Эркин иқтисодий ҳудудлар


Moliyaviy investitsiyalar


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Moliyaviy investitsiyalar – mulkka egalik qilish va mulkdan daromad olish 
bilan bog„liq bo„lgan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog„ozlar orqali 
qo„yilmalar kiritish. 
Moddiy boylik, moddiy ne‟mat – muayyan insoniy ehtiyojlarni qondiradigan 
narsa, hodisa, mehnat, mahsulot; milliy boylikning tarkibiy qismi. 
Moddiy ishlab chiqarish – jamiyat hayoti va taraqqiyoti uchun zarur bo„lgan 
moddiy ne‟matlarni yaratish jarayoni. 
Moddiy resurslar – iqtisodiyot taraqqiyoti va ishlab chiqarish jarayoni uchun 
zarur bo„lgan moddiy-ashyoviy ne‟matlar yig„indisi, moddiy-ashyoviy shakldagi 
iqtisodiy resurslar.
Modernizatsiya, modernizatsiyalash, modernizatsiya qilish (frants. moderne – 
eng yangi, zamonaviy) – biror narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni 
zamonaviy talablarga muvofiq o„zgartirish. Modernizatsiya qilishda mashina, 
apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim kashfiyotlar texnika taraqqiyoti 
talablariga muvofiq qayta ishlanadi. 
Moliya – maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish 
yuzasidan paydo bo„ladigan iqtisodiy munosabatlar; pul oqimlari harakati. Moliya 
pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi: taqsimlash 
vazifasi; rivojlantirish vazifasi; ijtimoiy himoya vazifasi; axborot berish vazifasi
nazorat vazifasi. 
Moliya yili – birinchi yanvardan o„ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo„lgan 
vaqtni o„z ichiga oluvchi davr. 
Monitoring – (ingl. monitoring – kuzatish, nazorat qilish) – ma‟lum bir hodisa 
yoki jarayonning holatini kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash. 
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sohasida qo„llaniladigan monitoring berilgan 
ssuda (qarz)ni qoplash va unga foiz to„lash jarayonining borishi ustidan nazorat 
qilishda namoyon bo„ladi. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling