Эркин иқтисодий ҳудудлар
Offshor hududlarning tashkil etilishining
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
11.2. Offshor hududlarning tashkil etilishining
jahon tajribasi Jahon xo„jaligida juda keng tarqalgan erkin savdo, eksport-ishlab chiqarish va ilmiy-sanoat hududlari, bugungi kunga kelib, offshor markazlarini tashkil etish va rivojlantirish nazariyasi va amaliyoti bilan to„ldirlmoqda. Xalqaro offshor biznesi mamlakatlar aro tashqo iqtisodiy aloqalarni bo„yicha tadbirkorlik investitsiyalari va ssudalarni harakatlantirishda o„sib boruvchi, ya‟ni progressiv rolni bajarmoqda. Offshor hududlari va soliq gavanlari, birgalikda servis hududlarini tashkil etadi. Offshor hududlari va soliq gavanlari tadbirkorlarni qulay valyuta-moliya, fiskal sharoitlar, bank va tijorat sirlarining yaxshi saqlanishi, davlat boshqaruvining kamligi bilan o„ziga jalb qiladi. Offshor markazlari deyilganda, umumiy ko„rinishda, faoliyatlari bo„yicha soliqqa tortishning imtiyozli tizimi amal qiladigan chet el, xorijiy kompaniyalarning o„z hududdida faoliyatini tashkil etuvchi mamlakatlar yoki hududlar tushuniladi. Offshor markazlarida ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar davlat yurisdiktsiyasi ostida bo„ladi va mahalliy qonunchilikga qat‟iy amal qilishlari majburdir. Offshor hududlar faoliyat ko„rsatuvchilarga soliq imtiyozlari va faoliyat erkinligi beriladi, valyuta nazorati olib tashlanadi, har turdagi valyutada operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin, moliyaviy operatsiyalar anonimligi ta‟minlanadi. Offshorning klassik varianti offshor hududlarida faqatgina norezidentlar xo„jalik va moliyaviy faoliyat olib borishlarini nazarda tutgan. Offshor hududlarida soliq imtiyozlari turli xil variantlarda bo„lishi mumkin. Irlandiya va Liberiya offshor hududlarida soliq umuman olinmaydi. Shveysariyada soliqlar juda ham past stavkalarda olinadi. Lixtenshteyn va Antil orollari offshor hududlarida soliq sifatida yagona to„lov amalga oshiriladi, bu kabi hududlarda yana yillik ro„yxatga olish badallari, bank va sug„urta xizmatlaridan foydalanganlik uchun to„lov, trast faoliyati uchun litsenziya to„lovlari ham olinadi. Shimoliy Samoada esa buxgalteriya hisobi tartibi kompaniya egalarining hohishi bo„yicha tanlanadi. Zamonaviy offshor biznesining asoslari britaniyalik yuristlar, bankirlar, sug„urtachilar va yuristlari tomonidan ishlab chiqarilgan va amalga oshirilgan. Shuning uchun birinchi “soliq gavanlari” Britaniyada tashkil etilgan. Buyuk Britaniya 320 va boshqa bir qator mamlakatlar hukumatlari qonunchilikka ma‟suliyatni cheklashni kiritishdi, bu vaziyatda maksimal yo„qotish aksioner kapitaliga teng bo„ladi. Bu ishchan investitsiyalashni qo„llab-quvvatlash uchun amalga oshirilgandi, bankrotlik yuz bergan hollarda kreditorlar kompaniya egasining mulkiga egalik qilish huquqiga ega bo„ldilar. Bu kabi ma‟suliyat cheklashning yo„lga qo„yilishi mamlakatda ishchi faoliyatni jonlanishiga olib keldi. Bundan tashqari, jismoniy shaxslar va kompaniyalarga turli xil soliqlar qo„yilardi, bu esa soliq tizimini rejalashtirishni amalga oshirish imkoniyatini berdi, amaliyotda esa bu soliq stavkalarini pasaytirishning qonuniy yo„llarini izlab topish deb tushuniladi. Eng birinchi tashkil etilgan offshor hududlariga Men, Gernsi, Djersi, Gibraltar orollari hamda Irlandiya va Panamalar misol bo„la oladi. Xuddi mana shu mamlakat va hududlar uzoq vaqt davomida, nafaqat, Yevropa biznesi imkoniyatlarini, balki, o„z hududlarida offshor operatsiyalarining salmoqli ulushini amalga oshirishgan. Hozirda esa offshor kompaniyalar faoliyat ko„rsatayotgan davlatlar qatoriga Lixtenshteyn, Panama, Normandiya orollari, Men orollari (Britaniya), Antil orollari, Gonkong, Madeyra, Liberiya, Irlandiya, Shveytsariya va boshqalar kiradi. Oxirgi o„n yillikda bular tarkibiga Malta, Mavrikiya, Garbiy Samoa, Isroil, Malayziya (Labuan oroli) va boshqa davlatlar qo„shildi. Offshor hududlardagi sanoat, savdo, bank, sug„urta va boshqa kompaniyalar, yo umuman, soliqqa tortilmaydi (Irlandiya, Liberiya), yoki kichik miqdordagi soliqlar to„laydi (Lixtenshteyn, Antil orollari, Panama, Men oroli va b.). Masalan, Shveytsariyada nisbatan kam soliq miqdori belgilan-gan. Bu soliq ma‟lum holatlarda umuman to„lanmasligi mumkin. Shuningdek, offshor hududlar valyuta cheklashlarining yo„qligi, daromadni olib chiqish erkinligi, xorijiy investorlar uchun bojlarning yo„qligi bilan ajralib turadi. Offshor hududlarni tashkil qiluvchi davlatlar qo„shimcha xorijiy kapital jalb qilish, offshor hududda ro„yxatga olingan korxonadan foyda olish, mahalliy mutaxassislar uchun qo„shimcha ish joylari tashkil qilinishi orqali foyda ko„radilar. Odatda, offshor biznes bank, sug„urta ishi, dengiz kemachiligi, ko„chmas mulk bilan operatsiyalar, trast faoliyati, eksport-import operatsiyalari, konsaltingda jamlanadi. Ba‟zi ma‟lumotlarga qaraganga offshor biznesda band bo„lgan kapital 500 mlrd. doll.ga etadi. Unda kariyb 2 mln. kishi qatnashadi va har yili bir necha ming yangi kompaniyalar ro„yxatga olinadi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling