Эркин иқтисодий ҳудудлар
AQShda ilmiy parklarning tashkil etilishi, ularning maqsadi, turlari va
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
8.5. AQShda ilmiy parklarning tashkil etilishi, ularning maqsadi, turlari va
faoliyat xususiyatlari Ilmiy parklar (texnik-joriy etish hududlari) fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi samarali shaklidir. Bu hududlarda innovatsiyaviy faoliyat va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish bilan band firma va korxonalar joylashgan bo„ladi. Odatda, ular ilmiy labaratoriyalar va ishlab chiqarish xonalarining hududiy jamlanishidan iborat bo„lib, ular istiqbolli ilmiy va texnik g„oyalarni ishlab chiqish bilan shug„ullanadigan venchur firmalarga imtiyozli shartlarda ijaraga beriladi. Tashqi savdo va tadbirkorlik hududlaridan farqli ravishda texnologik parklarni yaratish uchun hukumat organlarining ruxsati talab qilinmaydi. Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishning muhim omili bo„lib innovatsion infratuzilmani yaratish hisoblanadi. Bunday infratuzilmani yaratishning eng samarali va bosh omili texnoparklar hisoblanadi. Texnopark – bu innovatsion faoliyat bilan shug„ullanuvchi, yuqori ilmiy sig„imli texnologiyalar va mahsulotlar yaratuvchi kompaniyalarni birlashtirish uchun tashkil etilgan, ajratilgan alohida, maxsus hudud. Texnoparklarning asosiy maqsadi: – mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish; – mintaqa yoki mamlakatni innovatsion rivojlanishini ta‟minlash; – innovatsiyalarni jamlash, ro„yobga chiqarish. Texnoparklarda: - ishlab chiqarish va ma‟muriy binolarni, laboratoriya uskunalarini ijaraga taqdim etish; - konsultativ xizmatlarni ko„rsatish; - individual ixtirolarni texnologik ekspertizadan o„tkazish; - tashkil etiladigan kompaniyaning biznes-rejasi tuzish; - kichik biznesni tashkil etishda imtiyozli shartlarda kreditlar olish va sh.k. amalga oshiriladi. Jahon amaliyotida texnoparklar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish hamda unda ijtimoiy-iqtisodiy subyektlar (ilmiy-tadqiqot institutlari, olim ta‟lim muasasalari, laboratoriya markazlari, ishlab chiqarish-tadqiqot korxonalari, ilmiy salohiyatli xodimlar va mutaxassislar)ning ilmiy-texnik salohiyatidan innovatsion g„oyalarni ro„yobga chiqarish maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratgan holda ularni bir joyga jamlash asosida yangi va zamonaviy ishlanmalarni, mahsulotlarni yaratish, 259 ularni tijoratlashtirish maqsadlarida tashkil etiladi. Texnoparklar rezidentlari mazkur tashkil etilgan hududning o„zida barcha zauririy ijtimoiy va biznes-xizmatlari komplekslariga ega bo„lmog„i lozim. Ushbu faoliyani maxsus tashkil etilgan kompaniyaboshqarib boradi. AQShda texnoparklarni tashkil etishdan maqsad – venchur kompaniyalarga, yangi turdagi mahsulotlar va texnologiyalarni kashf etuvchi, ishlab chiquvchi alohida ixtirochilar va olimlarga imtiyozli shartlarda yordam ko„rsatish. AQShda texnoparklarning tashkil etilishi o„tgan asrning 50 yillari boshiga borib taqaladi. Mazkur davlatda birinchi texnopark Koliforniya shtatidagi Stenford universitet ilmiy parki tashkil etilishi bilan paydo bo„lgan. Universitet o„zi egalik qilgan hududda bo„sh er uchastkasini topib, uni va binolarni mustаqil kichik korxonalar va yuqori texnologiyalar sohasida faoliyat ko„rsatuvchi, federal hukumat buyurtmalari hisobiga jadal rivojlanib borayotgan va o„z bo„linmalarini tashkil etishga intiluvchi, yuqori imkoniyatli amaldagi kompaniyalarga ijaraga bera boshladi. Ijaradagi firmalar universitet bilan uzviy aloqa va hamkorlikda faoliyat ko„rsatdilar. Lekin, taxnopark sifatida to„la shakllanishi uchun va o„z ilmiy parki er maydonini va binolarni ijaraga berish uchun zaruriy infratuzilmani shakllantirish, qurilishlarni yakunlashga 30 yil kerak bo„ldi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling