Реферат mavzu: O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning


Download 288.54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.12.2020
Hajmi288.54 Kb.
#161829
TuriРеферат
Bog'liq
ozbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ustuvor yonalishlari (1)


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON 

MILLIY UNIVERSITETI IQTISODIYOT 

FAKULTETI IQTISODIYOT YO’NALISHI 

 

XORIJIY INVESTITSIYALAR FANIDAN 

РЕФЕРАТ 


 

 

Mavzu: “O’zbekiston iqtisodiyotiga 



xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning 

ustuvor yo’nalishlari". 

 

 



 

 

 



 

 

Topshirdi: Tohirov M. 



 

 

 

 

 

 

Tekshirdi:  Rahmatova N 

 

 



 

TOSHKENT – 2014 



Reja: 

I.  Kirish 

II.   

1. Xorijiy investitsiya.

 

2. Xorijiy  investitsiyalarning  mohiyati  va  jalb  qilish 



sabablari.

 

3. ―Xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalarni 



tashkil 

etishni 


va 

ularning 

faoliyatini 

rag'batlantirishga  oid  qo'shimcha  chora-tadbirlar 

to'g'risida‖. 

4. O‘zbekiston 

iqtisodiyotida 

investitsiyalarning 

rivojlanishi. 

5. Xorijiy  investitsiyalar  va  loyihalarni  amalga  oshirish 

monitoringi boshqarmasi. 

III.  Xulosa 

IV.  Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 

 

 



 

 

 



 

 

KIRISH 

Investitsiya – taraqqiyot tayanchi 

Mamlakatimizda 

xorijiy 

investitsiya 

ishtirokidagi 

korxonalarning  erkin  faoliyat  yuritishi  uchun  zarur  kafolatlar, 

qulay  tashkiliy  va  huquqiy  shart-sharoit  yaratilgan.  Xususan, 

ro‗yxatga olish, hisobotlarni taqdim etish, ruxsatnomalar berish 

tartib-qoidalari  soddalashtirildi.  Huquqiy  ta‘sir  choralari  faqat 

sud orqali amalga oshirilmoqda.  

O‗zbekiston  Adliya  vazirligi  tomonidan  xorijiy  investorlar 

va  xorijiy  investitsiya  ishtirokidagi  korxonalar  huquqlarini 

ta‘minlash borasida izchil ishlar olib borilayotir. Bunda Vazirlar 

Mahkamasining  2003  yil  2  mayda  qabul  qilingan  ―To‗g‗ridan-

to‗g‗ri  xorijiy  investitsiyalarni  huquqiy  himoya  qilishni 

kuchaytirishga  doir  qo‗shimcha  chora-tadbirlar  to‗g‗risida‖gi 

qarori muhim omil bo‗lmoqda.  

Poytaxtimizda 

xorijiy 

investitsiyalar 

ishtirokidagi 

korxonalarning  faoliyatiga  bag‗ishlangan  seminarda  shu  haqda 

gap bordi.  

Toshkent  shahar  hokimining  o‗rinbosari  F.Ziyayev  va 

boshqalar 

Prezidentimiz 

Islom 

Karimov 


rahnamoligida 

yurtimizda  qulay  investitsiya  muhitining  yaratilgani  samarasida 

iqtisodiyotimizga  kiritilayotgan  xorijiy  investitsiyalar  hajmi 

izchil  o‗sayotganini  ta‘kidladi.  Investitsiya  dasturlarini  amalga 



oshirish  natijasida  yangi  obyektlar  ishga  tushirilmoqda,  ishlab 

chiqarish hajmi o‗sib, yangi ish o‗rinlari yaratilmoqda.  

Seminarda  xorijiy  investitsiya  ishtirokidagi  korxonalarga 

berilayotgan  imtiyoz  va  kafolatlar  bo‗yicha  amaldagi  qonun 

hujjatlariga kiritilgan o‗zgartish va qo‗shimchalar haqida batafsil 

ma‘lumot 

berildi. 

Shuningdek, 

poytaxtimizda 

faoliyat 

yuritayotgan  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalarni 

huquqiy himoya qilish borasidagi ishlar tahlil etildi.  

Joriy  yilning  o‗tgan  davrida  Toshkent  shahar  adliya 

boshqarmasiga  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalar 

tomonidan  tushgan  qirqdan  ortiq  murojaat  ko‗rib  chiqilgan. 

Tadbirkorlik  sohasidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi 

yuzasidan sudlarga da‘vo arizalari kiritilgan. Natijada, qo‗shma 

korxonalar  foydasiga  jami  423  million  so‗mdan  ortiq  pul 

mablag‗i  undirilgan.  Qonun  buzilishiga  yo‗l  qo‗ygan  tegishli 

idoralarga taqdimnoma, ogohlantirish va ko‗rsatmalar kiritilgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 


 

 


Xorijiy investitsiya 

Xorijiy  investitsiyalar  —  chet  el  investorlari  tomonidan 

yuqori  darajada  daromad  olish,  samaraga  erishish  maqsadida 

mutloq  boshqa  davlat  iqtisodiyotining,  tadbirkorlik  va  boshqa 

faoliyatlariga  safarbar  etadigan  barcha  mulkiy,  moliyaviy, 

intellektual 

boyliklaridir. 

Chet 


el 

investitsiyalari 

ichki 

investitsiyalardan  farqli  holda  tashqi  moliyalashtirish  manbaiga 



kiradi.  Ular  milliy  iqtisodiyotga  chetdan,  ularning  kelishini 

ragʻbatlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb 

qilishning  hamma  shakllari  ha  moliyalashtirishning  tashqi 

manbai bulmasligi mumkin. Bu birinchi navbatda foiz to'lovlari 

bilan  qaytarishni  talab  etadigan  kreditlar  va  qarzlarga  taaluqli. 

Chunki,  chet  el  kreditlari  va  xalqaro  moliya  institutlari  qarzlari 

maʼlum  vaqt  o'tgach  asosiy  qarz  bilan  birga  belgilangan 

foizlarining  qaytarilishini  talalb  etadi.  Chetdan  jalb  etiladigan 

xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig 

o'ziga  xos  farqlari  mavjuddir.  Bu  borada  xorijiy  investitsiyalar 

risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi. 

O'zbekiston qonunchiligi 

 

„Chet  el  investitsiyalari  toʻgʻrisida―gi  Qonunga  koʻra 



Oʻzbekiston  Respublikasida  chet  ellik  investorlar 

quyidagilar boʻlishi mumkin: 

 

chet el davlatlari, chet el davlatlarining maʼmuriy yoki 



hududiy organlari; 

  davlatlararo  bitimlar  yoki  boshqa  shartnomalarga 



muvofiq  tashkil  topgan  yoki  xalqaro  ommaviy  huquq 

subʼektlari boʻlgan xalqaro tashkilotlar; 



  chet  el  davlatlarining  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

tashkil topgan va faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuridik 

shaxslar  boshqa  har  qanday  shirkatlarlar,  tashkilotlar 

yoki uyushmalar; 

  chet  el  davlati  fuqarolari  boʻlmish  jismoniy  shaxslar, 



fuqaroligi  boʻlmagan  shaxslar  va  chet  ellarda  doimiy 

yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari. 

Xorijiy investitsiyalarning shakllari 

Bugungi  kunda  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilishning  bir 

qancha shakllari mavjud: 

 ulush qoʻshib qatnashishi orqali qoʻshma korxonalarni 

tashkil etish; 

 100  %  mol-mulk  xorijiy  investorga  tegishli  boʻlgan 

xorijiy korxonalarni tashkil etish

 yirik  xorijiy  kompaniya  va  firmalarning  shoʻʼba 

korxonalari va filiallarini tashkil etish; 

 konsessiya va lizing sharnomalari tuzish; 

 tenderlar eʼlon qilish; 

 erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish; 

 moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish. 

 

 



 

 

 



Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish 

sabablari. 

«Investitsiya»  atamasi  lotin  tilidagi    «invest»  so`zidan  kelib 

chiqqan  bo`lib  «qo`yish»,  «mablag`ni  safarbar  etish»,  «kapital 

qo`yilmasi»  ma`nosini  beradi.  Keng  ma`noda  investitsiya 

mablag`ni  ko`paytirib  va  qaytarib  olish  maqsadida  kapitalni 

safarbar  etishni  bildiradi.  Ko`pgina  hollarda  «investitsiya» 

tushunchasi 

iqtisodiy 

va 

boshqa 


faoliyat 

ob`ektlariga 

kiritiladigan  moddiy  va  nomoddiy  ne`matlar  hamda  ularga  doir 

huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi 

milliy  va  intelektual  boyliklar  tushunilib,  ular  tadbirkorlik 

faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-

bir  ijobiy  samaraga  erishishi  zarur.  Investitsiya  kiritishdan 

asosiy  maqsad  daromad  olish  va  ijobiy  ijtimoiy  samaraga 

erishishdir. 

Iqtisodiy  kategoriya  sifatida  investitsiya  quyidagicha 

tasniflanadi: 

  Birlamchi  (avaylangan)  jamg`arilgan    kapitalni  ko`paytirish 



maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob`ektlariga joylashtirish

  Investitsion 



loyihalarni 

amalga 


oshirish 

jarayonida 

investitsiya  faoliyati  ishtirokchilari  o`rtasida  vujudga  keladigan 

iqtisodiy munosabatlardir. 

Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to`g`risida 

o`zimizda  qabul  qilingan  qonunlarning  tahlilidan  kelib  chiqib, 

investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin: 

 moliyaviy investitsiyalar; 



 moddiy investitsiyalar; 

 aqliy (intellektual)  investitsiyalar. 



Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  shar  bir  investitsiya  turining 

o`ziga  xos  o`rni  bo`ladi.  Moliyaviy  investitsiyalar  tarkibiga 

mashalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi 

omonatlar,  depozit  sertifikatlar,  aktsiyalar,  obligatsiyalar, 

veksel‘‘lar 

va 


boshqa 

qimmatli 

qog`ozlar 

shamda 


tenglashtirilgan boyliklar kiradi. 

Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya`ni binolar, 

asbob-uskunalar,  inshootlar,  kommunikatsiyalar  va  boshqa 

turdagi  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarining  aktiv  va  passiv 

qismlari kiradi. 

Aqliy  (intellektual)    investitsiyalar  miqdori  juda  rang-

barangdir, ya`ni ular mulkiy shuquqlar shaklidagi investitsiyalar 

aqliy  meshnatga  oid  shakldagi  investitsiyalar    va  tabiiy  

resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat. 

Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning xillari 

bozor  munosabatlarining  nechog`lik  rivojlanganligiga,  milliy 

bozorlarning o`ziga xos tomonlariga qarab har xil bo`ladi. Aqliy  

mehnatga  oid  haq-huquqlar  shaklidagi  investitsiyalar  tarkibiga 

mualliflik  huquqlari,  ―nou-xau‖,  kashfiyotlar,  tovar  belgilariga 

beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi. 

Investitsiyalar  –  bu  hali  buyumlashmagan,  lekin  ishlab 

chiqarish  vositalariga  qo`yilgan  kapital.  O`zining  moliyaviy 

shakliga  ko`ra,  ular  foyda  olish  maqsadida  xo`jalik  faoliyatiga 

qo`yilgan  aktivlar  hisoblansa,  iqtisodiy  xususiyatiga  ko`ra,  u 

yangi  korxonalar  qurishga,  uzoq  muddatli  xizmat  ko`rsatuvchi 

mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog`liq bo`lgan 

aylanma 


kapitalning 

o`zgarishiga 

ketgan 

harajatlardir. 



Investitsiyalar  xususiy  sektor  va  davlat  tomonidan  mamlakat 

ichkarisida  va  uning  tashqarisida  turli  ishlab  chiqarishlarga  va 

qimmatbaho  qog`ozlarga  (aktsiyalar,  obligatsiyalar)  qo`yilishi 

mumkin. 


Investitsiyalar – bu yangi korxonalar qurilishiga, mashina va 

asbob-uskunalar  sotib  olishga,  ya`ni  yangi  kapitalni  barpo 

etishga  ketgan  harajatlardir.Investitsiyaga  ketgan  harajatning 

miqdori  ikki  omilga  bog`liq:  birinchisi  –  sof  foydaning 

kutilayotgan  me`yori,  qaysiki  uni  tadbirkorlar  investitsiyaga 

ketgan  harajatlaridan  olishni  mo`ljallaydi;  ikkinchisi  –  foiz 

stavkasi yoki tadbirkor real kapitalni sotib olishga zarur bo`lgan 

pulga  ega  bo`lishi  uchun  to`lashi  lozim  bo`lgan  baho.  Agarda, 

kutilayotgan  foyda  me`yori  foiz  stavkasidan  yuqori  bo`lsa, 

investitsiyalash  foydali  va  aksincha,  foiz  stavkasi  kutilayotgan 

foyda  me`yoridan  yuqori  bo`lsa,  investitsiyalash  foydali 

bo`lmay qoladi. 

Bir  davlatdan  boshqa  davlatga  daromad  olish  uchun 

yunaltirilgan  har  qanday  shakldagi  mulkni  to`la  qonli  xorijiy 

investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari 

borki,  biz  ularni  xorijiy  investitsiya  deya  olmaymiz.  Masalan, 

elchixona  chet  davlat  mulki  xisoblanadi,  yoki  xorijiy  fuqaro 

shaxsiy  uy  sotib  olsa  bu  xorijiy  shaxs  mulki  xisoblanadi,  lekin 

xorijiy investitsiya bo`la olmaydi.  

Xorijiy  investitsiyalar  -  bu  chet  el  investorlari  tomonidan 

yuqori  darajada    daromad  olish,  samaraga  erishish  maqsadida 

mutloq  boshqa  davlat  iqtisodiyotining,  tadbirkorlik  va  boshqa 

faoliyatlariga  safarbar  etadigan  barcha  mulkiy,  moliyaviy, 

intellektual 

boyliklaridir. 

Xorijiy 


investitsiyalari 

ichki 


investitsiyalardan  farqli  holda  tashqi  moliyalashtirish  manbaiga 

kiradi.  Xorijiy  investitsiyalarning  ichki  investitsiyalardan  farqi 

shundaki,  ularda  investor  boshqa  mamlakat  fuqarosi  buladi. 

Iqtisodiy  mazmuniga  ko`ra  xorijiy  investitsiyalar  ssuda  kapitali 

(ya`ni  qarz  va  kredit),  xamda  bevosita  va  portfel‘ 

investitsiyalarga 

bulinadi. 

Investitsiyalar 

nimaga 


yunaltirilganligi  ular  kaysi  xorijiy  investitsiya  turiga  kirishini 

belgilaydi. 

Xorijiy  investitsiyalar  qo`shma  korxonalarda  o`z  xissasi  bilan 

katnashib, 

xorijiy 

investorlarga 

to`liq 

tegishli 



bo`lgan 

korxonalarni  yaratish,  xususiylashtirishda  katnashish,  xorijiy 

sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaxo qog`ozlarni sotib olishi, 

er  va  boshka  tabiiy  resurslardan  foydalanish  xuquqiga  ega 

bulishi,  erkin  iqtisodiy  hududlarda  faoliyat  olib  borishlari 

mumkin. 


Xorijiy  investitsiyalarga  asosan  2  gurux  omillar  ta`sir 

ko`rsatadi: 

1) iqtisodiy omillar: 

-ishlab 


chiqarishning 

rivojlanishi 

va 

iqtisodiy 



usish 

sur`atlarining bir maromda ushlab turilishi; 

-jahon  va  aloxida  mamlakatlar  iqtisodiyotida  chukur  tarkibiy 

siljishlarning amalga oshirilishi (ayniksa, fan-texnika tarakkiyoti 

yutuklari va jahon xizmatlar bozori tarakkiyoti ta`siri ostida olib 

borilishi); 

-ishlab 

chiqarishni 

xalqaro 

ixtisoslashuvi 

va 

kooperatsiyalashuvining chukurlashuvi; 



-jahon  iqtisodiyotini  transmilliylashtirilishini  o`sib  borishi 

(AKSH Transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining 

maxsulot  ishlab  chiqarish  xajmi  AQSH  tovar  eksportidan  4 

marotaba ortikdir); 

-ishlab  chiqarishning  baynalminallashuvi  va  integratsiya 

jarayonlarining chukurlashib borishi; 

-xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar  (XIM)ning  faol  rivojlanishi  va 

boshk. 

2) siyosiy omillar: 



-kapital  eksporti  (importi)ni  erkinlashtirish  (Erkin  iqtisodiy 

hududlar (EIX), offshor hududlari va boshq.); 

-rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib 

borish; 


-iqtisodiy  isloxotlarni  olib  borish  (davlat  korxonalarini 

xususiylashtirish,  xususiy  sektorni  va  kichik  biznesni  qo`llab-

quvvatlash); 

-bandlik  darajasini  ushlab  turish  siyosatini  olib  borish  va 

boshqalar. 

 

 



 

 

 

 

“Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni 

tashkil etishni va ularning faoliyatini rag'batlantirishga oid 

qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 

(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 

1996 y., 5-6-son, 84-modda; 2003 y., 6-7-son, 93-modda) 

O‗zbekiston  Respublikasi  hududida  xorijiy  investitsiyalar 

ishtirokidagi  ishlab  chiqarish  korxonalarining  tashkil  etilishi  va 

ularning  faoliyat  ko‗rsatishi  uchun  qulay  shart-sharoitlar 

yaratish, 

ularning 

respublikaning 

iqtisodiy 

salohiyatini 

mustahkamlashga 

hamda 

jahon 


iqtisodiyotiga 

integratsiyalashishga qo‗shadigan hissasini oshirish maqsadida: 

1.  Belgilansinki,  eksportga  mo‗ljallangan  va  importning 

o‗rnini  bosuvchi  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  xorijiy 

investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalarni  tashkil  etishni  va 

ularning  samarali  faoliyat  ko‗rsatishini  rag‗batlantirish 

O‗zbekiston  Respublikasining  tashqi  iqtisodiy  va  investitsiya 

siyosatidagi muhim ustuvorlik hisoblanadi. 

2.  O‗zbekiston  Respublikasining  qonunchiligida  xorijiy 

investorlarning  mulkka  va  olingan  daromadni  olib  ketishga 

bo‗lgan  huquqi  himoya  qilinishini  ta‘minlovchi,  ular  uchun 

qulay 


investitsiya 

muhitini 

yaratuvchi 

kafolatlar 

va 

imtiyozlarning  keng  tizimi  belgilanganligi  ilovaga  muvofiq 



ma‘lumot uchun qabul qilinsin. 

Xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalarni  tashkil 

etish,  ro‗yxatdan  o‗tkazish  va  ularning  faoliyat  ko‗rsatishi 

tartibini  murakkablashtiruvchi  idoraviy  hujjatlar  chiqarish, 



hukumat 

qarorlarida 

nazarda 

tutilmagan 

qo‗shimcha 

ma‘lumotlar va hujjatlarni so‗rash taqiqlansin. 

Tegishli  idoralar  va  tuzilmalarning  rahbarlari  ularning 

faoliyatiga  eng  avvalo  xorijiy  investitsiyalar  jalb  qilinishiga  va 

qo‗shma 

ishlab 


chiqarishlar 

soni 


ko‗payishiga 

ko‗maklashishlariga  va  rag‗batlantirishlariga  qarab  baho 

berilishi haqida ogohlantirib qo‗yilsin. 

3.  «O‗zistiqbolstat»  davlat  qo‗mitasi,  O‗zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar 

vazirligi,  Adliya  vazirligi  ikki  hafta  muddatda  xorijiy 

investitsiyalar 

ishtirokidagi 

korxonalarni 

eksportga 

mo‗ljallangan  va  importning  o‗rnini  bosuvchi  mahsulot  ishlab 

chiqaruvchi  ishlab  chiqarish  korxonalariga  mansub  deb 

hisoblash  tartibi  to‗g‗risidagi  nizomni  ishlab  chiqsinlar  va 

tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 

4. Eksportga mo‗ljallangan va importning o‗rnini bosuvchi 

mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi 

korxonalar  uchun  1996  yil  1  iyundan  boshlab  quyidagi 

qo‗shimcha imtiyozlar joriy qilinsin: 

  ularga  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  uchun  soliq 



krediti  olish  huquqi  berilsin,  ya‘ni  byudjetga 

to‗lanadigan  foydadan  olinadigan  soliq,  qo‗shilgan 

qiymat  solig‗i  va  er  solig‗i  yuzasidan  to‗lovlar  ikki 

yilgacha muddatga kechiktirilsin; 

  ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi kamida 500 ming 



AQSh  dollarini  tashkil  etgan  korxonalar  mulk  solig‗i 

to‗lashdan ozod qilinsin. 



 (5-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2003  yil 

16  iyuldagi  PF-3276-sonli  Farmoniga  muvofiq  o‘z  kuchini 

yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 6-7-son, 93-

modda) 

6. 


O‗zistiqbolstat» 

davlat 


qo‗mitasi, 

O‗zbekiston 

Respublikasi  Davlat  mulki  qo‗mitasi,  Moliya  vazirligi,  Tashqi 

iqtisodiy  aloqalar  vazirligi,  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi 

Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari 

manfaatdor  vazirliklar,  idoralar,  uyushmalar,  konsernlar  va 

korporatsiyalar  ishtirokida  3-bandga  muvofiq  tarmoqlar,  ishlab 

chiqarish  faoliyati  sohalari,  respublika  hududlari  bo‗yicha 

xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalar  tashkil  etish 

bo‗yicha 

investitsiya 

takliflarini 

bir 

oy 


muddatda 

aniqlashtirsinlar  va  ularni  amalga  oshirish  chora-tadbirlarini 

ko‗rsinlar. 

O‗zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligi,  Tashqi 

iqtisodiy  aloqalar  vazirligi,  Xorijiy  sarmoyalar  bo‗yicha 

agentlik,  «O‗zbekinvest»  milliy  sug‗urta  kompaniyasi  ko‗rsatib 

o‗tilgan  ustuvor  investitsiya  takliflari  ro‗yxatini  chet  el 

elchixonalari 

va 

vakolatxonalariga, 



manfaatdor 

xorijiy 


banklarga, firmalar va kompaniyalarga etkazsinlar. 

7.  O‗zbekiston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar 

vazirligi,  Tashqi  ishlar  vazirligi,  «O‗zistiqbolstat»  davlat 

qo‗mitasi, Davlat mulki qo‗mitasi hamda Fan va texnika davlat 

qo‗mitasi  Xorijiy  sarmoyalar  bo‗yicha  agentlik  bilan  birga 

xorijiy  investitsiyalarni  axborot  bilan  ta‘minlashning  yagona 



tizimini  1996  yil  oxirigacha  ishlab  chiqsinlar  va  joriy  etsinlar, 

bunda quyidagilarni nazarda tutsinlar: 

  respublikada 



amalga 

oshirilayotgan 

iqtisodiy 

islohotlarning  yo‗nalishi  va  borishi,  iqtisodiyotga 

investitsiya 

qo‗yishning 

shartlari 

va 


ustuvor 

yo‗nalishlari,  imtiyozlar  va  kafolatlarning,  investorlar 

huquqlari 

va 


manfaatlarini 

himoya 


qilishning 

amaldagi  tizimi  bilan  xorijiy  investorlarning  keng 

doirasini tanishtirish; 

  xorijiy  investorlarni  zarur  qonunchilik  va  normativ 



hujjatlar, 

yo‗riqnoma 

va 

axborot-ma‘lumot 



materiallari bilan ta‘minlash; 

 



axborot  tarmog‗ini  hamda  ustuvor  investitsiya 

takliflarini  va  mamlakatimizdagi  va  chet  eldagi 

potensial  sheriklar  to‗g‗risida  yagona  ma‘lumotlar 

bazasini yaratish. 

8.  O‗zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki,  Tashqi 

iqtisodiy  milliy  banki  hisob-kitoblar  tartibini  soddalashtirish  va 

xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ko‗rsatiladigan 

bank  xizmatlari  tizimini  takomillashtirish  yuzasidan  bir  oy 

muddatda takliflar kiritsinlar. 

9.  O‗zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligi,  Ichki 

ishlar 

vazirligi 



soddalashtirilgan 

viza 


rejimini, 

xorijiy 


investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar takliflariga binoan va ish 

yuzasidan sherikchilik aloqalari o‗rnatish uchun keluvchi chet el 

fuqarolari  va  mutaxassislarining  kelishlari  va  ketishlari, 


yashashlari hamda respublika hududi bo‗ylab yurishlari tartibini 

ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 

10.  O‗zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  Moliya 

vazirligi, Davlat soliq qo‗mitasi, Markaziy bank amaldagi qonun 

hujjatlariga  mazkur  Farmondan  kelib  chiqadigan  o‗zgartirishlar 

va  qo‗shimchalar  kiritishga  oid  takliflarni  bir  oy  muddatda 

tayyorlasinlar. 

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti  

I. KARIMOV 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning 

rivojlanishi 

Hozirgi  kunda  mamlakatimiz  iqtisodiyotiga  chet  el 

investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, 

ularni  huquqiy  himoya  qilishning  amaliy  mexanizmiarini  joriy 

etish  va  investitsion  muhitni  yanada  yaxshilash  iqtisodiy 

rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.  

     Shu  o‘rinda  ―Chet  ellik  investorlar  huquqlarining 

kafolatlari  va  ularni  himoya  qilish  choralari  to‘g‘risida‖gi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuniga  muvofiq  va  respublikaga 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilish  uchun 

yanada 

qulay 


shart-sharoitlarni 

ta‘minlash, 

xorijiy 

investitsiyalarni  ishonchli  huquqiy  himoya  qilishning  amaliy 

mexanizmini  barpo  etish,  mana  shu  asosda  mamlakatdagi 

investitsiya  muhitini  yanada  yaxshilash  maqsadida  2003  yil  2-

mayda  205-son  ―To‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalarni 

huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-

tadbirlar  to‘g‘risida‖  gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  alohida  qarori  qabul  qilinganligini  aytib  o‘tish 

joizdir. 

     О‘zbekiston  iqtisodiyoti  bugun  jahon  iqtisodiyotining 

ajralmas  qismiga  aylandi.  Mamlakatimiz  eksport  salohiyati 

yildan-yilga  oshmoqda,  tashqi  bozorlarga  xomashyo  emas, 

yuqori  qo‘shimcha  qiymatga  ega  tayyor  mahsulotlar  yetkazib 

berilmoqda.  O‘zbekiston  sanoatini  rivojlantirish  bo‘yicha 

belgilangan  ustuvor  yo‘nalishlar  amalga  oshirilayotgan 

investitsiya  siyosati  bilan  bevosita  bog‘liqdir.  O‘zbekistonda 



investorlar  uchun  qulay  investitsiya  muhiti,  imtiyozlar  va 

preferensiyalar 

tizimi 

yaratilgan. 



Iqtisodiyotimizga 

jalb 


etilayotgan  xorijiy  investitsiyalar  oqimining  yildan-yilga 

ko'payib borayotgani ham shundan dalolat beradi. 

     Mamlakatimizning 

investitsion 

jozibadorligi 

keng 


ko‘lamli  sotish  bozorlarining  mavjudligi,  Yevroosiyoning 

investitsion  hamda  savdo-iqtisodiy  hamkorlik  istiqbollarini 

belgilab 

beruvchi 

multimodal 

kommunikatsiya 

tizimiga 

integratsiyalashgan  transport  infratuzilmasining  rivojlangani 

bilan  ham  bog‘liq.  O‘zbekistonga  investitsiya  kiritayotgan 

xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan 

bozor-  300  milliondan  ortiq  kishi  savdo-sotiq  qiladigan 

bozorlarga  ega  MDH  mamlakatlari,  Markaziy  va  Sharqiy 

Yevropa,  Janubiy  hamda  Janubi-sharqiy  Osiyo,  Yaqin  Sharq 

davlatlariga  chiqish  imkoniga  ega  bo‘lmoqda.  Xalqaro 

investitsiya  huquqining  asosiy  qoidalari,  jumladan,  xorijiy 

investorlar  huquqlarini  kafolatlash,  investorlarga  muayyan 

preferensiyalar taqdim etish to‘g‘risidagi qoidalar va boshqalarni 

o‘zida  mujassam  etgan.  O‘zbekiston  Respublikasining 

investitsiya  qonunchiligi  MDH  mamlakatlari  qonunchilik 

tizimida  yetakchi  o‘rinlardan  birini  egallaydi.  ―Xorijiy 

investitsiyalar 

to‘g‘risida‖gi, 

―Investitsiya 

faoliyati 

to‘g‘risida‖gi,  ―Chet  ellik  investorlar  huquqlarining  kafolatlari 

va  ularni  himoya  qilish  choralari  to‗g‗risida‖gi  qonunlar, 

shuningdek,  davlatimiz  rahbarining  va  hukumatimiz  qarorlari 

shaklida  qabul  qilinayotgan  qator  me‘yoriy-huquqiy  hujjatlar 

O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni 


huquqiy jihatdan tartibga solishda mustahkam asos bolib xizmat 

qilmoqda. 

     Jumladan,  yuqori  texnologiyali  ishlab  chiqarishlarni 

rivojlantirishga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  qo‗yilmalar  kiritayotgan 

xorijiy  investorlar  uchun  maksimal  darajada  qulay  investitsiya 

muhitini  yaratish.  ishlab  chiqarishlarni  modernizatsiya  qilish, 

texnik  va  texnologik  yangilash  bo‘yicha  loyihalarni  amalga 

oshirish 

uchun 

xorijiy 


investitsiyalar 

jalb 


etilishini 

rag‘batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi 

turli  byurokratik  g‘ovlar  va  to‘siqlarni  bartaraf  etish,  xorijiy 

investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalar  faoliyatiga  davlat  va 

nazorat  idoralari  tomonidan  noqonuniy  aralashuvlarga  yo‘l 

qo‘ymaslik  maqsadida  2012-yilning  10-aprelida  Prezidentimiz 

Islom  Karimovning  ―To‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalar 

jalb  etilishini  rag‘batlantirishga  oid  qo‘shimcha  chora-tadbirlar 

to‘g‘risida‖gi  farmoni  qabul  qilindi.Mamlakatimizda  samarali 

qonunchilik  bazasi  yaratilgani  tufayli  iqtisodiyotning  yetakchi 

tarmoqlarida  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokida  4,2  mingdan 

ziyod 


korxona 

tashkil 


etilib, 

muvaffaqiyatli 

faoliyat 

ko‘rsatmoqda, 

     Qisqacha  qilib  aytganda,  2012-yilda  270  dan  ortiq 

investitsiya  loyihasini  nihoyasiga  yetkazish  ko‘zda  tutilgan.  Bu 

borada  2012-yilgi  Investitsiya  dasturi  investitsiya  siyosatini 

amalga  oshirishda  muhim  omil  bo‘lib  xizmat  qilmoqda.  Uning 

parametrlari  davlatimiz  rahbari  tomonidan  O‘zbekiston 

Respublikasining  2012-yilgi  Investitsiya  dasturi  to‘g‘risidagi 

qarori  bilan  tasdiqlangan.Investitsiya  dasturi  doirasida  2012-

yilda  O‘zbekistonda  23,6  trillion  so‘mlik  kapital  qo‘yilmalarni 



o‘zlashtirish  rejalashtirilgan  edi.  Ularning  5,47  milliard  so‘mi 

markazlashtirilgan,  17,9  trillion  so‘mini  nomarkazlashtirilgan 

investitsiyalar  tashkil  etadi.  O‘zbekiston  hukumati  1,7  trillion 

so‘mlik  xorijiy  investitsiya  va  kreditlarni  teng  ravishda  o‘z 

kafolati  ostida  jalb  qiladi.  Shuning  301  milliard  so‗mi  qishloq 

joylarda  uy-  joy  qurishga  yo‘naltiriladi.  4,3  trillion  so‘mni 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalar  va  kreditlar  tashkil 

qiladi. 


     Xulosa  qilib  aytganda  xorijiy  sheriklar  bilan  o‘zaro 

manfaatli  hamkorlik  yaxshi  samaralar  bermoqda.  Negaki, 

O‘zbekistonda  xorijiy  investorlar  ishonchini  mustahkamlash 

uchun  barcha  shart-sharoit  yaratilgan.  Mamlakatimiz  davlat 

investitsiya  siyosati  uzoq  muddatli  istiqbolga  moljallangan  bo 

lib,  investorlarning  samarali  ishlashi  uchun  zarur  barcha 

sharoitni yaratib berishga qaratilgan. O‘zbekistonning geografik 

jihatdan  qulay  yerda  joylashgani,  transport  tarmog‘ining 

rivojlangani,  tabiiy  resurslarning  ko‘pligi,  ishlab  chiqarish 

hamda ijtimoiy infratuzilmaning yuqori darajada taraqqiy etgani, 

malakali kadrlarning mavjudligi va boshqa omillar investorlarga 

kelajakka ishonch bilan qarash imkonini bermoqda. 

 

 

 



 

 

 



Xorijiy investitsiyalar va loyihalarni amalga oshirish 

monitoringi boshqarmasi(xisobga olish va nazorat qilish) 

Boshqarmaning asosiy vazifalari qo'yidagilardan iborat: 

 O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  investitsiya  dasturining 

Aniq  manzilli  ro'yxatida  ko'zda  tutilgan  xorijiy  investitsiya  va 

kreditlar  ishtirokidagi  yirik  va  strategik  muhim  investitsiya 

loyihalarini  amalga  oshirish  bo'yicha  Davlat  monitoringini  olib 

borish. 

 Iqtisodiyot 

tarmoqlarini 

modernizatsiyalash 

va 

rivojlantirishga yo'nalitirilgan Davlat dasturlari doirasida xorijiy 



investitsiya va kreditlar ishtirokida amalga oshirilayotgan hamda 

moliyalashtirish  manbalari  va  tasdiqlangan  loyiha  xujjatlari 

mavjud bo'lgan investitsiya loyihalari monitoringini olib borish. 

 O'zbekiston  Respublikasi  Xukumati  nomidan  TIAISV  va 

xorijiy  investorlar  o'rtasida  imzolangan  investitsiya  bitimlari 

asosida  amalga  oshirilayotgan  loyihalar  doirasida  xorijiy 

hamkorlar  tomonidan  qabul  qilgan  majburiyatlarini  bajarilishi 

yuzasidan monitoring olib borish. 

 Investitsiya  dasturining  Aniq  manzilli  ro'yxati  loyihasini, 

hamda 


iqtisodiyot 

tarmoqlarini 

modernizatsiyalash 

va 


rivojlantirishga yo'nalitirilgan Davlat  dasturlarini shakllantirish. 

 Investitsiya  dasturining  Aniq  manzilli  ro'yxati  doirasida 

amalga 

oshirilayotgan 



yirik 

loyihalarning 

mamlakatlar, 

tarmoqlar,  respublika  hududlari,  mahsulot    turlari  va  boshqa 

kesimlarda,  hamda  investitsiya  va  moliyalashtirish  yo'nalishlari 

bo'yicha  doimiy  ma'lumotlar  bazasini  tashkil  etish  va  yuritish. 



Jalb  qilingan  xorijiy  investitsiyalarning  barcha  moliyalashtirish 

manbalari  bo'yicha  tahliliy  ma'lumotlarni  tizimli  ravishda 

tayyorlash. 

 Yirik  va  strategik  muhim  investitsiya  loyihalarini  amalga 

oshirish  Davlat  monitoringi  instituti  faoliyatini  yanada 

yaxshilash,  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilish,  investitsiya 

loyihalarini  amalga  oshirish  jarayonlari,  vazirlik  va  idoralar 

hamda  loyihalarni  amalga  oshirish  guruhlari  faoliyatiga, 

shuningdek  umumiy  investitsiya  faoliyati  samaradorligini 

oshirishga  oid  Normativ-xuquqiy  bazani  takomillashtirish 

bo'yicha takliflar ishlab chiqish. 

 Hukumat  va  boshqa  ishchi  guruhlar  tarkibida  investitsiya 

loyihalarini  amalga  oshirish  bo'yicha  vazirlik  va  idoralar 

faoliyatini reja asosida tahlil qilish va o'rganish, shu bilan birga, 

loyihalarni  amaliy  holatini  joylarga  chiqib  o'rganishni  tashkil 

qilish. 


 

 

 



 

 

 



 

 


Xulosa 

Mustaqillik  yillarida  O‗zbekistonda  qulay  investitsiyaviy 

muhit  shakllantirildi,  xorijiy  investorlarning  huquq  va 

manfaatlarini  himoya  qilish  bo‗yicha  qonun  yo‗li  bilan  keng 

ko‗lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi belgilandi. 

Natijada  respublikada  iqtisodiyotning  yetakchi  tarmoqlari 

va  sohalarida  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokida  4,2  mingtadan 

ko‗proq  korxona  tashkil  qilindi  va  muvaffaqiyatli  faoliyat 

yuritmoqda. Har yili 3,0 milliarddan ko‗proq asosan to‗g‗ridan-

to‗g‗ri  xorijiy  investitsiyalar  o‗zlashtirilmoqda,  mamlakat 

iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6 

foizdan  ko‗prog‗i  ularning  hissasiga  to‗g‗ri  keladi.  Bu  esa 

xorijiy  investorlarning  respublika  iqtisodiyoti  barqarorligi  va 

pishiq-puxtaligiga,  uni  rivojlantirish  istiqbollariga  qiziqishi 

hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi. 

Shu  bilan  birga,  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  davom 

etayotganligi,  jahon  va  mintaqaviy  investitsiya  bozorlarida 

raqobat  kuchayib  borayotganligi  mamlakatda  yana  ham 

qulayroq  investitsiya  muhitini  yaratish,  ishlab  chiqarishlarni 

modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  yangilash  bo‗yicha 

loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  xorijiy  investitsiyalar  jalb 

etilishini  rag‗batlantirish,  shuningdek,  xorijiy  investorlar  bilan 

ishlashdagi  mavjud  byurokratik  g‗ovlar  va  to‗siqlarni  bartaraf 

etish,  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalar  faoliyatiga 

davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga 

yo‗l  qo‗ymaslik  borasida  qo‗shimcha  chora-tadbirlar  qabul 

qilinishini taqozo etmoqda. 


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 

 

1. ―Xorijiy  investitsiyalar  ―-Vahobov  A.V.,  Xojiboqiyev 

Sh.X. va Mo‘minovN.G. 

2. 


https://uz.wikipedia.org/wiki/Xorijiy_investitsiya

 

3. 



cbu.uz/uz

 

4. 



uza.uz/uz

 

5. 



fikr.uz

 

6. 



www.gov.uz

 

7. 



www.mfer.uz

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 288.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling