Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Bir makon, bir yo„l”
Uchinchi bosqich – 1990-yildan hozirsh vaqtgga qadar. 1990-yilda Shanxay
270 shahri yaqinida yangi ochiq tuman Pudun barpo etildi. Bu tuman iqtisodiy va huquqiy tartibiga ko„ra EIHga to„liq mos keladi. Pudun rayonini tashkil etishdan maqsad Shanxay shahrini modernizatsiya qilish va Yantszi daryosi havzasi mintaqasini rivojlantirish edi. 1990-yilda uning hududida birinchi erkin savdo hududi (ESH) – “Veygatsyao” tashkil etildi. Ushbu hudud eksport ishlab chiqarish faoliyati bilan shug„ullanadi. Bu erdagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 200 dan ortiq korxonaning 140 tasi to„liq xorijiy investitsiyali korxona hisoblanadi. Uning tashkil etilishini mamlakatning jahon iqtisodiyotiga ochilishini ta‟minlashdagi yangi bosqich sifatida baholash mumkin. 1989 va 2006 yillarda mos ravishda Shanghai va Tianjin Binhai yangi zonalari ham tashkil etildi. 1992-yilga kelib Xitoyda 35 ta ITTH muvaffaqiyatli faoliyat yuritar edi. Keyinchalik, boshqa turdagi MIHlar ham butun mamlakat bo„ylab tarqala boshladi va bunday zonalarni tashkil etish odatiy holga aylandi. 2008-yilda Xitoyda 14 ta ochiq qirg„oq shaharlar, 15 ta erkin savdo hududlari, 17 ta eksportni rag„batlantiruvchi hududlar, 52 ITTH, 53 ta yuqori texnologiyali taraqqiyot hududlari va 15 ta chegaradosh iqtisodiy hamkorlik hududlari ro„yhatdan o„tkazilgan edi. 2013-yil oxirida Xitoyda 5 ta MIH, 210 ta ITTH, 15 ta chegaradosh iqtisodiy hamkorlik hududlari, 105 ta yuqori texnologiyali hududlar 13 ta erkin bojxona hududlari faoliyat yuritishi aniqlandi. Bundan tashqari, 2013 yil 29 sentabrda XXR Davlat Kengashi tomonidan Shanxay (Pudun) erkin savdo hududi (ESH)ni tashkil etish to„g„risida qaror qilindi. Bugungi kunga kelib Xitoyda 5 ta MIH, 219 ta ITTH, 16 ta chegaradosh iqtisodiy hamkorlik hududlari, 146 ta yuqori texnologiyali hududlar 13 ta erkin bojxona hududlari, 16 ta erkin savdo hududlari, 14 ta ochiq qirg„oq shaharlar, 46 ta eksportni rag„batlantiruvchi hududlar faoliyat ko„rsatmoqda. “Bundan tashqari, yuqorida ko„rsatilgan davlat darajasidagi EIHlardan tashqari provinsiya (viloyat)lar va shaharlar darajasigagi ko„pgina hududlar faoliyat ko„rsatadi. 2003-yilga qadar Xitoyda 38,6 ming km 2 hududiy maydonni egallovchi 6866 ta turli EIHlar mavjud edi” 74 . MIZlar to„g„risida haligacha yagona me‟yoriy hujjat yo„q bo„lib, ularning tashkil etilishi, tugatilishi va faoliyati bilan bog„liq munosabatlar 1982-yilda qabul qilingan XXR Konstitutsiyasi bilan tartibga solinadi. Uning 18-moddasi 2-bandiga ko„ra, “XXR barcha xorijiy korxonalar, tashkilotlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo„shma korxonalarga investitsiya kiritishga ruxsat beradi hamda ularning huquq va manfaatlari qonun bilan himoyalanadi”. Uchinchi bosqichda Xitoy hukumati eksport ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya siyosatiga e‟tibor berishni saqlagan holda yuqori va yangi texnologiya loyihalariga ko„proq e‟tibor berib kelmoqda. Aynan shu loyihalar aloxida soliq va boshqa imtiyozlarga ega hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda past malakali ishchi kuchi ishlatiladigan qayta ishlash sanoatiga bo„lgan munosabatda cheklovlar qo„llanilmoqda. Bu bosqichda oldin tashkil qilingan va tashkil etilayotgan EIHlar, DOShlar, ITRHlar va boshqa iqtisodiy ochiq tumanlar rivojlanib kelmoqda. 74 Мотовиц Т.Г., Мотовиц Р.В. Свободные экономические зоны: ствновление и развитие. Монография. – Забаровск: Издательство ТОГУ, 2017. – С. 35. 271 Davlatning mamlakat iqtisodiyotidagi ochiqligi asosan, “ochiq belbog„lar”ni tashkil etish siyosatida aks etadi. Sharqiy dengiz bo„yi tumanlar – Lyaonin, Xebey, Shandun, Tszyansu, Chjenzyan, Futszyan, Guandun, Guansi-Chjuan avtonom tumanlarda, Pekin, Shanxay va Tyantszinni o„z ichiga olgan sharqiy ochiqlik belbog„i vujudga keldi. Uning aholisi 200 mln. kishini tashkil etib, umumiy er maydoni 320 ming km 2 ni tashkil etadi. Bu tumanlar o„zining qulay geografik o„rni va ortiqcha ishchi kuchlari bilan ajralib turadi. Xitoyning “Sharqiy ochiqlik belbog„i” turli darajadagi va ko„rinishdagi EIHlarni o„z ichiga oladi. Bu esa xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoit yaratadi. 1992 yildan boshlab Xitoy «shimol ochiqlik belbog„i”ni tashkil qilishga kirishgan edi. Buni biz Rossiya va Mongoliya bilan chegaradosh shimoli-sharqiy mintaqada EIHlar tartibini joriy etilishida ko„ramiz. Bu erda Xayxe, Suyfinxe (Xeyluntszyan provinsiyasi), Xuanchuan (Tszimen provinsiyasi), Menchjouli (ichki Mongoliya avtonom tumani) shaharlarida DOShlarga o„xshash tartib o„rnatilgan. Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan chegaradosh bo„lgan hududlarida Inin, Gachen, Guanchjou, Sichuan, Shansi, Guansi, Tsinxay, Janubi-Sharqiy Osiyo bilan chegaradosh bo„lgan hududlarida Nannin, Pinsyan, Dunsin (Guansi-Chjuan avtonom tumani), Kunmin, Xekou, Vannin (Yunnan provinsiyasi) “ochiqlik belbog„lari” barpo etilmoqda. Shu tarzda mamlakat iqtisodiy ochilmoqda. Xitoy davlatining mazkur siyosati bugungi kunda “Bir makon, bir yo„l” global loyihasining amalga oshirilishiga zamin yaratdi. “Bir makon, bir yo„l” konsepsiyasi Xitoyning Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrikaning 65 ta davlatini bog„lovchi savdo-transport yo„laklarini tashkil etish va mavjudlarini takomillashtirish bo„yicha xalqaro tashabbusi bo„lib, ushbu davlatlar va Xitoy o„rtasida savdo munosabatlarini rivojlantirishda ko„mak berishga chorlangan. Shu maqsadda 2017-yil may oyida Pekinda tashkil “Bir makon, bir yo„l” forumida 29 ta davlat ishtirok etgan bo„lsa (O„zbekiston ham), 2019-yil 25-27 aprel kunlari yana Pekinda tashkil etilgan tavbatdagi Forumda 40 dan ortik davlatlar va xalkaro tashkilotlar. Shundan 37 ta davlat prezidentlari va bosh vazirlari ishtirok etdilar. Ushbu Forumda qatnashuvchi mamlakatlar quruqlik, havo va dengizda hamda raqamli sohada hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi va ular tomonidan umumiy qiymati 64 mlrd dollarlik 283 ta kelishuv imzolandi. EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishi amaliyotining ko„rsatishicha, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun infratuzilma zarur bo„lib, uni rivojlantirish yirik kapital qo„yilmalarni talab etadi. Xitoyda, masalan, 1 dollar chet el investitsiyasini jalb etish uchun 5,5 dollar milliy resurslarni transport tizimi, barqaror suv va energiya ta‟minoti, shinam turur-joy uchun sarflash zarur bo„lgan. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling