijiy investitsiyalarni deyarli jalb qilmasdan kelgan. Mamlakat hududida xorijiy qo„shma korxonalar bo„lmagan. Shuning uchun mamlakatga xorijiy kapitalni jalb qilish siyosati amalga oshirib, chet el kapitalini jalb qilishni rag„batlantirish tizimi ishlab chiqildi. Faqat 1960-yil “Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish to„g„risida”gi Qonun qabul qilingach sharoit o„zgardi. Bu investorlarga qator imtiyozlar bergandi. Ammo, bu qonun o„z imtiyozlarini 10 yildan keyin bera boshladi. 1970-yilda Janubiy Koreyada birinchi erkin iqtisodiy zona tashkil etildi, bu xorijiy kapital oqimini jadallashtirib yubordi. Asosiy maqsad, mamlakat iqtisodiyotida faqat eksport uchun ishlaydigan korxonalar sonini ko„paytirish, mamlakatning agrar rivojlanishda, mehnat ko„p talab qiladigal sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga erishish edi. Koreyadan o„rganadigan muhim jihatlardan biri, EIHlardagi korxonalar eksport-import faoliyat uchun litsenziya talab etilmasligidir. Xorijiy investitsiyalar o„zi bilan birga zamonaviy menejment va biznes ahloqini olib kirishdi desak, hech ham mubolag„a bo„lmaydi. Janubiy Koreyadagi xorijiy kapital jalb qilishni rag„batlantirish jarayoni 2 bosqichni bosib o„tdi. Birinchi bosqich 1962-1984 yillarni o„z ichiga olib, bu davrda barcha xorijiy sarmoyadorlar quyidagi imtiyozlardan keng foydalanishgan. Jumladan, soliq imtiyozlaridan (bunda daromad solig„i, korporativ va mulk solig„i 50 % kamaytirilgan), bojxona to„lovlaridan, import qilingan uskunalarga qo„shimcha qiymat soliqlaridan ozod qilingan edi. Ikkincha bosqich 1984-yildan to hozirgi kunga qadar davrlarni o„z ichiga olib, bu davrda yuqori texnologiyali tarmoqlarning rivojlanishini rag„batlantiruvchi soliqqa tortish tartibi joriy etildi. Bundan tashqari, soliq imtiyozlari qatoriga quyidagi tartiblar ham kiritildi: 1. Daromad solig„i. Ushbu soliq mamlakatda bir yildan ortiq yashagan barcha aholining umumiy daromadlarini miqdoridan hisoblab chiqiladi. Bunga ko„ra, qo„shma korxonalarda yoki 100 % xorij kapital asosida qurilgan ishlab chiqarish korxonalarda mehnat qilayotgan chet ellik fuqarolar daromad solig„idan ozod qilinadi. 2. Korporativ soliq. Soliqning bu turida 100 % xorij kapitali asosida tashkil etilgan korxonalar mulk solig„i va korporativ soliq to„lovlarini to„lashdan ozod qilinadi. 5 yillik muddat davomida qo„shma korxonalarni ushbu soliqlardan ozod 226 qilish xorijiy aksiyadorlar soniga (miqdoriga) qarab amalga oshiriladi. Keyingi 3 yilda soliq 50 % miqdorida soliq to„lanadi. 3. Dividendlar. Dastlabki 5 yil muddat davomida soliqlardan ozod qilinib, keyingi 3 yil mobaynida 50 % miqdorida soliq to„lanadi. Shuningdek, mamlakatda xorijiy investorlar to„liq huquqiy himoyalanib, dividendlarni xorijga to„siqlarsiz o„tkazishi kafolatlangan edi. Janubiy Koreya AQSh bilan imzolagan kafolatlar to„g„risidagi kelishuvga binoan, amerikalik investorlar korporatsiyalarga kiritgan o„z sarmoyalarini, agar bu sarmoyalar Janubiy Koreya hukumati tomonidan ma‟qullangan bo„lsa, xorijiy investitsiyalarni himoya qilish bo„yicha sug„urtalash imkoniyatiga ega bo„ladi. Ta‟kidlash zarurki, XX asr 70 yillariga qadar Janubiy Koreyada infratuzilmaning rivojlanmaganligi, TMKlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini olib borish tajribasining yo„qligi, siyosiy va ijmtimoiy beqarorlik tufayli mamlakatga yirik ko„lamli xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati bo„lmagan. Shuning uchun, hukumat o„zining tegishli qonunchilik bazasini EIHlar mexanizmiga moslashtirishi kerak edi. Hukumatning eksportga yo„naltirilgan tarmoqlariga xorijiy kapitalni jalb qilish orqali mamlakatning iqtisodiy rivojlantirish bo„yicha strategiyasi bir qator o„zgartirishlar kiritdi. Shu sababli Janubiy Koreyadagi EIHlar bo„lib, 1970-yil 1- yanvardagi EIHlarni tashkil etish bo„yicha hujjat asosida tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan hududlar imtiyozli boj to„lovlari joriy etilgan EIHlar hisoblanadi. Ushbu hududalarni yaratish mamlakatning agrar mintaqalarida mehnattalab tarmoqlarni va milliy eksportni rivojlantirishga yo„naltirilgan edi. BMTning TMKlar bo„yicha materiallariga muvofiq, EIHdagi korxona ijaraga olingan erda (erni sotishga ruxsat berilgan bo„lsa-da) o„z fabrikasiga ega bo„lishi yoki namunaviy (standart) ishlab chiqarish birligini ijaraga olishi mumkin. Bunda ikkala holatda ham investor ko„rsatilgan mezonlarga to„g„ri keluvchi to„liq hujjatlar to„plamini taqdim etishi shart. Ba‟zi hollarda ayrim chetlanishlarga yo„l qo„yilishi ham mumkin (7.1-jadval). Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling