Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Tayanch iboralar:
Erkin iqtisodiy hududlar, tashqi savdo hududlari, tadbirkorlik hududlari, tarif, tarif stavkasi, depressiya, iqtisodiyot, inqiroz, bojxona ixtisoslashgan hudud, eksport, import, tashqi savdo aylanmasi, tovar, ishsizlik. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. AQShda EIHlarning tashkil qilinishi mamlakatdagi buyuk depressiya davriga to„g„ri keladi. Bu davrda mamlakatda ishsizlik juda yuqori darajaga chiqib, bunga qabul qilingan Xoul-Smut qonunining 1930-yildan 20 mingdan ortiq import qilinadigan tovarlar narxining so„nggi 100 yillikdagi eng yuqori darajaga oshirilishiga sabab bo„lishini asos qilib keltirish mumkin. Bu esa tovarlar importida yuqori tarif stavkasining qo„llanilishi chuqur depressiyaga olib kelgan. Ushbu chuqur depressiyadan chiqish uchun 1934-yilda AQShda “Tashqi savdo hududlari to„g„risida”gi Qonun qabul qilingan. 2. 1934-yilda qabul qilingan AQSh “Tashqi savdo hududlari to„g„risida”gi Qonunining asosiy maqsadi – muayyan hududlarda bojxona imtiyozlari, shuningdek, Buyuk depressiya davrida haddan ziyod yuqori bo„lgan ishsizlik darajasini pasaytirish yordamida iqtisodiy faollikni oshirish yo„li bilan mamlakatni jahon savdosiga chuqurroq jalb etishdan iborat. 3. AQShda EIHlarning keng tarqalishiga va rivojlanishiga sabab bo„luvchi omillar – ushbu hududlarda faoliyat yurituvchi kompaniyalarga berilgan turli xil imtiyozlar yordam beradi. Ularning bir qancha qo„llanilish turlari mavjud. Bugungi kunda kelib AQShda EIHlarning rivojlanishi natijasida ular mamlakat tashqi savdo hajmining 2 % ulushini ta‟minlab kelmoqda. Nazorat uchun savollar: 1. AQShda EIHlarning tashil etilish tarixi nimalardan iborat? 248 2. AQShda Buyuk depressiya nomi bilan mashhur chuqur inqirozning sabablari va undan chiqish yechimlari haqida nimalarni bilasiz? 3. AQShda bugungi kunda tashqi savdo hajmida EIHlar qanday ulushni tashkil etmoqda? 4. AQShda EIHlarda qanday imtiyozlar amal qiladi? 5. AQShda tadbirkorlik hududlari qanday maqsadlarda tashkil etiladi? 6. AQShda TSHlari va texnoparklarning ahamiyatini tushuntirib bering. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling