Moliya bozorida banklar va nobank krеdit institutlari


Aksiyadorik tijorat banklari aksiyalar emitenti sifatida


Download 16.95 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi16.95 Kb.
#1560019
1   2
Bog'liq
2.MOLIYA BOZORIDA BANKLAR VA NOBANK KRЕDIT

13.2. Aksiyadorik tijorat banklari aksiyalar emitenti sifatida
Banklar, qoida tariqasida, mulkchilikning har qanday shakli asosida
aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etiladi. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu
jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari boʻlishi mumkin.
Har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ishtirokining eng koʻp ulushi qonun
hujjatlari bilan belgilanadi. Bank muassislari bank aksiyadorlari tarkibidan u
roʻyxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar.
Bankning boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirokiga yoʻl qoʻyilmaydi,
chet el kapitali ishtirokidagi banklar va shoʻba banklar tashkil etish hollari,
shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasno.
Bank ustavida ustav faoliyatga doir qator masalalar bilan birga tijorat banki
ustav kapitalining miqdori, muassislar roʻyxati va ustav kapitalidagi ulushlarning
taqsimoti belgilab qoʻyiladi.
Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlari toʻlagan pul
mablagʻlaridan tashkil topadi. Kreditga va garovga olingan mablagʻlardan hamda
boshqa jalb etilgan mablagʻlardan bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun
foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq
bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablagʻlaridan
foydalanilishi mumkin.
Eng kam ustav kapitali bank muassislari tomonidan uni roʻyxatga olish
paytigacha toʻlanishi kerak. Ustav kapitali uchun toʻlanadigan mablagʻlar
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankida yoki boshqa banklarida ochilgan
jamgʻarish hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Koʻrsatilgan mablagʻlardan depozit sifatida
foydalanish mumkin.
Banklar ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan
belgilanadi. Hozirgi kunda yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari ustav
kapitalining eng kam miqdori 100,0 milliard soʻm qilib belgilandi. Ilgari bu talab
aksiyadorlik tijorat banklari va xususiy banklar uchun alohida -alohida belgilangan
boʻlib, 10 million yevro va 5 million yevro ekvivalentida edi.
Tijorat banklari tomonidan ustav kapitalini shakllantirishda oddiy va
imtiyozli aksiyalar muomalaga chiqarilishi mumkin.
2018 yil 15 fevral holatiga respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan 26 ta
tijorat banki tomonidan jami 11704,63 milliard soʻmlik aksiyalar joylashtirilgan ( -rasm).
-rasm. Respublikamizda moliya institutlari tomonidan muomalaga
chiqarilgan aksiyalar miqdori, milliard soʻmda (05.01.2018 yil holatiga)
Yuqoridagi rasm maʼlumotlaridan ham koʻrinib turibdiki, respublikamiz
aksiyalar bozorida moliya institutlari ichida banklar keskin yuqori ulushga ega.
Banklar oʻz faoliyati davomida aksiyalar shaklidagi oʻz qimmatli qogʻozlari
bilan kafolatlangan kredit berishga; oldindan Markaziy bankning roziligini olmay
turib, oʻz aksiyalarini sotib olishga haqli emaslar.
Yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud oʻzaro kelishuv bilan bogʻlangan yoki
bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar guruhi
tomonidan bir yoki bir necha bitim natijasida bank aksiyalarining 5 foizidan
ortigʻini olish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xabardor qilinishini, foizidan ortigʻini olish esa, oldindan uning roziligini olishni talab qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan roziligini olish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
13.3. Moliya bozorida nobank kredit institutlari
Xalqaro amaliyotda nobank kredit institutlari, xususan jamgʻarma
uyushmalari va kredit uyushmalari moliya bozorida faol tarzda faoliyat yuritadi.
Kredit uyushmalari oʻz aʼzolari tomonidan boshqariladigan moliyaviy tashkilot
boʻlib, oʻz aʼzolariga maʼqul shartlarda kredit beradi va boshqa moliyaviy
xizmatlar koʻrsatadi
Mikrokredit tashkilotlari
Lombardlar
Download 16.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling