369
Mualliflik huquqi – keng ma‟noda – fan, adabiyot va san‟at asarlarini yaratish,
foydalanish va huquqiy himoya qilishda vujudga keladigan
munosabatlarni tartibga
soluvchi huquqiy me‟yorlar yig„indisi; fuqarolik huquqining bir bo„limi. Tor
ma‟noda – asar muallifiga tegishli bo„lgan va qonunlarda mustahkamlanib qo„yilgan
shaxsiy va mulkiy huquqlar tizimini tashkil etadi.
N
Narx, baho – tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal
qiluvchi iqtisodiy dastak.
Natsionalizatsiya
– fuqarolarga hamda
yuridik shaxslarga qarashli
natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq to„lash
asosida qonun hujjatlariga muvofiq davlat ixtiyoriga o„tkazish.
Nominal qiymat (lot. nominalis – nomi yozilgan) – pul belgilari, banknotlar,
qimmatli qog„ozlarning ustiga yozib qo„yilgan qiymati, narxi.
Nou-xau (ingl. know how – qandayligini bilaman), ishlab chiqarish siri – hali
hammaga ma‟lum bo„lmagan va keng tarqalmagan
yangi ilmiy-texnikaviy, ishlab
chiqarish-texnologik, boshqarish,
moliyaviy-iqtisodiy, tijoratga oid bilimlar majmui
va ularni amaliyotda qo„llash tajribalari; ularga tanho ega bo„lish. U korxona uchun
ham, shaxs uchun ham muayyan ustunlikni ta‟minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: