Эркин иқтисодий ҳудудлар
Iqtisodiy siyosat choralari
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapital bozori
- Kapital qo„yilmalar
- Kapital qurilish
Iqtisodiy siyosat choralari – tovarlarni va (yoki) transport vositalarini
bojxona hududiga olib kirishga va ushbu hududdan olib chiqishga doir cheklovlar bo„lib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo„jaligi bilan o„zaro hamkorligini tartibga solishning boshqa chora-tadbirlarini o„z ichiga oladi. Y Yirik investitsiya loyihasi – umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasi. K Kapital (nem. kapital; lot. capitalis – bosh, asosiy) sarmoya – keng ma‟noda – o„z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo„lgan jami vositalar va mablag„lar; yangi qiymat keltiruvchi, o„zini-o„zi ko„paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma‟noda – ishlab chiqarish vositalari ko„rinishidagi ishga qo„yilgan, ishlab turgan daromad manbai. Kapital bozori, fond bozori – bo„sh turgan pul mablag„larini to„plash, ularni ssuda kapitaliga aylantirish, so„ngra uni ishlab chiqarish jarayonlari ishtirokchilari o„rtasida taqsimlash munosabatlari; qimmatli qog„ozlar, korxonalarning aksiyalari hamda davlat obligatsiyalari bilan oldi-sotdi operatsiyalari olib boriladi. Kapital qo„yilmalar, kapital mablag„lar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga tegishli asosiy fondlarni yaratishga, ularni yangilashga va harakatdagi fondlarni ko„paytirishga, obyektni qurishga sarf qilinadigan, ishlab chiqarishga qo„yilgan mablag„. Kapital qurilish – yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiya 366 qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, obyektlar va vositalarni mukammal ta‟mirlash, shu jumladan, loyiha-qidiruv ishlarini bajarish. Konsortsium (lot. consortium – shirkat, ishtirok etish) – 1) kompaniyalar, banklarning kapitaltalab, juda keng ko„lamdagi iqtisodiy loyihani amalga oshirish yoki qarzlarni hamkorlikda joylashtirish uchun tuzilgan vaqtinchalik birlashmasi; 2) bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning muvaqqat birlashmasi. Konyunktura – bozorda ma‟lum bir vaqtda yuzaga kelgan iqtisodiy holat (asosan, talab hamda taklif nisbati va u bilan bog„liq bo„lgan narxlar darajasi orqali yuzaga keladi). Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling