Import ishlab chiqarish hududlari – importni joylashtirish bo„yicha hudud.
Ular qabul qiluvchi mamlakatlarni yangi tovarlar bilan, mahalliy korxonalarni esa
zamonaviy texnologiyalar bilan ta‟minlashga mo„ljallangan.
Imtiyoz – ma‟lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman (yoki to„liq) ozod
etish, ma‟lum bir qulayliklarga ega bo„lish.
Innovatsiya (ingl. innovations – kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va
texnologiya avlodlarini almashtirishni ta‟minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan
mablag„lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg„or tajribalarga asoslangan texnika,
texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar,
shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo„llanilishi.
Innovatsiya texnologiyalari – iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish
bosqichlarida qo„llaniluvchi usul va vositalar majmui bo„lib, o„z ichiga joriy etish,
trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi turlarini oladi.
Intellektual mulk – ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochlik va mualliflik
obyekti huquqi majmuiga kiruvchi fan, adabiyot, san‟at va ishlab chiqarish sohasida
ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik
san‟ati, jumladan, ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar,
sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, ma‟lumotlar bazasi, nou-xauning
ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy obyektlar.
Inflyatsiya – (lot. Inflatio – shishish, bo„rtish, ko„tarilish), pulning
qadrsizlanishi – tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xo„jalik
aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qog„oz pullar miqdorining ko„payib ketishi,
pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan ta‟minlanmagan
pullarning paydo bo„lishi.
Inflyatsiya darajasi – ma‟lum vaqt ichida (oy, yil) baholar darajasining
foizdagi o„zgarishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |