Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Reimport operatsiyalari – o„z mohiyatiga ko„ra – amalga oshmagan eksport 
operatsiyalaridir, ular mamlakatga undan oldin olib ketilgan tovarlarni qayta olib 
kelishni bildiradi. Ularga xaridor tomonidan brak qilingan, auksionda sotilmagan
konsignatsion omborlar orqali sotilmagan tovarlarning qaytarib olib kelinishi kiradi. 
Reinvestitsiya – investitsiyalar bo„yicha daromadlar ko„rinishida olingan va 
ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yo„naltirilgan mablag„lar; investorning faoliyati 
natijasida olingan foydani (daromadni) muomalaga kiritish (qayta investitsiyalash). 
Rekvizitsiya (lot. reguisitio – talab qilib olish, olib qo„yish) – mulkni haq to„lab 
majburiy ravishda davlat egaligiga to„la yoki vaqtincha foydalanish uchun olish. 
Rekonstruksiya (qurilish, qayta tiklash) 

1) mavjud narsa (bino, inshoot)ni 


371 
yaxshilash, amaliy ahamiyatini oshirish, takomillashtirish maqsadida tubdan qayta 
qurish; 2) faoliyat yuritayotgan korxonani ma‟naviy va jismoniy eskirgan qurilma va 
asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish
texnologik bo„g„inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo„qotish yo„li 
bilan almashtirish yordamida to„liq yoki qisman o„zgartirish.
Rentabellik (nem. rentabel – daromadli, foydali) – korxona yoki 
tadbirkorlikning daromadliligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy 
faoliyatning samaradorligi. Rentabellik foyda olib ishlashning qiyosiy, ya‟ni sarf-
xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan ko„rsatkich bo„lib, foizlarda ifodalanadi. 
Reeksport – mamlakatga oldin olib kirilgan tovarlarni qayta ishlovsiz xorijga 
chiqarish va sotishni nazarda tutadigan operatsiyalar. 
Risk – bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan 
ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo„lib qolish 
ehtimoli. Risk kutilishi mumkin bo„lgan xatar bo„lib, investitsiyadan mo„ljallangan 
foydani olish jarayoniga xos bo„lgan umidsizlik. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling