Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

7.1-jadval. 
Koreya Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni sanksiyalash mezonlari 
 
Nomlanishi 
O„z fabrikasi 
Namunaviy fabrika 
Eksport 
1 m

ga 150 dollar 
1 m
2
ga 180 dollar 
Sof daromad foizi 
20 % va undan yuqori 
20 % va undan yuqori 
Bandlik 
Har 30 m

ga 20 ish o„rni 
(va undan ko„p) 
Har 30 m

ga 25 ish o„rni 
(va undan ko„p) 
Ishlab 
chiqarish 
texnologiyasi 
Eng ilg„or 
Eng ilg„or 
Investitsiyalar miqdori 
200 ming dollar (va undan 
ko„p) 
100 ming dollar (va undan 
ko„p) 
Mahalliy xomashyo 
Iloji boricha ko„proq 
Iloji boricha ko„proq 
Xorijiy ish bilarmonlarning EIHda ro„yxatdan o„tgan korxonalariga 100 % 


227 
egalik qilish huquqi berilgan. Investorlarga esa, Janubiy Koreyadan tashqarida 
foydani va kapitalni repatriatsiya qilish huquqi berilgan. Hududdagi yuqori 
texnologiyali sanoat korxonalarga xizmat ko„rsatish bilan bog„liq holda biznes bilan 
shug„ullanayotgan barcha korxonalar besh yil muddatga barcha soliqlardan ozod 
etilgan. Keyingi ikki yil davomida esa, ularga soliqni 50 %ni to„lash huquqi berilgan. 
Erkin savdo hududlari, EIHlar va erkin investitsiyalar hududida joylashgan 
korxonalar uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod etilgan. Keyingi ikki yil 
davomida ular ham soliqni 50 %ni to„lash huquqiga egadir. 
EIHlarda xorijiy investorlarning minimal kapital qo„yilmalari 5 mln. AQSh 
dollarni tashkil etadi. Janubiy Koreyaning EIHlarida EIHda joylashgan korxonalar 
litsenziyalashtirilmagan holda eksport-import faoliyati bilan shug„ullanish huquqiga 
ega, chunki, ular tashqi savdo to„g„risidagi hujjatning amal qilish doirasiga kiradi. 
Janubiy Koreyadagi eng muhim EIHlardan biri “Masan” mamlakatning Janubiy 
qirg„og„ida joylashgan bo„lib, umumiy er maydoni 814 km
2
ni tashkil etadi. “Masan” 
EIHi o„z portiga ega. Janubiy Koreyaning yana bir EIHi “Iri” Seul shahri atrofidagi 
Gunsan gavanasi yaqinida joylashgan bo„lib, umumiy er maydoni 319 km

ni tashkil 
etadi. Ushbu EIHlar ishlab chiqarish nuqtai nazaridan olganda ma‟lum darajada 
tarmoq ixtisoslashuviga ega hisoblanadi. Jumladan, “Masan” EIHi, asosan, kimyoviy 
va eksport mahsulotlarni, shuningdek, to„qimachilik mahsulotlarni ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan bo„lsa, “Iri” EIHi zebu-ziynat mahsulotlarini va shuningdek, 
qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu ikkala hudud xam 
Koreya ichki hududlaridan ajratib qo„yilgan bo„lib, ularda ishlab chiqarilgan 
maxsulotlar ichki bozorlarda sotilmaydi (ishlab chiqarish jarayonida olinadigan 
chiqindilar va yordamchi maxsulotlar, milliy xavfsizlik uchun ahamiyatli bo„lgan 
tovarlar va boshqa eksport tovarlari bundan mustasno). Ushbu hududlarda joylashgan 
korxonalar ichki bozorlarda sotish bilan emas, balki eksport qilish bilan ham 
shug„ullanadi. “Masan” va “Iri” EIHlarida ishlab chiqarilgan tovarlar Koreyaga 
nisbatan importyor-mamlakatlar tomonidan o„rnatilgan to„siqlarni aylanib o„tish 
imkoniyatiga ega hisoblanadi. Bu esa Janubiy Koreya eksportini ko„paytiradi. 
2008-yilning 8-dekabrida Janubiy Koreyaning Innovatsion iqtisodiyot vazirligi 
yaqin yillarda mamlakatda to„rtta yangi EIHlarni (mamlakatning Sharqiy 
qirg„oqbo„yidagi Ulsan va Pxoxan shaharlarida Koreya yarim orolining Janubidagi 
Kimdje shahrida, shuningdek, mamlakat G„arbining Pxetxek-Tandjin tumanlari 
atrofida) barpo etilishini ma‟lum qildi. Yangi EIHlarni tashkil etishdan asosiy maqsad 
mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishini rag„batlantirish, eksport ko„lamlarini yanada 
kengaytirish va yangi sarmoyalarni jalb qilishdir. Ushbu EIHlarni tez rivojlantirish 
maqsadida xorijiy ishtirokchilarga turli soliq imtiyozlari, import bojlaridan ozod 
qilish va sanoat korxonalarini hamda yirik logistika bazalarini barpo etishda davlat 
ko„magini ko„rsatish ishlari rejalashtirilgan. 
Koreyalik mutaxassislarning fikrlariga ko„ra, jahon iqtisodiy pasayishi va 
moliyaviy inqiroz 2009-yilda yalpi ichki mahsulot hajmining o„sish sur‟atlarini 3,6 
%dan 3 %gacha pasayishiga olib kelgan. 2009-yilning 15-aprelida Cisco 
kompaniyasi Janubiy Koreyada yangi EIHni tashkil qilishini bildirdi. Bu tashabbus 
Janubiy Koreyada mehnat unumdorligini oshirish, novatorlikni va intellektual 


228 
urbanizatsion ishlarni rivojlantirishga qaratilgan edi. Cisco kompaniyasining 
intellektual urbanizatsiya dasturi turli mamlakatlarning shaharlarida kommunal 
xizmatlarni bajarish va shu asosda shahar xo„jaligini boshqarishni takomillashtirish, 
shahar aholisini moddiy turmush darajasini oshirish va iqtisodiy rivojlanishni 
rag„batlantirishga qaratilgan edi. Cisco IFEZ EIH (Intellektion Foreign Investment 
Zone – Intellektual xorijiy investitsiyalar hududi)da intellektual urbanizatsiya 
tamoyilini amalga oshirish uchun Janubiy Koreyaning Inchxon shahar munitsipaliteti 
bilan hamkorlik qiladi. 
IFEZ – Janubiy Koreyada birinchi marta tashkil etilgan EIH bo„lib, u Inchxonda 
2003-yilning avgustida tashkil etilgan. 2009-yilning fevralida Cisco va Inchxon 
munitsipaliteti ishbilarmonlik xamkorligi to„g„risidagi memorandumni imzolashgan. 
Cisco kompaniyasi hozirgi kunda texnologik sohada global lider hisoblanadi. Cisco 
jahonda insonlar muloqoti, aloqasi va hamkorligi usullarini o„zgartiruvchi tarmoq 
texnologiyalari sohasidagi kompaniyadir. Cisco va Inchxon IFEZ hududida axborot 
va kommunikatsion texnologiyalarning keng tarqalishi bo„yicha muhim investitsion 
ishlar amalga oshirilmoqda. Inchxondagi EIHni butun bir Osiyo-Tinch okean 
mintaqasi uchun global tajriba markaziga aylantirishni maqsad qilib qo„ygan. Bu 
loyixada Cisco Singapur, Hindiston, Malayziya va Yaqin Sharq mamlakatlarining 
qator megapolislarida shunday dasturlarni amalga oshirishda to„plangan ilg„or 
tajribadan foydalanadi. 
IFEZ EIHi Inchxonni turli iqtisodiy faoliyatlarni olib boruvchi yirik xalqaro 
markaz hisoblanadi. 2030-yilga kelib bu EIH jahonning yetakchi markazlaridan 
biriga aylanishi mumkin. Shu maqsadda Inchxonda unda, nafaqat, Janubiy Koreya, 
balki butun bir xorijiy kompaniyalar faoliyati uchun qulay muhit yaratilmoqda. 
Bundan tashqari, shaharning eng ekologik toza va jozibador shaharlardan biriga 
aylantirilishi ham nazarda tutilgan. 
Tunis Respublikasi 1956-yil 20-martda Fransiyaning protektoratligidan ozod 
bo„lib, mustaqillikka erishdi. Tunis Sharqda Liviya, G„arbda Jazoir davlatlari bilan 
chegaralanib, uning shimoliy qismlarini 1300 km ga cho„zilib ketgan O„rta er 
dengizining suvlari yuvib turadi. Maydoni 163,6 ming km
2
ni tashkil etib, poytaxti 
Tunis shahri (aholisi 1 mln. kishidan ortiq) hisoblanadi. Tunis o„zining geografik 
joylashuviga ko„ra Afrika materigi va arab davlatlarining ichida joylashgan bo„lib, 
Yevropaning yetakchi korporatsiyalari uchun muhim strategik ahamiyatga ega 
bo„lgan hudud hisoblanadi. Bunda biz mamlakat iqtisodiyotiga chet el investorlarini 
jalb etishning birinchi omili sifatida katta masofaga (1300 km.dan ortiq) cho„zilib 
ketgan dengiz chegaralarini ko„rsak, ikkinchi omili sifatida bu yerdagi siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ko„ramiz. Tunisda musulmonlar, xristianlar
yaxudiylar istiqomat qiladi. Mamlakatda inson shaxsiga nisbatan hurmat juda yuqori 
turadi.
Bunday odat qadimgi Karfagen davlatining hukumronligi davridan beri amal 
qilib kelmoqda. Chunki, bu davrda birinchi bo„lib “inson huquqlari” degan ibora 
ishlatilib, unga amal qilingan. Shuning uchun ham Tunisda qonun ustuvorligi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Agar politsiyachi hujjatlaringizni tekshirib, u to„g„ri bo„lsa, 
sizga omad tilaydi. Agar biron-bir ish bilan murojaat etsangiz, iloji boricha 


229 
muammoni hal etishga yordam beradi. Mamlakatda mahalliy va chet ellik 
kishilarning huquqlari bab-baravar qonun yo„li bilan himoya qilinadi. Agar chet ellik 
biron-bir jinoyat sodir etsa, shu zahoti hisbga olinib, jinoiy javobgarlikka tortiladi. 
Tunisda narkotik va psixotrop moddalar, qalbaki pullar va valyuta jinoyatlari, kabilar 
bilan shug„ullangan kimsalar o„ta xavfli jinoyatchi hisoblanib, qonun oldida qattiq 
javobgarlikka tortiladi. 
Tunis aholisi (umumiy aholining 1/3 qismi) mamlakatning shimoliy-sharqiy 
tumanlarida qishloq xo„jalik mahsulotlarini etishtirish bilan shug„ullanib keladi. 
Mamlakatning janubiy cho„l tumanlarida yashovchi aholi esa asosan, chorvachilik 
xo„jaligida tuya va echkichilik bilan shug„ullanishadi. 
XX asr 80 yillariga kelib mamlakatning qishloq va shahar aholisi o„rtasidagi 
nomutanosiblik (disbalans) keskin o„zgardi. Qishloq joylarda yashayotgan kambag„al 
aholining ko„pchiligi ish qidirib, tirikchilik qilish uchun port shaharlariga kelishdi 
(hozirgi kunda aholining 54-56 %i shahar aholisi bo„lib hisoblanadi).
Mamlakatda urbanizatsiya jarayonlarining kuchayib borishi bilan bir qatorda 
aholi soni ham o„sib bordi. Mutaxassislarning fikriga ko„ra, mamlakat aholisi 2000-
yilda 10 mln. kishini tashkil etgan bo„lsa, 2025-yilda 14 mln. kishiga etishi bashorat 
qilinmoqda. Mamlakatda aholi sonining tabiiy o„sishi bilan ishsizlar soni ham ortib 
bormoqda (90 yillarda ishsizlar soni umumiy aholining 15-16 %ni tashkil etgan). 
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, asosan, makro va mikroiqtisodiyotdagi 
kooperativ va shaxsiy mulkchilikka asoslangan shakllari bilan uyg„unlashgan holda 
olib boriladi. 
Jahonning boshqa davlatlari kabi Tunisda ham iqtisodiyotni tubdan isloh qilish 
(ishlab chiqarishni zamonaviy texnik-texnologik jihozlash, modernizatsiya va 
integratsiyalashuvni kuchaytirish) talab etiladi. Bunday muammolarni hal etish uchun 
mamlakatda makroiqtisodiyotni qayta ko„rib chiqishning iqtisodiy strategiyasini 
aniqlab olishni talab etiladi. Bu borada tunisliklar o„zlarining avlodlari bo„lmish 
finikiyaliklarning faoliyatini hisobga olib, savdo ishlarini rivojlantira boshlagan edi. 
Buning natijasida ko„pgina tunisliklar bugungi kunga kelib tashqi va ichki savdodan 
keladigan daromadlari hisobiga kun kechirmoqda. 
Mamlakatda hozirgi kunda Tunis-Lya Gullet, Sfaks, Bizerta, Gabe va Suss kabi 
5 ta yirik savdo portlari faoliyat ko„rsatib kelmoqda. Bu savdo portlarining yillik yuk 
tashish aylanmasi 15-16 mln. tonnadan yuqoridir. Tunis savdo porti hozirgi kunda 
eng zamonaviy kemalar bilan ta‟minlangan bo„lib, uning balansida 70 dan ortiq 
kemalar faoliyat ko„rsatib turibdi. 
Tunis davlatining asosiy savdo hamkori bo„lib, EI mamlakatlari hisoblanadi. 
1995-yilda ushbu mamlakatlar bilan tuzilgan o„zaro erkin savdo shartnomasiga ko„ra 
Tunisda ishlab chiqarilgan sanoat va qishloq xo„jalik mahsulotlari EI bozorlarida 
hozirgi kunda ham hech qanday boj olinmasdan savdoga qo„yilmoqda. O„z navbatida 
EI mamlakatlarining sanoat tovarlari ham Tunis bozorlarida bojxona to„lovlarisiz 
savdo qilinadi. 
Makroiqtisodiyotni rivojlantirishning navbatdagi bosqichi bo„lib, havo 
transportida yuk tashish ko„lamining kengayib borganligi bo„ldi. Mamlakatda, 
albatta, bunday ulkan ishlarni amalga oshirish uchun yirik investitsiyalar talab etiladi. 


230 
Mamlakatning makroiqtisodiyotida tashqi savdo va valyuta tizimini erkinlashtirish va 
soliq sohasida berilgan imtiyozlar, huquqiy kafolatlar, chet el investitsiyalarini 
mamlakat iqtisodiyotiga ko„plab kirib kelishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tunis davlati EI, Yaqin va O„rta Sharq mamlakatlari, Afrika davlatlari bilan 
investitsiyalarni jalb qilish to„g„risida shartnomalarni imzolagan. Hozirgi kunda 
mamlakat hududida qishloq xo„jaligi sohasida, foydali yerosti qazilma boyliklarini 
qazib olish, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, xizmat ko„rsatish va turizm 
sohalari bo„yicha 1600 dan ortiq chet el investitsiyasi asosida tashkil etilgan 
kompaniyalar va qo„shma korxonalar faoliyat ko„rsatib kelmoqda. Mamlakatda chet 
el investorlari uchun quyidagi imtiyozlar, ya‟ni kapitaliga 100 % egalik qilish huquqi. 
Bunday huquq ikki holatda, ya‟ni ichki bozorda qo„yilgan chet el kapitalining hajmi 
50 %dan oshgan holda yoki erni uzoq muddatga (40 yildan ortiq bo„lmagan 
muddatga) ijaraga olmoqchi bo„lganda kapital qo„yilmalarni to„ldirish huquqi berildi. 
Erkin iqtisodiy hududlarning ishtirokchisini faoliyati eksport mahsulotlarni 
ishlab chiqarishga yo„naltirilgan bo„lsa, ularga nisbatan quyidagi imtiyozlar 
belgilandi. Birinchidan, eksport qilingan mahsulotdan olingan daromadi 10 yil 
mobaynida soliqdan ozod etilib, keyingi 11 yildan boshlab esa 50 % miqdorida 
daromad solig„ini to„lashi; ikkinchidan, qaytadan reinvestitsiya qilingan foyda va 
daromadlar to„lig„icha soliqdan ozod etilishi; uchinchidan, xomashyo to„plab, ularni 
yarimtayyor mahsulotlarga aylantirish bilan shug„ullangan xizmatlar sohasi 
to„lig„icha soliq va boshqa turli yig„imlardan ozod etilishi; to„rtinchidan, aksiya va 
boshqa qimmatbaho qog„ozlarni sotishdan olingan foyda to„lig„icha soliqdan ozod 
etilishi; beshinchidan, Nyu-York konvensiyasi tomonidan belgilangan ikkiyoqlama 
soliqqa tortmasllik, investitsiyalarni va moddiy manfaatdorlikni himoya qilish 
to„g„risidagi shartnoma va hququiy buzilishlik holatlari ro„y bergan taqdirda arbitraj 
sudiga murojaat etish imtiyozlari ham belgilandi. 
Tunisda chet el investitsiyalarini iqtisodiyotga to„g„ridan-to„g„ri jalb qilish 
maqsadida xorijiy investitsiyalar bilan shug„ullanuvchi maxsus agentlik (The Foreign 
Investment Promotion Agency – FIPA – Tunisia) joriy etilgan. Bundan tashqari, 
sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun investitsiya kiritadigan tadbirkorlar 
uchun esa sanoatni rivojlantirishga yordam berish agentligi (Agency for the 
Promotion Industry – APL) ham tashkil etildi. 
Mamlakatga kiritilgan investitsiyalarning asosiy qismi to„qimachilik va terini 
qayta ishlash sanoat tarmoqlariga, shuningdek, elektr va elektron mahsulotlarni ishlab 
chiqarishga jalb qilinadi. Tunis EIHda faoliyat ko„rsatayotgan 1500 dan ortiq 
kompaniyalarning 1200 tasi eksportga mahsulot ishlab chiqarib, ular mamlakatda 
joriy etilgan barcha imtiyozlardan keng foydalanishadi. 
Tunis mamlakatida qishloq xo„jaligi asosiy tarmoqlardan biri hisoblanadi. Tunis 
iqtisodiyotiga Saudiya Arabistoni (42,2 %), Quvayt (18,9 %), Fransiya (11,5 % 
atrofida) investitsiyalar kiritayotgan bo„lsa, boshqa mamlakatlar hissasiga esa 27,4 % 
investitsiyalar to„g„ri keladi. 
Tunisda turizm sohasi ham investitsiyalarni jalb qiluvchi asosiy tarmoqlardan 
biri hisoblanadi. Mamlakatda turizmni rivojlanishiga, hattoki, Prezidentning o„zi Ben 
Ali ham jiddiy e‟tibor berib kelmoqda. Arab geograflari ham o„z davrida Tunis, 


231 
Jazoir va Marokashni “quyosh botayotgan yurt orollari” deb baho berishgan edi. 
Haqiqatdan ham bu davlatlar Shimoldan O„rta yer dengizi suvlari bilan, Janubdan esa 
Sahroi Kabirning qumloq cho„llari bilan yuvilib turganligi uchun ham bu 
mamlakatlar okeandagi orollarga juda o„xshab ketadi. Bundan tashqari, bu 
mamlakatlar ichida Tunis geografik jihatdan juda qulay joylashganligi, yumshoq 
iqlimi, qadimgi finikiyaliklar, rimliklar, vizantiyaliklar va frantsuzlardan meros bo„lib 
qolgan moddiy madaniyati turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Turizm sohasidan keladigan mablag„larning miqdori bo„yicha Tunis Afrika davlatlari 
ichida oldingi o„rinlardan birini egallab turibdi. 
Tunisda ishlab chiqargan milliy mahsulotlarning 50-55 %i turizm tarmog„iga 
to„g„ri keladi. Chunki, mamlakatga jahonning turli davlatlaridan yiliga 4 mln.dan 
ortiq turist keladi. Agar turizmda band bo„lgan kishilar soni 450 ming kishini tashkil 
etsa, ularning 300 mingga yaqini turizmga aloqador bo„lgan sohalarda xizmat qiladi. 
Turizmdan keladigan chet el valyutasi Tunis mamlakati eksportining asosini tashkil 
etadi. 
Turizm sohasida ham davlat mulki bilan xususiy mulkchilik shakllari o„zaro 
aloqadorlikda faolit ko„rsatadi. Turizm vazirligi bilan turizm bo„yicha milliy 
departament xalqaro maydonda asosan, turizmni reklama qilish masalalari bilan 
shug„ullanadi. Shuningdek ushbu davlat tashkilotchilari Tunis va Sfaks shaharlarida 
qo„shimcha muzeylarni qurish va diqqatga sazovor bo„lgan qadimgi yodgorliklarni 
saqlash va rekonstruksiya qilish kabi vazifalarni ham bajaradi. Xususiy investorlar 
esa turistlarga xizmat qilish, yotoqxona va mehmonxonalarni qurish ishlari bilan 
shug„ullanadi. Ularning yordamida Nabel, Xammamet shaharlarida va shuningdek, 
mamlakatning Jerba orolida zamonaviy damolish zonalari qurilgan bo„lib, ularda dam 
olayotgan turistlarga servis xizmatlari ko„rsatib kelinmoqda. 
Mamlakatning ichki hududlariga turizmni kiritish loyihalari ustida ham jadal 
ishlar olib borilmoqda. Birinchi navbatda, turistlarni mamlakatning shimoliy 
tumanlari bo„lib hisoblangan Tabarka shahriga, yirik diniy markazlari bo„lgan Dugga 
va Kayruan shaharlariga va Sahroi Kabirning ekzotik tumanlariga (asosan, g„orlarda 
yashovchi trogloditlarning yashash turmush tarzini o„rganishga) jalb etish ko„zda 
tutilgan.
1989-yilda Tunis davlati EI mamlakatlari bilan erkin savdo hududini tashkil 
etishni kutib turmasdan chet el investorlarini iqtisodiyotga ko„plab jalb etish 
maqsadida “Tunis – erkin iqtisodiy hududlari” to„g„risidagi qonunni qabul qildi. Bu 
qonun asosida turizm, oziq-ovqat va qishloq xo„jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 
sohasida (ayniqsa, baliqchilikda), elektronika, mashinasozlik sanoati va xizmat 
ko„rsatish sohalarida bir qator imtiyozlar berildi. Tunisda qabul qilingan bu qonun 
Gretsiya va Iordaniya davlatlarida amal qilayotgan qonunlar asosida ishlab chiqilgan 
bo„lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmat turlarini eksport qiluvchi xalqaro 
savdo kompaniyalar ham imtiyozli soliqlardan keng foydalanishga ushbu qonun 
qabul qilingandan so„ng mamlakat ma‟muriyati ikkita EIHlarni tashkil qilinganligini 
e‟lon qildi. Birinchisi, mamlakat poytaxtidan unchalik uzoq bo„lmagan yirik xalqaro 
port Bizert shahrida tashkil qilingan bo„lsa, ikkinchisi esa, mamlakatning Janubida 
joylashgan Jarba oroliga yaqin Zarzis shahrida tashkil etildi. 


232 
Bizert EIH o„zining rivojlanish darajasi bo„yicha hozirgi kunda Shimoliy 
Afrikadagi frantsuzlarning Gibraltar EIH bilan bellasha oladigan hududlardan biriga 
aylanib borayotganligini ko„ramiz. 
“Tunis – erkin iqtisodiy hududlari to„g„risida”gi Qonuni rezident yoki 
norezident investorlarining foyda olishlari uchun bir qator imtiyozlarni yaratib berdi. 
Tunis mamlakatining EIHlarida norezident kompaniyalar uchun er sotib olishga 
ruxsat etilmaydi. Norezident kompaniyalar erni faqatgina ijaraga olib, qishloq 
xo„jalik mahsulotlarini etishtirishi mumkin. Biroq, ular erni mulk sifatida sotib olishi 
uchun o„lka gubernatorining maxsus qarorini olgan bo„lishi talab etiladi. 
Mamlakatda soliq imtiyozlarining asosiy qismi ishlab chiqarilgan mahsulotning 
100 %i eksportga va chet ellarda xizmat ko„rsatishga mo„ljallangan korxonalar uchun 
qo„llaniladi. Lekin, bunday korxonalar ham mamlakat hududida quyidagi soliq 
to„lovlarni to„lab turishi talab etiladi: 
- yengil avtomobillarni ekspluatatsiya qilish bilan bog„liq bo„lgan soliq 
to„lovlarni; 
- yo„l transporti uchun to„lanadigan umumiy soliq to„lovlarini; 
- atrof-muhitni tozalash bilan bog„liq bo„lgan soliq to„lovlarni; 
- tabiiy boyliklarni ekspluatatsiya qilish bilan bog„liq bo„lgan soliq to„lovlarni; 
- qonunda ko„rsatilgan xizmatlarning samaradorligi uchun to„lanadigan soliq 
to„lovlarni; 
- ijtimoiy sug„urta uchun soliq to„lovlarni (chet ellik rezidentlar mamlakatda 
o„z faoliyatini boshlashdan oldin Tunisda amal qilayotgan ijtimoiy-sug„urta 
to„lovlaridan voz kechishlari ham mumkin. Bu holda ular Tunisning ijtimoiy-sug„urta 
to„lovlaridan ozod etilib, o„z mamlakatida ushbu soliq to„lovlarni amalga oshirishi 
ham mumkin); 
- jismoniy shaxslardan eksportni 50 %dan kamaytirgani uchun daromad 
solig„ini to„lashi; 
- foyda (daromad) solig„idan birinchi 10 yillikda ozod etilishi. Keyingi yillarda 
esa qonunda ko„rsatilgan tartibda to„lab borishi talab etiladi. 
Mamlakatda eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar to„lig„icha 
norezidentlarga tegishli bo„lishi ham 
mumkin. Bunda ularning eksport 
mahsulotlarining tushumidan 66 %i erkin almashtiriladigan valyuta qiymatini tashkil 
etsa, bu kompaniyalar uchun barcha turdagi ishlab chiqarish vositalarini import qilish 
uchun ruxsat etiladi. bunday kompaniyalar uchun ishlab chiqarilgan mahsulotining 
eksport qilingan qismi bilan teng nisbatni tashkil etgan import qismini mamlakat 
territoriyasida sotish uchun ham ruhsat etiladi. 
Eksportga yo„naltirilgan kompaniyalar Mehnat vazirligini ogohlantirgan holda 
o„zlarining shtatlari bo„yicha norezident bo„lgan 4 kishini ishga olishi mumkin. 
Chunki, mamlakatda tashkil etilgan har bir korxona birinchi navbatda rezidentlarni 
ish bilan ta‟minlashlari lozim. Norezident kishilarni ishga qabul qilish Mehnat 
vazirligi tomonidan o„rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Eksportga yo„naltirilgan 
kompaniya ma‟muriyati birinchidan, kompaniya xizmatchisi yil davomida olgan 
yalpi daromadidan (tabaqalashtirilmagan holda) 20 % miqdorida daromad solig„ini 
to„lash huquqiga, ikkinchidan 


233 
- bojxona to„lovlari va import qilingan tovarlar uchun to„lovlardan har bir 
xizmatchisi uchun bir yo„lovchi avtomobilni import qilishdagi bojxona to„lovlaridan 
to„liq ozod bo„lish huquqiga ega bo„ldi. 
Tunis EIHlarini faoliyat yuritishi birmuncha qiyinchiliklarni keltirib 
chiqarmoqda. Masalan, Iordaniya mahsulotlari arab davlatlarining bozorlarini deyarli 
egallab olgan. Bu esa o„z navbatida Tunis kompaniyalarining ishlab chiqargan 
mahsulotlarining sifati ancha pastligidan (raqobatbardosh emasligidan) darak beradi. 
Tunisda uy-joy qurilish ishlariga ham ko„proq kapital qo„yilmalarni qo„yish 
talab etiladi. Mamlakatga birinchi bor tashrif buyurgan turist minglab bitirilmagan 
uylarni ko„rib xayron qolishi mumkin. Chunki, har bir qurilish egasi o„ziga xos 
amaliy me‟morchilik mo„jizasiga ega bo„lgan uy-joy qurishga intiladi. Shunday qilib, 
mamlakatda EIHlarni tashkil etish endigina shakllanib kelayotgan bo„lsada, shunga 
qaramasdan Bermud, Kayman va boshqa orollardagi EIHlar kabi Tunis EIHlariga 
ham chet el investorlarining qiziqishlari ham tobora ortib bormoqda. 
Janubiy Amerikada faoliyat ko„rsatib kelayotgan EIHlarning orasida eng muhim 
ahamiyatga ega bo„lgan hududlardan biri Panama EIHdir. Panama EIHning o„ziga 
xos jihatlaridan biri bu erdagi hududlarning barchasi tashqi savdo zonalari 
xususiyatiga egaligidir. Chunki, bu erda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng katta 
Gongkongdan keyingi ikkinchi o„rinda turuvchi Kolon tashqi savdo hududi 
joylashgan. Kolon tashqi savdo hududi 1948-yilda tashkil etilgan bo„lib, uning 
umumiy maydoni 485,3 gektarni tashkil etadi. Agar Panama kanali yil davomida 
mamlakat budjetiga 400 mln. AQSh dollari miqdorida foyda keltirsa, Kolon EIH 
yiliga 10 mlrd. AQSh dollari miqdorida foyda keltiradi. Kolon tashqi savdo hududiga 
Panama mamlakati YaIMning 13-14 %i to„g„ri keladi. Hozirgi kunda ushbu hududda 
15 mingdan ortiq ish joylari mavjud bo„lishi bilan bir qatorda bevosita 100 mingdan 
ortiq kishini ish bilan ta‟minlash imkoniyatlari ham mavjud. 
Panama EIHda 1600 dan ortiq kompaniyalar tashkil etilgan bo„lib, ularning 
barchasi o„z faoliyatini boshlashdan oldin Panama mamlakatining milliy davlat 
reestrida qayd etiladi. Amerikada tashkil etilgan EIHlarga kira olmagan ko„pchilik 
chet el firmalar bu hududdan vositachi hudud sivatida foydalanishadi. Kolon EIHga 
kelgan firmalarning 93-95 %i asosan, savdo qilish yoki tovar sotib olish uchun 
kelishadi. Shuning uchun ham yil mobaynida ushbu hududddan 120 mingdan ortiq 
yukli konteynerlar tashiladi. Tovarlar asosan, Gonkong, Xitoy, Tayvan, Tailand, 
Filippin va Indoneziya mamlakatlaridan import yoki eksport qilinadi. Kolon iqtisodiy 
hududida, nafaqat, tovarlar savdosi, balki, ishlab chiqarish xizmatlari (tovarlarni 
bo„yash, o„rash, qutilarga joylash kabilar) ham ko„rsatiladi
69

Kolon EIH orqali realizatsiya qilingan tovarlar bojxona va boshqa soliq 
to„lovlardan ozod qilinadi. Eksport uchun soliq faqatgina Panamada ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar yoki bo„lmasa bu hududda qo„shilgan qiymat uchun 
to„lanadi. Munitsipial va sotishdan keladigan tushum uchun soliqlar to„lash bu 
hududda amal qilmaydi. 
1995-yilga qadar daromad solig„ining differensial stavkalari 15 ming 
dollargacha 2,5 %ni, 100 ming dollargacha esa 8,5 %ni tashkil etgan. Ishlab 
69
http/ www.fias.net/conference/EcozonesIndiadocs/KRao.pdf 


234 
chiqarilgan mahsulotning 80 %i eksportga jo„natilgan va 30ta panamalikni ish bilan 
ta‟minlagan kompaniyalar 5 yil mobaynida soliqlardan ozod etilgan. 1995-yildan 
keyin Panama EIHda daromad solig„i 8,5 %dan 15 %gacha ko„tarildi. Bundan 
tashqari 8,5 ming dollardan yuqori amalga oshirilgan har bir operatsiya uchun 
oldindan mablag„ to„lovi (soliq to„lovi) joriy etildi. Biroq, ushbu chora-tadbirlar 
kichik firmalarning faoliyatiga salbiy ta‟sir ko„rsatib, ularning moliyaviy jihatdan 
sinishiga va iqtisodiy hududdan ketib qolishiga sabab bo„lgan edi. Shuning uchun 
mamlakat parlamenti Kolon iqtisodiy hudud ma‟muriyatiga 1997-yildan boshlab 
iqtisodiy hududdagi xo„jalik subyektlarini barchasini soliq to„lovlaridan ozod 
qilinganligini ma‟lum qildi. Albatta, bu tadbir mamlakat budjetiga yiliga 40 mln. 
AQSh dollari miqdorida yo„qotish keltirsa ham, hududdagi barqarorlikni saqlab 
qolish maqsadida hukumat mazkur yo„lni tanlashga majbur bo„lib, 1948-yilda qabul 
qilingan Kolon EIH to„g„risidagi kodeksga o„zgartirishlarni kiritgan edi. 
Panamada, nafaqat, erkin savdo hududlari, balki zamonaviy texnika-texnologiya 
asosida ishlaydigan erkin ishlab chiqarish hududlarini tashkil etish to„g„risida ham 
chora-tadbirlar ko„rilmoqda. Ana shunday tadbirlar jumlasiga 1993-yilda San 
Migelito shahrida erkin ishlab chiqarish hududini tashkil etilganligini ham ko„rsatib 
o„tishimiz mumkin.
Xalqaro hamjamiyatga kiruvchi davlatlarning ko„pchilik ishbilarmon-
tadbirkorlari Kolon EIH va shuningdek, mamlakatdagi Xalqaro bank markazi deb 
nomlangan servis iqtisodiy hududlarni alohida-alohida faoliyat ko„rsatishini 
bilishmaydi. Panamada faoliyat ko„rsatayotgan banklar uchun “markaz” so„zini 
qo„llash birmuncha noto„g„ri bo„lishi ham mumkin, chunki, banklar bir hududda yoki 
bir iqtisodiy tumanda yig„ilib faoliyat ko„rsatmaydi. Chunki, chet el banklarining 
mamlakatda ro„yxatdan o„tganlari esa EIHda yoki mamlakat markazi va boshqa 
shaharlarda faoliyat ko„rsatishi ham mumkin. 
1970-yilda mazkur bank va kredit muassasalari faoliyatini nazorat qilish uchun 
Panamada Milliy bank kompaniyasi tashkil topdi. Ushbu kompaniya tomonidan 
mamlakatda faoliyat ko„rsatib kelayotgan barcha banklarga “Banklar to„g„risida”gi 
Qonunga asosan, quyidagi 3 turdagi litsenziya beriladigan bo„ldi. 
1. Bosh litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo„lgan banklar barcha turdagi 
operatsiyalarni bajarish huquqiga ega bo„ldi. 
2. Xalqaro litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo„lgan banklar, asosan, xorijiy 
mijozlarga xizmat ko„rsatish huquqiga ega bo„ladi. 
3. Vakillik litsenziya. Bunday litsenziyaga ega bo„lgan banklarning o„zi 
mijozlarga xizmat ko„rsatmasdan, balki EIHdagi xo„jalik subyektlariga boshqa 
banklar orqali xizmat ko„rsatishda vositachilik qilish huquqi berildi. 
Yuqorida qayd etilgan litsenziyalarga egalik qiluvchi banklarning vakillik 
varaqalari hukumat rahbariyati tomonidan ogohlantirilmasdan ochib yoki yopib 
qo„yilishi ham mumkin. Ushbu banklar tomonidan aktivlar va divedendlarning 
o„tkazilishi 
chegaralanmaydi 
va 
mablag„larni 
majburiy 
ravishda 
deponentlashtirilmaydi. Bunda tashqi operatsiyalar uchun soliq tizimi qo„llanilmaydi 
(foyda solig„i 8 %ni tashkil etgan holda). Panama EIHdiga xorijiy investorlarni jalb 
etuvchi yana bir omillardan biri to„lovlarning barchasi AQSh dollarida amalga 


235 
oshirilishidir, milliy valyuta hisoblangan balbao ko„pchilik hollarda numizmatik 
xarakterga ega bo„lib qolgan holos. 
Panama EIHda xususiy bank ochish uchun Milliy bankda faoliyat ko„rsatib 
kelayotgan komissiya tomonidan 90 kunga beriladigan vaqtinchalik ruhsatnoma 
bo„lishi talab etiladi. Ushbu muddat tugagandan so„ng esa doimiy litsenziya beriladi. 
Banklarning minimal ustav kapitali qonun bo„yicha odatda 1 mln. AQSh dollari 
atrofida bo„lishi ko„rsatilgan bo„lsada, amalda esa 3 mln. dollar atrofida bo„lishi talab 
qilinadi. Panamada tashkil etilgan chet el banklari Milliy bank tomonidan qattiq 
nazorat qilib turiladi. Ulardan har oyda o„zlarining aktivlari va daromadlari 
to„g„risida hisobot berib turishi va shuningdek, 10 ming dollardan yuqori bo„lgan 
bank operatsiyalari va depozitlar to„g„risida ma‟lumotlarni o„z vaqtida berib 
borishlari talab etiladi. 
XX asr 80 yillarining boshlaridayoq Panama EIH xalqaro maydondagi yirik 
moliyaviy markazlardan biriga aylangan edi. Chunki, bu vaqtda mamlakatda 40 mlrd. 
dollar kapitaliga ega bo„lgan 110 dan ortiq yirik bank markazlari, 30 ga yaqin 
mamlakatlarning avuarlari70 hamkorlikda faoliyat ko„rsatgan edi. Biroq, XX asr 80 
yillarining ikkinchi yarmida Panama banklari Amerika hukumatining olib borgan 
iqtisodiy siyosati oqibatida og„ir qiyinchiliklarni boshdan kechira boshlagan edi. 
AQSh hukumati o„z hududida joylashgan Panama banklarining avuarlarini qattiq 
siquvga olib, ikki oy mobaynida yopib ham qo„ygan edi. Buning oqibatida bank 
aktivlari 11 mlrd. dollarga kamayib, ba‟zi bir banklar esa hatto o„z faoliyatini 
mutlaqo to„xtatib qo„ygan ham edi. Lekin, bunday holatlarga qaramasdan Panama 
EIHdan banklarning ommaviy ravishda ketib qolish holatlari uchramadi. 
XX asr 90 yillarining boshida ushbu moliyaviy markazlar o„z faoliyatini yana 
tiklay boshladi. Aktivlarning yillik o„sishi yiliga 16,5 %ni tashkil etdi. Banklar 
tomonidan ko„rsatilgan xizmatlar hajmi yalpi milliy mahsulotning 15 %ini 
ta‟minladi. Lekin, bank aktivlari bu davrda 1982-yilgi rekord darajasiga etmagan, 
ya‟ni 35 mlrd. dollardan oshmagan edi. Mamlakatda milliy banklarning aktivlarini 
o„sishi xarakterli xususiyatga ega bo„lib, 8,5 mlrd. dollarni tashkil etgan. 
90 yillarning oxirlarida Panamada 106 ta xorijiy banklar faoliyat ko„rsatib, 
ularning 60 tasi bosh litsenziyaga, 28 tasi xalqaro litsenziyaga va 18tasi esa vakillik 
litsenziyaga egalik qilishgan. EIHlarda faoliyat ko„rsatadigan banklarning aktivlari 
mamlakatdagi umumiy banklarning 2/3 qismini tashkil etib, aktivlarning 27 %i 
likvidli, 61 %i esa tashqi va ichki mijozlarning zayomlariga, 6 %i esa 
investitsiyalarga yo„naltirilgan. 
Panama EIHning yana bir xarakterli xususiyati shuki, chet el kemalarini Panama 
mamlakati registridan (ro„yxatdan) o„tib, mamlakat bayrog„i ostida yuk tashish 
ishlariga jalb etilishidir. Bu ko„rsatkich bo„yicha Panama jahon mamlakatlari ichida 
birinchi o„rinni egallaydi. XX asr 90 yillarining oxirida mamlakatda 13541 kema 
ro„yxatdan o„tkazilgan bo„lib, ular tomonidan tashilgan yuklarning umumiy hajmi 95 
mln. tonnani tashkil etgan. Mamlakat budjetiga esa 50 mln. AQSh dollari atrofida sof 
foyda kelib tushgan.
Mavjud kemalarning 36 %i yaponiyalik ishbilarmonlarga tegishli bo„lgan. 
70
Avuarlar – bank aktivlari va pul mablag„lari. 


236 
Chunki, bu erda olingan daromad soliqdan ozod qilinadi. Bundan tashqari Panama 
geografik jihatdan juda qulay joyda joylashgan. Ya‟ni, ushbu hududda Tinch 
okeanini Atlantika okeani bilan bog„lovchi Panama kanali joylashgan. Ushbu 
kanaldan jahonning barcha mamlakatlarining yuk tashuvchi kemalari o„tadi. Shuning 
uchun ham bu portlarda yuklarni o„rash, saqlash, markirovka qilish va ortib jo„natish 
kabi xizmatlar ko„rsatish infratuzilmasi yuksak darajada rivojlangan. Ushbu kanal 
orqali hoziri kunda yiliga 1337000 netto tonna yuk olib o„tiladi. 
Mamlakatda kemalarni ro„yxatdan o„tkazish asosan, dengiz kemalari 
to„g„risidagi xalqaro konvensiyalar asosida amalga oshiriladi. Panamada kemalarni 
ro„yxatdan o„tkazish, kemalarning yuk ko„tara olish va tashish qobiliyatlari hisobga 
olinmasdan, balki ularning eskirish qobiliyati ro„yxatga olinadi. Masalan, 20 yil 
muddatga xizmat qiluvchi kemalar umumiy o„tkazilib, ulardan kamrog„i esa maxsus 
muttaxasislar ko„rigidan o„tadi. 
Shunday qilib, Panama davlatida joylashgan EIHlar va moliyaviy bank 
markazlari, savdo hududlari va yuk tashish xizmatlari mamlakat iqtisodiyotida 
muhim vazifalarni amalga oshirib kelmoqda. Ushbu mamlakatda yaratilgan qulay 
imtiyozlar alatta xalqaro maydonda keng faoliyat ko„rsatib kelayotgan tadbirkorlarni 
e‟tiborini o„ziga tortmasdan qolmaydi. Shuning uchun ham jahon xo„jaligiga kirib 
boruvchi ko„plab davlatlar Panama EIHlari tajribasidan samarali foydalanib, o„z 
iqtisodiyotini rivojlantirib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Malta davlati O„rta yer dengizining markaziy qismida joylashgan orollardan biri 
bo„lib, barcha dengiz yo„llarining kesishgan qismida joylashgan. Uning geografik 
jihatdan qulay joyda joylashganligi orolni yirik xalqaro savdo markazlaridan biriga 
aylanishiga olib keldi. Malta orolida hunarmandchilik tashkil topdi, dengiz flotlarga 
keng ko„lamda xizmat ko„rsatish ishlari rivojlandi. Statistik ma‟lumotlarga ko„ra, 
Malta chet ellik kemalarni ro„yxatdan o„tkazish borasida jahonda birinchi o„nlikka 
kiradi. Bu ma‟lumotlardan ko„rinib turibdiki, Malta hukumati dengiz tovar 
aylanmasida o„z obro„sini saqlab turish uchun kemalarga servis xizmatlarini 
ko„rsatish, ekspluatatsiya qilish va qayd etishni o„z vaqtida va hech bir 
qiyinchiliklarsiz tashkil etishni to„g„ri yo„lga qo„ygan. Maltaning dengizda 
ko„rsatadigan faoliyati, asosan, dengiz Mahkamalari tomonidan muvofiqlashtirib 
turiladi. Bu mahkamalar dengiz markazlari ham hisoblanib, o„z tarkibiga ma‟muriy, 
huquqiy, soliq va infratuzilma faoliyatini boshqarish xizmatlarini ham qo„shib olgan. 
Chet ellik kema korxonalarini ro„yxatdan o„tkazishning tartib qoidalari, asosan, 
1973-yilda qabul qilingan “Buyuk Britaniya” qonunchiligiga asoslangan “Malta 
offshor hududi to„g„risida”gi Qonunning 234-moddasida o„z aksini topgan, ushbu 
modda tijorat kema faoliyati to„g„risidagi dalolatnoma asosida nazorat qilib turiladi. 
Har qanday kema, ya‟ni oddiy yaxtalardan tortib, neft tashuvchi tankerlarga qadar 
Malta bayrog„i ostida ro„yxatdan o„tkaziladi, agar bu savdo Maltada huquqiy yoki 
jismoniy shaxsning mulki bo„lib hisoblansa. Kema birinchi marotaba 6 oyga, 
keyinchalik bu muddat yana 6 oyga cho„zilib to„liq hujjatlar asosida ro„yxatdan 
o„tkaziladi. Bundan tashqari, kemalar “berbout-charter” ko„rinishida ham ro„yxatdan 
o„tkazilishi mumkin. Bu holda kema Malta bayrog„i ostida chet ellarda ham faoliyat 
ko„rsatish huquqiga ega bo„ladi.


237 
“Malta” offshor hududida faoliyat ko„rsatayotgan ikki hissador va bitta 
kompaniyani millati va fuqaroligidan qatiy nazar tayinlangan direktor boshqarishi 
mumkin. Kompaniyani vaqtinchalik ro„yxatdan o„tkazish uchun quyidagi hujjatlar, 
ya‟ni kompaniyani ro„yxatdan o„tkazish to„g„risidagi ariza, kema maltalik fuqaroga 
yoki huquqiy shaxsga tegishli ekanligini tasdiklovchi hujjat, mulkdorning 
deklaratsiyasi, kemaning sifat ko„rsatkichlari to„g„risidagi ma‟lumotnoma va 
hokazolar talab etiladi. Kompaniyani doimiy ro„yxatdan o„tkazish uchun esa 
kemaning sertifikati va oxirgi marta ro„yxatdan o„tgan mamlakat to„g„risidagi 
ma‟lumotnoma talab etiladi. 
Kompaniyani doimiy ro„yxatdan o„tkazish uchun esa kemaning sertifikati, 
oxirgi marta ro„yxatdan o„tgan mamlakatning ro„yxatidan o„tganligini tasdiqlovchi 
ma‟lumotnoma, kemaning Malta EIHi talablariga javob berishini tasdiqlovchi hujjat, 
kemaning qonuniy ekanligini tasdiqlovchi hujjat, kemani boshqaruvchi komandaning 
ro„yxati, kemaning vaqtinchalik ro„yxatdan o„tganligini tasdiqlovchi hujjat va 
boshqalar talab etiladi. 
Kemani “berbout-charter” uchun ro„yxatdan o„tkazishga esa, kema Maltalik 
huquqiy va jismoniy shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat, kema ilgari 
“berbout-charter” 
ko„rinishida 
ro„yxatdan 
o„tkazilmaganligi 
to„g„risida 
ma‟lumotnoma, kemani ijaraga oluvchining arizasi, “berbout-charter” shartnomasi va 
deklaratsiyasi, ro„yxatdan ko„chirma, mulk egasining yozma ruhsatnomasi, kemaning 
yaroqliligini tasdiqlovchi hujjat, boshlang„ich yoki yillik to„lovlarni amalga 
oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqalar talab etiladi. 
Kema Malta offshor hududida ro„yxatdan o„tkazilgandan so„ng, u ikkinchi 
majburiyatni garov vazifasini ham o„tashi mumkin. Xalqaro banklar maltalik 
kemalarni garov sifatida tan oladilar. Chunki, Maltada garov to„g„risidagi me‟yoriy-
huquqiy hujjatlar xuddi garov asoslarini ko„rsatuvchi inglizcha usuli bilan 
tenglashtirilgan. Shu bilan birga garov asoslari Maltaning “Fuqarolik” kodeksi kabi 
ustunlikka ham ega.
Jahon mamlakatlarining ko„pchilik kemalari Malta orolida ro„yxatdan o„tib 
ishlashni xohlaydi. Buning sabablari quyidagilardan iborat. Birinchidan, Maltada 
kemalarni ro„yxatdan o„tkazish va tashkil etish uchun to„lov miqdorlarning boshqa 
mamlakatlarga nisbatan kamligi, ikkinchidan, 1000 tonna va undan yuqori bo„lgan 
yukni suvda torta olish qobiliyatiga ega bo„lgan kemalarning egalari va shuningdek, 
ijaraga ouvchilar va moliyaviy jihatdan yordam beruvchilarning barchasi soliq 
to„lovlaridan ozod etiladi, uchinchidan, kema egasining millati. Fuqaroligi va ekipaj 
a‟zolarining soniga hech qanday talab qo„yilmasligi, to„rtinchidan kema xavfsizlik 
talablariga javob berishi, benishchidan, aksiyalarni olish va sotish davrida hech 
qanday yig„imlarning yo„qligi, oltinchidan agar kemalarni ekspluatatsiya qilish 
korxonasi offshor kompaniyaga mansub bo„lsa, “Offshor kompaniyalar to„g„risida”gi 
Qonunga asosan, turli imtiyozlarga ega bo„lishi va boshqalar. 
Malta EIH bir qator kema xo„jaliklari tashkil etish bo„yicha xalqaro 
konvensiyalar a‟zosidir. Malta kema xo„jaligida ishlovchilarning barchasi daromad 
va meros soliqlaridan, aksiyalarni va kemalarni sotish va ijaraga berish soliqlaridan, 
kemalarni ro„yxatdan o„tkazish vaqtidagi soliqlardan ozod qilinishi bilan 


238 
xarakterlanadi. 
Malta orolida ikkiyoqlama soliq olinmasligi to„g„risidagi shartnomaga ega 
bo„lgan davlatlarning kompaniyalarini ro„yxatdan o„tkazganda olinadigan soliqlar 
miqdori yanada kamaytirilishi ko„zda tutilgan. Malta davlati EI bojxona hududidan 
tashqarida ekanligi bilan ham xarakterlanadi. 
Shunday qilib, Maltada kemalarni ro„yxatdan o„tkazish va tashkil etishning 
to„lov miqdorlari jahonning boshqa mamlakatlariga nisbatan kamligi bilan ajralib 
turadi. Bundan tashqari Maltada bir qator kema xo„jaliklarini tashkil etish 
to„g„risidagi xalqaro konvensiyalarning a‟zosi ekanligi bilan, kema xo„jaligida meros 
va aksiyalarni sotish hamda kemalarni ijaraga berish bilan, shuningdek, kemalarni 
ro„yxatdan o„tkazishda soliqlardan ozod qilinishi bilan ham ajralib turadi.

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling