362
Jamg„arish – joriy davrdagi qayta ishlashning
moddiy asosini kengaytirish
orqali kelajakda aholi iste‟molini oshirishga yo„naltirilgan jarayon. Jamg„arishning
asosiy funksiyasi takror ishlab chiqarish jarayonining pirovard maqsadiga erishishga
ko„maklashishdir. Takror ishlab chiqarish jarayonining maqsadi aholining o„sib va
o„zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
Jamg„arma – aholi, korxona va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi
ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to„planib borishi.
Jahon bozori – xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan o„zaro
bog„langan mamlakatlar o„rtasidagi barqaror tovar pul munosabatlari tizimi.
Jahon bozori konyunkturasi – jahon tovar bozorlaridagi sotish sharti,
ushbu
bozorlardagi talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o„zgarish tendensiyalari.
Z
Do'stlaringiz bilan baham: