Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik-iqtisodiy asoslash (TIA)
- Tovar turkumi
Tashqi savdo faoliyati – xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi
tadbirkorlik faoliyati. Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo„li bilan amalga oshiriladi. To„g„ridan-to„g„ri investitsiyalar – 1) bevosita mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko„rsatish jarayonini tashkil etish yoki yanada kengaytirish maqsadida xorijiy sheriklar tomonidan uzoq muddatli kapital qo„yilmalar kiritish. To„g„ridan-to„g„ri 373 investitsiyalar investorlarga mazkur ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat qilish imkonini beradi; 2) xorijiy kapitalning uzoq muddatli kiritilishi bo„lib, investor tashkil qilayotgan firma aksiyalari yoki aksiyadorlik kapitaliga to„la ega bo„lish yoki kamida 10 foizi xo„jalik faoliyatining ta‟sirchan nazorat qilinishini ta‟minlaydi. Texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) – investitsiya loyihasini amalga oshirishning tanlov savdolari asosida va loyihani moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda aniqlangan yakuniy, eng samarali texnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy yechimlarini belgilovchi loyiha oldi hujjati. Tender (ing. tend – xizmat ko„rsatish) – 1) ochiq turdagi yoki cheklangan sondagi ishtirokchilar uchun yopiq turdagi raqobatli savdo-sotiq; buyurtmani joylashtirishning tanlov shakli; 2) qimmatli qog„ozlarga obuna bo„lish, muddatli shartnoma bo„yicha tovarlar yetkazib berish, shartnomalar tuzish to„g„risidagi ariza, yozma taklif; 3) xalqaro bozorda mashina-uskunalar xarid etish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, injiniring xizmatlari ko„rsatish uchun tanlov asosida buyurtmalar berish. O„zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlarini shakllantirishda va rivojlantirishda tender keng qo„llaniladi. Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarning aksiyalarining yirik paketlarini sotishda, katta qurilish ishlarini olib borishda xalqaro loyihalarni amalga oshirishda tender e‟lon qilinadi. Savdoni tashkil etish uchun vaqtinchalik organ bo„lgan tender qo„mitasi tuziladi. Tovar turkumi – bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati bo„yicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan jo„natilayotgan yohud bojxona chegarasi orqali o„tayotgan bitta jismoniy shaxsning qo„l yukida va bagajida olib o„tilayotgan tovar yoki uning bir qismi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling