Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
11.3-jadval.
Soliqlar to„lash bo„yicha birinchi yigirmatalik mamlakatlarning reytingdagi o„rni 105 № Mamlakatlar Umuman soliq to„lashning osonligi Soliq to„lovlarining soni Soliq majburiyatlarini bajarish uchun vaqt Umumiy soliq yuki 1 Maldiv orollari 1 1 1 2 2 Singapur 2 5 3 14 3 Gonkong (XXR) 3 3 13 15 4 BAA 4 31 2 3 5 Ummon 5 31 5 11 6 Irlandiya 6 15 9 23 7 Saudiya Arabistoni 7 31 12 5 8 Quvayt 8 31 26 4 9 Yangi Zelandiya 9 10 7 45 10 Kiribati 10 7 28 31 11 Mavrikiy 11 7 52 12 12 Buyuk Britaniya 12 10 22 52 13 Daniya 13 15 37 40 14 Botsvana 14 46 39 8 15 Shveytsariya 15 68 6 24 16 Norvegiya 16 3 16 86 17 Lyuksemburg 17 58 4 47 18 Vanuatu 18 83 28 1 19 Iordaniya 19 72 20 27 20 Latviya 20 7 78 37 Jadvaldan ko„rinib turibdiki, qulay soliq muhiti bo„yicha dunyoning birinchi yigirmataligiga yetakchi Yevropa mamlakatlari (offshor soliq rejimlarining ayrim unsurlari qo„llaniladigan Buyuk Britaniyadan tashqari) va shuningdek, AQSh va Yaponiya kirmaydi. Mutaxassislarning fikricha, offshor hududlar sog„lom soliq raqobatiga ko„maklashadi, budjetning xarajatlar qismini ko„paytirishga to„sqinlik qiladi. Oxir- oqibatda ular iqtisodiy o„sishni va raqobat rivojlanishini rag„batlantirib, jahon iqtisodiyotini globallashuvining ajralmas unsuriga aylanadi. M.Desai, K.Folli va Dj.Xayns ta‟kidlashicha, “agar hozirgi offshor moliyaviy markazlar bekor qilinsa, 105 Paying Taxes 2008. The Global Picture. PriceWaterhouseCoopers. The World Bank. 2007. P. 47-49. 331 ularning o„rniga o„xshash narsa o„ylab topish zarur bo„ladi”. 80-90 yillarda AQSh TMKlarining faoliyati misolida soliq gavanlarining offshor mamlakatlar iqtisodiyotidagi ijobiy ta‟sirini ko„rsatgan edi. Bu holatlarni ushbu mualliflar birinchidan, TMKni filiallarining bosh kompaniya daromadlariga yuqori xissa qo„shishi bilan, ikkinchidan, filallar o„z faolligini offshor moliyaviy markazlarga yo„naltirib, o„z mamlakati hududini investorlar uchun yanada jozibali qilishi bilan tushuntiradi. Bir qator mutaxassislar offshor hududlarni soliq raqobatida ishtirok etishini qoralash mumkin emas, deb hisoblaydi. B.Loginovning fikricha, offshor hududlar global iqtisodiyotda o„ziniing muhim vazifalarini bajarib, rivojlangan mamlakatlarning milliy kompaniyalarini faolligini rag„batlantiradi. Bunday kompaniyalar soliqqa tortiladigan bazani kamaytirib, ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarish xajmini, bandlikni va boshqalarni oshiradi. Offshor kompaniyalarning ulkan xalqaro aktivlari faqat ro„yxatdan o„tkazilgan va xalqaro banklarning hisob- kitoblari bo„yicha qayd etiladi. Amalda esa ularning asosiy qismi rivojlangan va qisman rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga to„g„ri keladi 106 . Xaqiqatan ham, faqat soliqdan iqtisod qilish imkoniyatiga murojaat qilinsa, ko„pgina rivojlangan mamlakatlar offshor yurisdiksiyalari bilan raqobatda yutqazib, xorijiy investitsiyalarning chiqib ketishiga duch kelar edi. Lekin, xammasi, aksincha, barcha rivojlangan mamlakatlar hozirgi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi markazlar bo„lib qolmoqda. Offshor yurisdiktsiyalar amalda onshor yurisdiktsiyalarni almashtirmaydi, balki, ularni to„ldiradi, ular o„rtasidagi o„zaro munosabatlar dunyodagi umumiy iqtisodiy faollikni oshiradi. Bundan tashqari, aynan past soliqli yurisdiktsiyalardan foydalanish yuqori soliq darajasiga ega bo„lgan mamlakatlarda joylashgan kompaniyalarning faoliyat yuritishiga yordam beradi. Buning natijasida, turli yurisdiktsiyalarning raqobati oqibatida ko„pchilik mamlakatlar biznesga soliq yukini kamaytirish bo„yicha choralar ko„radi. Jahon xo„jaligida yurisdiktsiyalar, shu jumladan, offshor hududlar o„rtasida, eng avvalo soliqqa tortish va umuman olganda biznes yuritish sharoitlarini erkinlashtirish borasida raqobat kurashi shubhasiz davom etadi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling