Moliya bozorida banklar va nobank krеdit institutlari


Download 16.95 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi16.95 Kb.
#1560019
  1   2
Bog'liq
2.MOLIYA BOZORIDA BANKLAR VA NOBANK KRЕDIT


MOLIYA BOZORIDA BANKLAR VA NOBANK KRЕDIT
INSTITUTLARI
13.1. Moliya bozorida banklarning ishtiroki
Banklar moliya bozorining faol ishtirokchilari hisoblanadi. Zamonaviy
moliya bozori murakkab tizimga ega boʻlib, pul bozori, kredit bozori, qimmatli
qogʻozlar bozori, valyuta bozori va boshqalarni oʻz ichiga oladi hamda ularning
har birida banklar ishtiroki kuzatiladi. Umumiy holda banklar moliya bozorida
emitent, investor, investitsion vositachilar sifatida ishtirok etadi. Ayrim davlatlarda
banklar depozitariy vazifasini ham bajaradi.
Banklarning emitent sifatida faoliyati aksiyalar, korporativ obligatsiyalar,
depozit sertifikatlari muomalaga chiqarishi va investorlar oʻrtasida joylashtirishi
bilan izohlanadi. Shuningdek, “Markaziy bank davlatning qimmatli qogʻozlari,
shuningdek Markaziy bankning oʻzi chiqargan qarz majburiyatlarini xarid qilishi
va ochiq bozorda sotishi mumkin”
Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi
Qonuniga asosan tijorat banklari “qimmatli qogʻozlar chiqarish, xarid qilish,
sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan
qimmatli qogʻozlarni boshqarish, qimmatli qogʻozlar bilan boshqa operatsiyalarni
bajarish”
kabilarni amalga oshiradi. Umumiy holda banklar qimmatli qogʻozlar
bozorida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin:
- qimmatli qogʻozlarni chiqarish, sotib olish, sotish, saqlash;
- qimmatli qogʻozlarga mablagʻlar kiritish;
- ishonchli boshqaruvchi sifatida mijoz topshirigʻi asosida qimmatli
qogʻozlarni boshqarish;
- qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi jarayonida mijoz tops hirigʻi asosida uning
hisobidan vositachilik funksiyalarini bajarish, broker vazifasini bajarish;
- qimmatli qogʻozlar chiqarish va muomalasi masalalari boʻyicha
konsultatsion xizmatlar koʻrsatish (invetitsiya maslahatchiligi);
- investitsion kompaniya, anderrayter sifatida qimmatli qogʻozlar
chiqarilishini tashkil etish;
- qimmatli qogʻozlarni joylashtirish boʻyicha uchinchi shaxslar foydasiga
kafolat berish.
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi
Qonuniga asosan, mamlakatimizda korporativ obligatsiyalar investorlarga tegishli
mablagʻlarning emitentlar tomonidan toʻlanishi boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini
bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi.
Infratuzilma obligatsiyalari chiqarilganda esa ularni joylashtirish dan tushgan
mablagʻlar alohida bank hisobvaragʻida jamlanadi va emitentning ulardan
maqsadli foydalanilishini nazorat qiluvchi kuzatuv kengashi yoki yuqori boshqaruv
organi qaroriga koʻra sarflanadi.
Emitent majburiyatlarining bajarilishi garov, bank kafolati yoki qonunda
nazarda tutilgan boshqa usullar bilan qoʻshimcha taʼminlanadigan obligatsiyalarni
chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda qoʻshimcha taʼminot bergan shaxs toʻgʻrisidagi va
taʼminot shartlari haqidagi maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak. Bu holda
obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qoʻshimcha taʼminot bergan shaxs
tomonidan ham imzolanishi kerak. Bundan ham koʻrinib turibdiki tijorat banklari
kafolati ostida ham obligatsiyalar chiqarilishida chiqarilishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan depozit sertifikatlarini chiqarish qimmatli
qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan
holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.Bunda depozit sertifikati — bankka qoʻyilgan omonat
summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda
sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning
istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini
tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qogʻozdir.
Veksellarni chiqarish esa qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish
boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda veksel beruvchining yoxud vekselda
koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda
veksel egasiga muayyan summani toʻlashga doir qatʼiy majburiyatini tasdiqlovchi
noemissiyaviy qimmatli qogʻoz veksel hisoblanadi.
Mamlakatimizda va xorijiy emitentlar qimmatli qogʻozlarni mustaqil
ravishda, shuningdek banklar va investitsiya vositachilari orqali joylashtirish
huquqiga ega. Ayni paytda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy baki to monida “Kvars”
aksiyadorlik jamiyati aksiyalari joylashtirilayotganligi bunga yaqqol misol boʻladi.
Shu oʻrinda “qimmatli qogʻozlarga doir narxlarning, talab va taklifning darajasini
saqlab turish uchun birja bitimlari tuzilganda market -meyker birjaga, Qimmatli
qogʻozlar markaziy depozitariysiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi
iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlashdan ozod
qilinganligini”
89
taʼkidlash lozim.
Emitentlar qimmatli qogʻozlarni mustaqil ravishda, shuningdek banklar va
investitsiya vositachilari orqali joylashtirish huquqiga ega. Bunda banklar va
investitsiya vositachilari emitentlar tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli
qogʻozlar chiqarilishining joylashtirilmagan qismini sotib olish majburiyatini olib
yoki olmagan holda emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni emitent nomidan sotish
toʻgʻrisida emitentlar bilan shartnomalar tuzishi mumkin. Bunda emitent,
shuningdek u bilan shartnomaga koʻra emissiyaviy qimmatli qogʻozlar
joylashtirilishini amalga oshiruvchi banklar va investitsiya vositachilari mazkur
qimmatli qogʻozlar olinguniga qadar investorga qimmatli qogʻozlar emissiya
risolasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish shartlari bilan tanishib
chiqish imkoniyatini taʼminlashi shart.
Qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga doir
bitimlar natijalari boʻyicha pul mablagʻlarining hisob-kitoblari Oʻzbekiston
Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar
natijalari boʻyicha qimmatli qogʻozlardagi hisob -kitoblar esa Qimmatli qogʻozlar
markaziy depozitariysi va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan amalga
oshiriladi.
Moliya bozorida tijorat banklari kredit operatsiyalari orqali faol ishtirok
etishi barchaga maʼlum holat. Shuningdek valyuta bozorida ham banklarning
faolligi bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida ahamiyatga ega.

Download 16.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling