Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Bankrotlik riski – tadbirkor tomonidan xususiy kapitalini butkul yo„qotish 
xavfi bilan bog„liq risklar. 
Biznes – (ingl. business) – daromad keltiradigan yoki boshqa naf beradigan 
xo„jalik faoliyati; foyda olish maqsadlari ko„zlangan va qonunlarga xilof bo„lmagan 
har qanday tashkiliy faoliyat. 
Biznes-reja – aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari 


359 
tavsiflangan va taxminan hisob-kitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan 
tadbirkorlik ishining hamma tomonlari o„z aksini topadi. 
Bir-birining o„rnini bosadigan tovarlar – o„zining belgilangan vazifasi
qo„llanilishi, sifat va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa parametrlari bo„yicha 
taqqoslanishi mumkin bo„lgan shunday tovarlarki, ularni oluvchi iste‟mol qilish 
chog„ida bir tovarni boshqasiga haqiqatan ham almashtiradi yoki almashtirishga 
tayyor bo„ladi. 
Bojxona bojlari – ma‟lum bir mamlakatning hududiga mahsulotlarni kiritish
undan chiqarish va olib o„tishda undiriladigan iste‟mol soliqlaridan biri. Ularning 
asosiy maqsadi daromad olish bo„lmasdan, balki ichki bozorni, milliy sanoatni va 
qishloq xo„jaligini himoya qilishdir. Davlat iqtisodiy (moliya-soliq) siyosatining 
instrumenti sifatida maydonga chiqadi. Import qilinadigan mahsulotlarning bahosi 
bilan ichki bozordagi xuddi shunga o„xshash mahsulotlarning bahosini tenglashtirishi 
lozim. Odatda, mahsulotlar bahosidan olinadi. Buning uchun, ayrim hollarda, maxsus 
me‟zonlar (masalan, og„irlik, maydon) ham qo„llanilishi mumkin. 
Bojxona brokeri – bojxona rasmiylashtiruvi bo„yicha operatsiyalarni 
deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirig„iga binoan va uning nomidan 
shartnoma asosida amalga oshiradigan yuridik shaxs. 
Bojxona deklaratsiyasi – asosiy bojxona hujjati bo„lib, yukni tasarruf qiluvchi 
shaxsning arizasidan iboratdir. Bu hujjat yukni tasarruf qiluvchi tomonidan tovarni 
import yoki eksport qilishda bojxonaga taqdim etiladi. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling