Эркин иқтисодий ҳудудлар


- umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) hududlar


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

- umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) hududlar
- ixtisoslashgan hududlar (subzonalar). 
Bugungi kunda AQShda 253 umumiy maqsadli zonalar va taxminan 400 ta 
subzonalar mavjud
73

Umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) zonalar odatda, port va aeroportlar 
hududida yoki ular yaqinida AQSh bojxona xizmati vakolatlaridan tashqarida 
joylashgan bo„ladi. 
Odatda, umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) tashqi savdo zonasida 
tovarlarni saqlash uchun ijaraga beriladigan bo„sh joylar (maydon), har qanday 
transport vositasi kirish imkoniga ega bo„lgan distribyutorlik (tarqatish) markazi 
joylashgan bo„lishi lozim. 
Umumiy maqsadlardagi zonalarning faoliyati sohasi mahsulotni qo„shimcha 
qayta ishlashsiz saqlashni, saralashni, qadoqlashni o„z ichiga oladi. 
Umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) zonalar Tashqi savdo zonalari 
bo„yicha Komiteti tomonidan mahalliy hokimliklar yoki shtat Hukumati huzuridagi 
turli xil tashkilotlarga, masalan, iqtisodiy rivojlanish bo„yicha agentliklar, port 
administratsiyasiga ruxsat berish asosida tashkil etiladi. 
Ushbu zonalar savdoni kengaytirish va aholi bandligi darajasini oshirish 
maqsadida tashkil etiladi va kommunal xizmatlar davlat korxonalari uchun e‟lon 
qilingan tariflar asosida taqdim etiladi. 
Zonalar davlat yoki xususiy kompaniyalar tomonidan boshqariladi. 
Umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) tashqi savdo zonalari dastlab Nyu-
York, Nyu-Orlean, San-Fransisko, Oakland, Los-Anjeles va Sietldagi yirik portlarda 
joylashgan. 
1950-yillarda Toledo (Ogayo shtati), Janub (Michigan), Mayaguez (Puerto-
Riko), Honolulu (Gavayi)da xuddi shunday hududlar yaratilgan. 
Eng muhimi, 70-80 yillarda hududlarning soni ko„paydi, bu AQSh tashqi 
savdosi o„sishini va ichki bozorda raqobatning kuchayishini aks ettirdi. 
Ushbu davr mobaynida bunday hududlar dengiz portlari va xalqaro 
aeroportlarda emas, balki, okeanga ega bo„lmagan shaharlarda ham yaratilgan, lekin, 
hozirda ham tashqi savdo sohasida muhim rol o„ynaydi. 
1970-yilga kelib yaratilgan 52 umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) tashqi 
savdo zonalaridan 24 tasi okeanga kirish imkoniga ega bo„lmagan shaharlarda 
joylashgan edi. Ushbu jarayonda AQSh savdo hajmining oshishi bilan bir qatorda 
xorijiy 
korporatsiyalarning 
ichki 
bozorda 
faollashuvi, 
turli 
xil 
eksport 
operatsiyalarining jadal o„sishi mamlakatda yangi savdo infratuzilmasini yaratishga 
olib keldi. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling