Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
I
I. Suv ta‟minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish 41602,5 1 4. “Angren” EIZ hududida (Angren shahri qismida) suvta‟minoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish km//oby ekt 11//2 11820,9 1 5. “Urgut” EIZ hududida suv ta‟minoti obyektlarini qurish km//oby ekt 6,2//3 9929,8 1 6. “Urgut” EIZ hududida kanalizatsiya tarmoqlarini qurish km 6,5 7286,0 1 7. “Qo„qon” EIZ hududida suv quvurlari tarmog„ini qurish km 17,96 6767,3 1 8. “Xazorasp” EIZ hududida suv ta‟minoti obyektlarini qurish km 4,8 1861,5 1 9. “Kosonsoy-farm” EIZ hududida suv quvurlari tarmog„ini qurish km 5 1000 2 0. “Kosonsoy-farm” EIZ hududida kanalizatsiya tarmog„i obyektlarini qurish obyekt 1 1400 2 1. “Bo„stonliq-farm” EIZ hududida suv quvurlari tarmog„ini qurish km 3 1537 12.1-jadval ma‟lumotlaridan ko„rinib turibdiki, 2019-yilda Davlat investitsiya dasturida barcha moliyalashtirish mabnbalari hisobidan mamlakatimizda tashkil etilgan 21 ta EIHning 11 ta EIHida transport-logistika va muhanjislik-ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bo„yicha 102802,5 mln. so„mlik investitsiyalar yo„naltirilishi ko„zda tutilgan. Bu esa mazkur hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa hududlarda xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilishi va ular faoliyati rivojlanishiga ham o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Jumladan, 2016-yilda O„zbekiston hududlarida faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 5008 tani tashkil etgan bo„lsa, 2017-yilda ular soni 5517ga etdi, 2018-yil mart oyi holatiga bunday korxonlar soni 5711 taga etib, ularning 3186 tasi qo„shma korxonalar, 2525 tasi esa xorijiy korxonalar hisoblanadi 113 . Mintaqa va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga EIHlarga orqali xorijiy investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirish va shu asosda iqtisodiyotning mintaqalar kesimidagi eksport salohiyatini yanada oshirib borish lozim va buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozimdir: 1. Mintaqalar iqtisodiyotini yanada rivojlantirish imkonini beruvchi iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarning ishtirokini oshirishga katta e‟tibor qaratish lozim. 2. Ishlab chiqarishlarni eng ilg„or texnologiyalar asosida tashkil etuvchi va yangi ish o„rinlarini barpo etuvchi, mintaqalarda tayyorlanadigan xomashyolardan 113 O„zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo„mitasi ma‟lumotlari. // www.stat.uz 345 ichki va tashqi bozorlar uchun tayyor mahsulotlar tayyorlovchi loyihalarni xorijiy investitsiyalar ishtirokida moliyalashtirishga ustuvorlik berish zarur. 3. Xorijiy hamkorlar bilan ish yuritishda ularning zamonaviy bilim va tajribalaridan oqilona foydalanish, mahalliy kadrlar orasida potensial kadrlar sonini oshirib borish maqsadga muvofiqdir. 4. Mintaqalardagi infratuzilmalarni rivojlantirish orqali xorijiy investitsiyalardan samarali foydalarish tadbirlarini ishlab chiqish lozim. 5. Har bir mintaqada ma‟lumotlarning axborot-tahlil bazalarini joriy etish va hududlarning investitsiya imkoniyatlari to„g„risida investorlarni axborot bilan ta‟minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, har bir mintaqa uchun ko„rgazma va biznes-seminarlar o„tkazishni ta‟minlash lozim. 6. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida barpo etilgan korxonalar faoliyatini kengaytirish yoki takomillashtirish maqsadida joriy etiladigan yangi texnologiyalarni xalqaro lizing hisobiga ta‟minlash va shu orqali mintaqalarda xalqaro lizing munosabatlarini yo„lga qo„yish va bu munosabatlarni davlat tomonidan rag„batlantirish tizimini joriy etish lozim. 7. Mintaqalarga xorijiy investitsiya ishtirokida resurslarni tejovchi kam chiqimli yoki chiqimsiz yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish asosida eksportga yo„naltirilgan loyihalarni davlat tomonidan keng qo„llab-quvvatlash maqsadga muvofiqdir. 8. Kelgusida ham tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, eksportni har tomonlama qo„llab-quvvatlash yo„lida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: - eksport yuklarini qo„shni davlatlardan temir yo„l orqali imtiyozli narxlarda o„tkazish bo„yicha muzokaralarni izchil davom ettirish; - kelgusi yillarda ham bojxona tartiblarini keskin soddalashtirish, bojxona nazorati punktlari hamda yuklarni rasmiylashtirish postlarini tubdan isloh qilishni davom etirish; - Jahon bankining “Logistika samaradorligi indeksi”da mamlakatimiz o„rnini yuqori pozitsiyaga ko„tarish choralarini ko„rish; - milliy iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini yanada oshirib borish orqali ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish asosida ishlab chiqarishning eksportga yo„naltirilganlik salohiyatini rivojlantirish borish; - soliq yukini kamaytirish hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy etish, samarasiz soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish; - turizm eksportidan keladigan daromadni oshirish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, jumladan, 2026-yilga borib yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 9 million nafarga, jumladan, uzoq xorijdan keluvchilar sonini 2 mln. nafarga turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2,2 mlrd. AQSh dollarigacha etkazish lozim. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling