Эркин иқтисодий ҳудудлар


S  Savdo-ombori hududlari


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR


Savdo-ombori hududlari – xorij tovarlari bojxona boji to„lovlarisiz saqlanishi, 
sotilishi va sotib olinishi mumkin bo„lgan hududlar. Bunday hududlar quyidagi 
xususiyatlarga ega bo„lishi mumkin: ularni jahon bozoriga xizmat ko„rsatishi uchun 
tashkil qilish; mamlakatning qolgan hududlarida amalda bo„lgan ko„pgina soliq 
normalari va bojxona cheklovlarining bu hududda amal qilmasligi; tashqi iqtisodiy 
aloqalarda davlat tartibga solishining tarqalishi. 
Sarmoya (fors.-tojik. – bosh va mablag„) – asosiy savdo mablag„i. Sarmoya 
o„zining kelib chiqishi jihatidan savdo kapitali yoki savdo mablag„idir. Ko„pgina 
iqtisodiy adabiyotlarda sarmoya investitsiya deb ham ataladi. 
Soliqlar – qonunda belgilangan tartibdagi stavka bo„yicha xo„jalik yurituvchi 
subyektlardan va fuqarolardan davlat tomonidan davlat yoki mahalliy budjetga 
olinadigan majburiy to„lovlar.
Soliq imtiyozi – soliq to„lovchi soliq majburiyatlari hajmining to„liq yoki 
qisman qisqarishi, to„lov muddatining kechiktirilishi yoki orqaga surilishi. 
Soliqlarning rag„batlantiruvchi funksiyasi soliq imtiyozlari tizimi orqali amalga 
oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa tortish obyektining o„zgarishida, soliqqa tortish 
bazasining kamayishida (qisqarishida), soliq stavkalarining pasaytirilishida va 
boshqalarda o„z ifodasini topadi. 
Soliq stavkasi – soliqqa tortish birligiga to„g„ri keluvchi soliqning hajmi 
(miqdori, darajasi). 
Soliq tizimi – mamlakat doirasida (hududida) to„lovchilardan (yuridik va 
jismoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig„imlar va boshqa 
to„lovlar hamda ular tarkibiy tuzilishining shakl va uslublari yig„indisi. 
Ssuda (rus.) – moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to„lash va qaytarib berish 
sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik.
Ssuda kapitali – vaqtincha foydalanib qaytarish, ma‟lum foiz haq to„lash sharti 
bilan qarzga beriladigan pul kapitali. Ssuda kapitalining iqtisodiy ma‟nodagi o„ziga 


372 
xos xususiyati shundaki, u foiz ko„rinishida foyda keltiradi. 
Sug„urta – 1) tabiiy ofatlar, har xil baxtsiz hodisalar ro„y berishi natijasida 
ko„rilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari to„lash uchun maqsadli pul 
jamg„armalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bog„liq iqtisodiy 
munosabatlar tizimi; 2) yuridik yoki jismoniy shaxslar to„laydigan sug„urta 
mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug„urta 
hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug„urta shartnomasiga muvofiq sug„urta 
tovonini (sug„urta pulini) to„lash yo„li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling