Эркин иқтисодий ҳудудлар
Offshor hudularda offshor kompaniyalar va ularning turlari
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
11.5. Offshor hudularda offshor kompaniyalar va ularning turlari
Offshor hududlarda offshor kompaniyalar faoliyatining rivojlanishi tez sur‟atlarda yuz berishi kuzatiladi. Bunga o„ziga xos bir qator omillar ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Shu sababli offshor hududlarda offshor kompaniyalarni tashkil etishga bo„lgan intilish tobora ortib bormoqda. Offshor kompaniyalar turlari: 1. Savdo kompaniyalari. Ushbu guruhga, nafaqat, tovarlarni sotuvchi firmalar, balki, ishlab chiqaruvchilar, yuk tashishlar bilan shug„ullanuvchi, xizmatlar ko„rsatuvchi tashkilotlar va boshqalar kiradi. 2. Xolding kompaniyalar. Bu qimmatbaho qog„ozlar va boshqa aktivlarning egalari hisoblangan tashkilotlar bo„lib, ular ushbu qimmatbaho qog„ozlarni va aktivlarni boshqa korxonalarga joylashtirishadi va moliyalashtirishadi. 3. Trast kompaniyalar omonatlar qo„yiluvchi kompaniyalar. 4. Transport kompaniyalari – kemalar va yaxtalarni ro„yxatga olish maqsadida tashkil etiladi. 5. Sug„urta – zahira fondlarini jamg„arish maqsadida yirik korxonalar tashkil etiladi. 6. Offshor moliyaviy markazlar – Kayman orollari (jahondagi yirik beshta moliyaviy markazlarga tegishli) va Karib xavzasidagi boshqa orollar Panama, Niderland, Lyuksemburg, Lixtenshteyn, Monako, Gonkong, Singapur, Shveytsariya. 7. Sug„urta markazlari – Bermud orollari – jahondagi eng yirik sug„urta offshor markazlar, Gern oroli – Yevropadagi yirik sug„urta offshor markaz, Karib xavzasidagi orollar, Lyuksemburg, Kipr, Gibraltar. 8. Xolding hududlar – Lyuksemburg (15 mingdan yuqori xoldinglar), 333 Gibraltar, Kipr, Shveytsariya, Niderland, Antil orollari, Mavrikiy, Madeyra, Lixtenshteyn, Vanuatu. 9. Kemalarni nazorat ostidagi hududlar – Panama, Liberiya, Niderland (EI uchinchi o„rinni egaluvchi, ko„p yuk qabul qiluvchi flot), Lyuksemburg (dengizga chiqish imkoniyati yo„q), Vanuatu va boshqalar. 10. Xarid qiluvchi va vositachi savdo hududlari – Seyshel orollari, Lixtenshteyn, Vanuatu, Karib havzasi orollari, Gibraltar, Gonkong. 11. Investitsion faoliyatni barpo etish hududlari – Shveytsariya, Lixtenshteyn, Seyshel orollari, Vanuatu, Karib havzasi orollari, Gibraltar, Gonkong, Gernsi oroli, Lyuksemburg, Niderland Antil orollari, Kipr. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling