Bojxona hujjatlari – tovarlarni bojxona chegarasidan olib o„tish uchun
rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarga quyidagilar kiradi: bojxona deklaratsiyasi, import
va valyuta litsenziyalari, tovarning qayerdan kelib chiqqanligi to„g„risidagi
guvohnoma, konsullik fakturasi, tranzit hujjatlari, veterinar, sanitar va karantin
guvohnomalari va boshqalar.
Bozor infratuzilmasi – bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini
ta‟minlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.
Bozor konyunkturasi – muayyan davrdagi bozor holati; bozorda
muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan tavsiflanadi.
Boshlang„ich kapital – investitsiya qilish uchun to„plangan dastlabki summa
yoki ish boshlash uchun kerak bo„ladigan sarmoya.
V
Valyuta konvertatsiyasi (lot. conversio – almashtirish) – valyuta almashinuvi –
mamlakat milliy valyutasining xorijiy valyutalarga yoki xalqaro to„lov vositasi
sifatida amal qiluvchi valyutaga erkin almashtirilishi.
Valyuta kursi – bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida
ifodalangan narxi.
Valyuta siyosati – 1) davlatning mamlakat ichida va undan tashqarida
valyutaga, valyuta kursiga, valyuta operatsiyalariga ta‟sir ko„rsatish chora-tadbirlari;
davlat iqtisodiy siyosatining va tashqi iqtisodiy faoliyatining tarkibiy qismi; 2)
mamlakatning joriy strategik maqsadlarga muvofiq halqaro valyuta va boshqa
iqtisodiy munosabatlar sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlari majmuasidir. U
iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlariga erishishga qaratilgan.
Valyuta riski – bir valyutaning boshqasiga nisbati bo„yicha kursning o„zgarishi
bilan bog„liq valyuta yo„qotilishi xavfi sifatida namoyon bo„ladi.
G
GATT Savdo va tariflar bo„yicha Bosh kelishuv) – tashqi savdo operatsiyalarini
o„tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo„lgan mamlakatlarni
birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo„yicha xalqaro akt.
Garov huquqi (fuqarolik huquqida) – bir shaxsning majburiyatlarni ta‟minlash
uchun boshqa shaxsga mol-mulkka oid huquqni berishi (garov)ni tartibga soluvchi va
mustahkamlovchi huquqiy me‟yorlar majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |