Эркин иқтисодий ҳудудлар


Tavsiya etilayotgan adabiyotlar


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tavsiya etilayotgan adabiyotlar: 
1. Воловик Н.П. Международная практика создания специальных 
экономических зон. – М.: ИПЕИ, 2016. – 99 с. 
2. Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч.пос. – М.: Юнити, 
2005. – 230 с. 
3. Мотовиц Т.Г., Мотовиц Р.В. Свободные экономические зоны: 
становление и развитие. Монография. – Хабаровск: изд-во Тихоокеан. гос. ун-
та, 2017. – 170 с. 
4. Приходко С.В., Воловик Н.П. Особие экономические зоны. – М.: ИЕПП, 
2007. – 268 с. 
5. Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni 
jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” 
nashriyoti, 2013. – 176 b. 
6. Рыбаков С.А. Особые экономические зоны в России. Налоговые льготы 
и преимущества. / С.А.Рыбаков, Н.А.Орлова. – М.: Вершина, 2006 – 248 с. 
7. Фуршчик М.А., Шутова А.В. Особие экономические зоны: опыт и 
перспективы. – М.: Медиа Инфо Групп, 2014. – 216 с. 
8. Шаропов С.А. Свободные экономические зоны. Уч.пос. – М.: Юнити, 
2006. – 167 с. 
9. AQShda 1934-yilda qabul qilingan “Tashqi savdo hududlari to„g„risida”gi 
Qonun. 
10. “U.S. Foreign-Trade Zones”. Import Administration. International Trade 
Administration. January 13, 2013. Retrieved 2013-01-20. 


262 
9-bob. 
XITOY XALQ RESPUBLIKASI ERKIN IQTISODIY 
HUDUDLARI 
 
9.1. Xitoy Xalq Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish 
maqsadlari, ahamiyati va xususiyatlari 
Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) – o„zining rivojlanishi, tarixi va mukammalligi, 
ishbilarmonligi borasida faqatgina bizning respublikamiz ishbilarmonlari uchun 
emas, balki, butun dunyo ishbilarmonlari uchun ham sirli bir mamlakat bo„lib 
qolmoqda. Xitoy bugungi kunda yuksak salohiyati bilan butun dunyo bozorlarini 
egallagan, tezlik bilan rivojlanayotga mamlakat. 
Xitoy Xalq Respublikasida EIHlar iqtisodiyotning barcha sohalarini 
modernizatsiyalash va yuqori texnologiyalar raqobatbardosh ishlab chiqarishga 
erishishda muhim omil bo„lmoqda. Oxirgi 35-40 yil davomida Xitoyda kuzatilgan 
iqtisodiy o„sish, haqiqatda, “iqtisodiy mo„jiza” bo„lgani hech kimga sir emas. Uning 
rivojlanish tendensiyasiga nazar tashlaydigan bo„lsak, 1976-yilgacha Xitoy yopiq 
iqisodiyot hisoblanar edi. Ammo, 1978-yilda Den Syaopin tomonidan olib borilgan 
“Ochiq eshiklar” siyosati va shu maqsaddagi islohotlar natijasida Xitoy jahon 
iqtisodiyotiga integratsiyalasha boshladi hamda Xitoy YaIMi yiliga o„rtacha 10 % 
o„sishga erishdi. 1979-2018 yillarda Xitoyning aholi jon boshiga YaIMi qariyb 16 
marta, ya‟ni 195 AQSh dollaridan qariyb 10 ming AQSh dollariga o„sdi. 2010 yilga 
kelib YaIM hajmi bo„yicha Yaponiyani ortda qoldirib, dunyodagi eng katta ikkinchi 
iqtisodiyotga aylandi. Shu davr mobaynida 500 mln.dan ortiq aholi qashshoqlikdan 
xalos bo„ldi. Tadqiqotlar natijasida ma‟lum bo„ldiki, ko„p yillar davomida hukm 
surgan markaziy rejalashtirilgan iqtisodiyotdan zamonaviy bozor iqtisodiyotiga o„tish 
maqsadida 1978-yildan boshlab “Ochiq eshiklar” siyosati doirasida ko„plab ishlar 
amalga oshirildi. 
1978-yilda boshlangan “ochiq eshiklar” islohoti alohida hududda boshlangan 
tajriba bo„ldi. 
Xitoy olimlari erkin iqtisodiy zonalarni yaratishdan oldin AQSh, Yaponiya, 
Gongkong, Singapur, Tayvanlarni tajribasini chuqur va har tomonlama o„rganib 
chiqishganligi ular yuritgan erkin iqtisodiy zonalar siyosatida ham o„z aksini topgan. 
O„z mamlakati hududida EIHlarni yaratib, Xitoy bir qancha foydali tomonlarga 
ega bo„ladi: 
- birinchidan, ushbu yo„l bilan Xitoy hukumati chet el investitsiyalarini jalb etish 
uchun qulay imkoniyatlar va sharoitlar yaratadi; 
- ikkinchidan, chet el investitsiyalaridan tashqari mamlakatga yangi 
texnologiyalar va yetakchi texnika kirib keladi; 
- uchinchidan, ishchi o„rinlari etishmaslik muammosi qisman hal qilinadi; 
- to„rtinchidan, tabiiy resurslardan samaraliroq foydalaniladi; 
- beshinchidan, eksport foydasi ancha oshadi; 
- va nihoyat, oltinchidan, “maxsus hududlar”ning tezroq rivojlanishi, butun 
iqtisodiyot taraqqiy etishiga olib keladi. 
EIHlarga ko„plab omillar ijobiy ta‟sir ko„rsatadi: 
- qulay geografik joylashuv; 


263 
- ishchi kuchining ko„pligi va arzonligi; 
- iqtisodiy imtiyozlar; 
- hududlar rivojlanishi uchun mamlakatlardan resurslarning kirib kelishi. 
Xitoy EIHlarlarining asosiy xususiyatlari quyidagilar: 
- bozor tomonidan tartibga solish tamoyillari asosidagi mustaqil iqtisodiy 
rivojlanish; 
- chet el investitsiyalariga tayanish; 
- asosiy ustuvor tarmoq – sanoat (1989-yilgacha Xitoy erkin iqtisodiy 
hududlarlarda istalgan investitsiyalarni qabul qilgan); 
- ishlab chiqarishning eksportga yo„naltirilganligi, import xomashyosini keng 
jalb etish; 
- katta milliy mintaqalarni kiritish; 
- EIHlarlarning mamlakatning qolgan hududlari bilan faol o„zaro munosabati; 
- soliq tizimi EIHlarning mintaqaviy xususiyatlariga qarab farqlanadi. 
Xitoyda EIHlarlarni tashkil etishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat 
edi: 
1. Xorijiy kapitalni jalb qilish.
2. Rivojlangan mamlakatlardagi ilg„or texnologiyani va menejment tajribasini 
qabul qilish.
3. Samarador ish joylarini yaratish yo„li bilan, nafaqat, aholi bandligi darajasini 
ko„tarish, balki, aholining turmush darajasini oshirish, mamlakat ijtimoiy muhitini 
barqarorlashtirishga erishish.
4. Eksportni ko„paytirish yo„li bilan valyuta tushumlarini oshirish.
5. Chet el kapitalidan eng unumli tarzda foydalanish.
6. Xalqaro iqtisodiy va texnologik hamkorlik darajasini oshirish iqtisodiy va 
texnologik axborotni yig„ish, xorijiy mamlakatlar hamkorlik va tashqi savdo sohasida 
band bo„ladigan kadrlarni tayyorlash.
7. Ijtimoiylashgan keng masshtabda ishlab chiqarishni boshqarishdagi xorij 
tajribasini o„rganish.
8. Zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori ilmiy sig„imli sanoat korxonalari 
turlarini yaratish.
9. Yangi turdagi va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning xalqaro 
ko„lamda raqobatbardoshligini ta‟minlash.
10. Ichki sanoatga etibor bergan holda, asosiy e‟tiborni tashqariga yo„naltirilgan 
iqtisodiyotni qurish, sanoat, savdo va qishloq xo„jaligi integratsiyasi, chorvachilik, 
baliqchilik va turizmni bir vaqtda rivojlantirish.
11. EIHlarda aholi jon boshiga daromad miqdorini jadal oshirish. 
12. EIHlar joylashgan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni Hong Kong, 
Singapur va boshqa yangi industrial davlatlaridagi kabi rivojlantirish. 
13. Xalqaro mehnat taqsimotida samarali ishtirok etish asosida iqtisodiyotni 
divresifikatsiyalash. 
14. Butun mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini rag„batlantirish. 
15. Arzon va ortiqcha ishchi kuchi hamda boy xomashyo salohiyatidan to„gri 
foydalanish. 


264 
16. Mamlakatda zamonaviy bilim va malakaga ega bo„lgan milliy kadrlarni 
tayyorlash. 
17. Gonkong (1997 y.) va Makao (1999 y.)larning Xitoyga qaytarilishi 
munosabati bilan “bufer” (qalqon) yaratish. 
Xitoy tajribasida EIH uchun joy tanlashda quyidagilar asosiy hisoblangan:
- tashqi bozorga mustaqil ravishda chiqishini ta‟minlay oladigan yirik port 
bo„lishi kerak (yoki bunday port qurilishi kerak);
- jahonning yirik moliyaviy iqtisodiy markazlariga qulay joylashgan bo„lishi 
kerak (birinchi navbatda, Gonkong, Singapur va Yaponiya shaharlariga); 
- aholi zichligi unchalik yuqori bo„lmagan, nisbatan erkin, bo„sh maydonlarga 
ega bo„lgan joylarda joylashishi kerak (yangi sanoat obyektlarini qurish va yangi 
ishlovchilarni ishga joylaylashtirishga imkonini yaratish).
Xitoy iqtisodiyotiga xorijiy investorlarni jalb qilgan asosiy omil bu, nafaqat, 
EIHlarda, balki, mamlakat miqyosida infratuzilmaning yuqori darajada tashkil 
etilganligidir. Infratuzilma – bu shunday omilki, u davlatdan zonalarni yaratish 
bo„yicha asosiy qo„yilmalarni talab qiladi va o„z navbatida, ular faoliyat yuritishining 
makroiqtisodiy samaradorligini belgilaydi. Bunda xitoyliklar infratuzilmaning 
shakllanishi “oltita qo„yilish, tekislash” shiori ostida harakat qilmoqda. Ya‟ni – 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling