240
8-bob.
AQSHDA TASHKIL ETILGAN ERKIN IQTISODIY
HUDUDLAR
8.1. AQShda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlarning asosiy turlari va
ularning tasnifi
EIHlar faoliyat yuritayotgan 140 dan ortiq mamlakatlar orasida eng ko„pi
AQShga to„g„ri keladi. AQShda EIHlarning soni 266 tani tashkil etadi va u tashq
savdo hudud (TSH)laridan iboratdir. Biroq, uning soni yana ortib bormoqda. AQShda
bu turdagi EIHlar maydoni boshqalariga nisbatan juda
yuqoriligi sababli undagi
EIHlar soni haqida gipirilganda aynan TSHlari soni nazarda tutiladi. Vaholanki,
AQShda,
bundan tashqari, 1500 dan ortiq tadbirkorlik hududlari va 200 dan ortiq
texnoparklardan tashkil topgan EIHlar ham faoliyat ko„rsatmoqda.
Shunga ko„ra, AQShda tashkil etilgan va faoliyat ko„rsatayotgan EIHlarning
turlari va maqsadlari quyidagilardan iborat (8.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: