Эркин иқтисодий ҳудудлар
“Silikon (Kremniy) vodiysi”
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
“Silikon (Kremniy) vodiysi” deb nom olgan mazkur ilmiy park sanoatning
ilmiy sig„imli sektorini rivjlantirishda fenomenal natijani taqdim etdi. Texnoparkning zamonaviy Yevropa modeli unda o„nlab kichik firmalarni (jamoaviy xizmatlar tizimining barcha afzalliklaridan samarali foydalanuvchi bu ko„p sonli yangi kichik va o„rta inovatsion korxonalarning shakllanishiga imkon beradi) va bir qator ta‟sischilarni joylashtirishni nazarda tutadi (bu boshqaruv mexanizmi bitta ta‟sischi bilan boshqarish mexanizmidan murakab hisoblanadi, biroq, moliyalashtirishga imkon topishda juda qulay hisoblanadi). Bugungi kunga kelib texnoparklar oliy ta‟lim, fan, sanoat, tadbirkorlik, moliyalashtirish manbalari, mintaqaviy va mahalliy hokimlik organlari kabilar integratsiyasining yangi shakli va tarkibi sifatida mintaqaning va iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini ta‟minlash imkoniyatlarini taqdim etadi. Texnoparklarning AQShda tashkil etilishi stixiyali tarzda, sekin-astalik bilan yuz bergan bo„lsa, o„tgan asrning 70 yillaridan boshlab G„arbiy Yevropada ular jadal tashkil etila boshlandi. Yaponiyada esa texnoparklarning tashkil etilishi boshidan boshlab davlatning strategik maqsadiga aylandi va aniq davlat dasturlari (rejalari) asosida rivojlanib kelmoqda. AQShda 2-Jahon urushidan keyin mamlakatning G„arbiy qirg„og„ida, Koliforniya shtatida bir qator korxonalar hukumatdan elektron qurilmalar tarkibiga kiruvchi mahsulotlarning yangi turlarini yaratish bo„yicha buyurtmalarni olishdilar. Buning uchun tadqiqotlar olib borish va yangi mahsulotlar turlarini yaratish lozim edi. Bu esa texnoparklarga bo„lgan ehtiyojni oshirdi va ularning tashkil etilishi keng tus olishiga sabab bo„ldi. 260 G„arbiy Yevropada birinchi oliy ta‟lim texnoparki 1947 yilda Boston shahrida paydo bo„ldi. Uning o„n yillik faoliyatlari va keyingi yuzaga kelgan oliy ta‟lim texnoparklari XX asr 70 yillaridan boshlab sezilarli darajada o„sishga erishib bordilar. Bugungi kunga kelib AQShda texnoparklar 200 dan ortiqni tashkil etsa, Yevropada 1500 dan ortiq turli innovatsion markazlar va 260 dan ortiq ilmiy-texnik parklar faoliyat ko„rsatmoqda. AQShda texnoparklarning ikkita turi mavjud: - ayrim shaxslar yoki xususiy tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil qilingan texnoparklar; - ayrim shtatlar hukumatlarining qarori bo„yicha tashkil qilingan texnoparklar. Ikkinchi turdagi texnoparklar hozirgi kunda ham yaratilmoqda, ammo, eng mashhur va samarali texnoparklar birinchi turga mansub. Ulardan quyidagilarini ajratish mumkin: - “Silikon vodiysi” (Kaliforniya); - “128 Boston yo„nalishi” (Massachutis texnologik universiteti va Garvard universiteti yaqinida); - “Uchburchak - park” (Shimoliy Karolina). Ushbu uchta texnopark bunday markazlarning nafaqat AQSh, balki chet elda ham tashkil etilishining modellari sifatida xizmat qiladi. Texnoparklarni tashkil etishda turli xarajatlar – investitsiyalar talab etiladi. Bu uning maydoni, davlat, qurilishlar hajmi, risk darajasi kabilarga ham bog„liq. Masalan, AQShda o„rtamiyona texnoparklarni tashkil etishga kamida 10-12 mln. AQSh dollari, Buyuk Britaniyada – 800 ming AQSh dollari, Polshada – 200-300 AQSh dollari kerak bo„ladi. Texnoparklarni moliyalashtirish turli xil manbalardan amalga oshiriladi: - universitet va xayriya jamg„armalari tomonidan ta‟sis etilgan fondlar hisobidan; - mahalliy hokimiyat mablag„lari hisobidan; - federal muassasalar va vazirliklar mablag„lari hisobidan; - sanoat firmalari mablag„lari hisobidan - shaxsiy mablag„lar hisobidan. Texnoparklarning ayrimlari daromad asosida faoliyat yuritsa, ayrimlari daromadsiz tashkilotlar hisoblanadi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling