Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ustav kapitali
- Ustav fondi
- Uchinchi shaxslar
U
Unitar korxona – mulk egasi tomonidan o„ziga birkitib berilgan mulkka egalik qilish huquqi berilmagan tijorat tashkiloti ko„rinishidagi davlat yoki mahalliy boshqaruv idoralari korxonasi. Unitar korxona o„z majburiyatlari bo„yicha o„ziga tegishli jami mol-mulki bilan javob beradi, lekin, mol-mulk egasi majburiyatlari bo„yicha javobgar emas. Ustav kapitali – aksiyadorlik jamiyati ustavida qayd etilgan pul ifodasidagi dastlabki, boshlang„ich kapital. Ustav kapitali aksiyalar sotishdan tushumlar, ta‟sischilarning xususiy qo„yilmalari va davlat qo„yilmalari hisobidan yuzaga keladi. Ustav kapitaliga badallar faqat pul mablag„lari ko„rinishida emas, balki mulk shaklida, masalan, imoratlar, er, shuningdek, intellektual mulk obyektlari: patentlar, litsenziyalar, loyihalar shaklida ham bo„lishi mumkin. Ustav kapitali balansning passivida qayd etiladi. Ustav fondi – ta‟sischilar – ishtirokchilarning o„zlari tashkil etgan kompaniya, xo„jalik jamiyatiga dastlabki kiritgan va doimiy ulush hisoblanadigan moddiy va pul mablag„lari majmui. Ustav fondi kompaniyaning xo„jalik faoliyatidan olinadigan foyda hisobiga ko„payib borishi mumkin. Ustav fondi kompaniya, jamiyatning asosiy va aylanma mablag„lari qiymatini tashkil etadi. Uchinchi shaxslar – fuqarolik huquqida, bevosita fuqarolik huquqiy munosabatlarida ishtirok etmaydigan, lekin, vujudga kelgan huquqiy munosabatda muayyan darajada huquq va majburiyat tug„diradigan subyektlar. F Favqulodda holatlar – taraflarning xohish-irodasi va harakatlariga bog„liq bo„lmagan, tabiat hodisalari (zilzila, ko„chkilar, bo„ron, qurg„oqchilik va boshqalar), boshqa tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati, davlat manfaatlarini ko„zlab importni hamda eksportni taqiqlash va boshqalar) keltirib chiqargan muayyan sharoitlardagi favqulodda, oldini olib bo„lmaydigan va kutilmagan holatlar bo„lib, qabul qilingan majburiyatlar shular tufayli bajarila olmaydi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling