Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Tayanch iboralar:
Erkin iqtisodiy hududlar, rezident, texnologiya, diversifikatsiya, sanoat, investor, investitsiya loyihasi, innovatsiya, imtiyoz. 346 Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. O„zbekistonda dastlabki vaqtlardan (2008-2013 yillarda) 3 ta EIH “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlari tashkil etilib, ularni rivojlantirish bo„yicha ma‟lum sinov, tajriba va yutuqlar qo„lga kiritildi. Ushbu har bir EIHni tashkil etishning o„ziga xos asoslari, shart-sharoitlari, imkoniyatlari va ehtiyojlari mavjud bo„lib, bularning barchasi mazkur EIHlarning rivojlanishida kompleks ta‟sir kzrsatish imkoniga ega. 2. O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlarida xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, yangi ish o„rinlarini yaratish, hudud ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida bir qator soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etildi. Biroq, amalda yaratilgan qulaylik va imtiyozlarga qaramay mazkur EIHlarga investitsiyalarni jalb etish, ish o„rinlarini yaratish, ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish talab darajasida bo„lmadi. Ayrimlari, hatto, importga bog„liq loyihalarga suyanib qoldi. 3. O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlari bir qator davlatlar tajribalarini o„rganish asosida tashkil etilgan bo„lsa-da, ulardagi mavjud muammolar bir qator masalalarning hal etilishi bilan bog„liq holda ko„zga tashlanib qoldi. Jumladan, qulay infratuzilmaning, xorijga chiqish-kirish viza rejimi zarurligi, ma‟muriy va bosqa to„siqlarni bartaraf etish, tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligining huquqiy asoslarini takomillashtirish eng muhim masalalardan hisoblanadi. Nazorat uchun savollar: 1. O„zbekistonda “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlari qachon va nima maqsadlarda tashkil etildi? 2. O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlarining faoliyat yo„nalishlari nimalardan iborat? 3. O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlarida qanday soliq, bojxona va ma‟muriy imtiyozlar berilgan? 4. O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlari faoliyatida qanday muammolar kuzatildi? 5. O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlari faoliyatini takomillashtirish bo„yicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirildi? 6. O„zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya dasturida EIHlarni rivojlantirishga doir qanday loyihalar amalga oshirilmoqda? Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling