Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tayanch iboralar: 
Erkin iqtisodiy hududlar, tovar, imtiyoz, offshor hudud, offshor kompaniya. 
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 
1. Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi hududlarda EIHlarning tashkil 
etilishi va rivojlanishi o„ziga xos tajribaga ega. Ularni o„rganish esa g„oyatda muhim. 
Chunki, bugungi kunda aynan mazkur hududlarda EIHlar o„zining katta 
imkoniyatlarini namoyon etmoqda. Xususan, ularda ro„yxatga olinayotgan 
kompaniyalar va ularga tegishli aktivlar va investitsiyalar hamda tashqi savdo 
aylanmasi hajmining o„sib borayotganligi e‟tiborga molikdir. 
2. Bugungi kunda Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi Beliz, Men, 
Bermud, Britan-Virgin va Nauru kabi hududlarda EIHlarni tashkil etish ularning 
cheklangan iqtisodiy imkoniyatlari sharoitida hududlar va mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantirishni muhim o„rin tutmoqda. Ulardagi yaratilgan barcha qulaylik va 
imtiyozlar dunyoning ko„plab investorlarini o„ziga jalb etishga sabab bo„lmoqda. 
3. Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi hududlarda EIHlarda ro„yxatdan 
o„tish, faoliyat ko„rsatish dunyoning boshqa hududlariga nisbatan qulayligi va 
foydaliligi turli moliyaviy xizmatlar turlarining faol rivojlanishiga ham o„z ta‟sirini 
ko„rsatmoqda. Buning natijasida bunday “nazoratsiz hudud”ga transmilliy 
kompaniyalar oqimining ortib borishi kuchayib bormoqda. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi hududlarda EIHlarni tashkil etish 
va rivojlantirish qanday xususiyatlari bilan ajralib turadi? 
2. Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi qaysi hududlarda EIHlar rivoji 


217 
kuzatiladi? 
3. Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi hududlarda EIHlarda 
investorlarni va kompaniyalarni o„ziga jalb etuvchi qanday omillar mavjud? 
4. Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi hududlarda EIHlarni tashkil etish 
va unda rezidentlar faoliyati xususiyatlarini tushuntirib bering. 
5. Ushbu hududlarda tadbirkorlar qanday imtiyoz va qulayliklarga ega? 
6. Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi hududlarda EIHlarni tashkil etish 
sabablari va samaralari haqida nimalarni bilasiz? 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling