Эркин иқтисодий ҳудудлар


eksportida  EIHlar ulushi


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

eksportida 
EIHlar ulushi 
20,80 
23,30 
26,18 
21,41 
25,81 
29,98 
31,25 
31,87 
32,71 
30,23 
29,14 
31,07 
AQSh importi 
1878,2 1986,3 2141,3 1580 
1939 
2239,9 2303,7 2294,2 2385,5 2273,2 
2208 
2360,9 
AQSh 
importida 
EIHlar ulushi 
37,56 
39,73 
42,83 
31,6 
38,78 
44,80 
46,07 
45,88 
47,7 
45,46 
44,16 
47,22 
AQSh tashqi savdo 
aylanmasi 
2918,3 3151,5 3450,1 2650,3 3229,3 3738,8 3866,3 3887,9 4021,1 3784,6 
3665 
3914,3 
AQSh tashqi savdo 
aylanmasi 
EIHlar 
ulushi 
58,36 
63,03 
69,01 
53,01 
64,59 
74,78 
77,32 
77,75 
80,41 
75,69 
73,3 
78,29 
8.2-jadvaldan ko„rinib turibdiki, AQShda tashqi savdo aylanmasida importning 
ulushi yuqori bo„lib, umumiy savdo aylanmasi nobarqarorlikni kasb etgan. Bunda 
AQSh tashqi savdo aylanmasida TSHlarining ulushi o„rtacha 2% atrofida bo„lib, ular 
tomonidan amalga oshirilgan savdo hajmi so„nggi yillarda 80 mlrd. AQSh dollari 
atrofida bo„lmoqda. O„z navbatida, TSHlari eksporti-importida ham importning 
ulushi yuqori bo„libyu, bu, asosan, xomashyo va materiallarning ichki iqtisodiyot 
uchun xaridi bilan bog„liq. 
AQShda tashqi savdo hududlarida har qanday tovarlarni ishlab chiqarish va 
sotishga ruxsat etilmaydi. 
Jumladan, mazkur hududlarda ichki soliqqa tortilishi belgilangan tovarlar ishlab 
chiqarilishi mumkin emas. Xususan, unga alkogol ichimliklar, alkogol ichimliklarni 
tarkibida saqlovchi mahsulotlar (tabiiylashtirishlar distillangan spirtdan tashqari), 
masalan, tarkibida alkogol saqlovchi parfyumeriya mahsulotlari, tabaka mahsulotlari, 
olov keltirib chiqaruvchi qurollar, shakar, devor uchun mexanizmlar va qo„lga 
taqiladigan soatlar kabilar kiradi. 
Shuningdek, mazkur hududlarda chakana savdo bilan shug„ullanish qonunan 
taqiqlanadi. 
Bundan tashqari, AQShda tadbirkorlik hududlari ham tashkil etilib, ular, 
odatda, ishsizlik darajasi yuqori bo„lgan yirik shaharlarda tashkil etiladi. 
Tadbirkorlik hududlari maydoni 2,5-5 km kv. ni tashkil etadi, ayrim hollarda, 13 
km kv. Maydongacha joyni egallab, bunda chegara belgilanmaydi, aksincha, unda 
joylashgan kompaniya maqomi (statusi) bilan ajralib turadi. 


247 
AQShda tadbirkorlik hududlariga talablar: 
1. Tadbirkorlik hududi tashkil etiladigan tumandagi aholining shaxsiy yoki 
oilaviy daromadi mazkur shahardagi yoki mamlakatdagi o„rtacha daromadning 80% 
idan kam bo„lishi lozim. 
2. Bu tumandagi ishsizlik darajasi mazkur shahar yoki mamlakatdagi o„rtacha 
ishsizlik darajasidan sezilarli darajada yuqori bo„lmog„i lozim. 
Bundan tashqari, XX asrning 50 yillaridan AQShda texnoparklarning vujudga 
kelishi va rivojlanishi kuzatildi. Texnoparklar iqtisodiyot tarmoqlari va shtatlarning 
ilmiy-texnikaviy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shu sababli 
G„arbiy Yevropa bugungi kunda texnoparklarni tashkil etishga qanchalik e‟tiborni 
kuchaytirmasin, AQSh taraqqiyotidan hamon ortda qolmoqda. Bu esa AQShning 
texnoparklarni tashkil etishdagi erishgan yutuqlarining yuksakligini hamda ularni 
tashkil etishdagi qo„yilgan maqsadlarga samarali tarzda erishayotganligidan dalolat 
beradi. 
Texnoparklar bugungi innovatsion rivojlanish davrida AQSh iqtisodiy o„sishini 
ta‟minlashda muhim omil bo„lib xizmat qilmoqda. Bu esa uning IT sohasida hamon 
dunyodagi yetakchi raqobatchilardan bo„lib kelishiga sabab bo„lmoqda. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling