Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Portfel investitsiyalar – kapitalni korxonalar qimmatli qog„ozlariga (korxona 
ustav kapitalining 10 %dan kam qismini) joylashtirish (investorlarga ular faoliyatini 
bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi).
Potensial xavf – aniqlanmagan, lekin uning yuzaga kelishi uchun sharoitlar 
mavjud bo„lgan xavf. 
Preferensiya – 1) investitsiya va innovatsiya xarajatlarini moliyalashtirish 
uchun investitsion soliq krediti va maqsadli soliq imtiyozi ko„rinishida belgilangan 
imtiyoz, yengillik; 2) iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga 
solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan 
beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar. 
Pudrat shartnomasi (rus. podryad – bir yo„la) – fuqarolik-huquqiy bitim, unga 
ko„ra, bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig„iga binoan, 
muayyan ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda 
topshirish majburiyatini oladi. Buyurtmachi ish natijasini qabul qilib olish va buning 
uchun haq to„lash majburiyatini oladi.

Raqobat – 
xo„jalik 
yurituvchi 
subyektlarning 
(raqobatchilarning) 
musobaqalashuvi bo„lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining 
tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir 
tomonlama tartibda ta‟sir ko„rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi. 
Real investitsiyalar – xo„jalik subyektining operatsion faoliyatini amalga 
oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishi bilan bog„liq aktivlarni 
yaratishga sarflangan kapital. 
Rezidentlar – kalendar yilida mamlakatda 183 kundan kam bo„lmagan 
muddatda yashagan, O„zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo„lgan va bo„lmagan 
soliq to„lovchilar. Shu mamlakatning rezidentlarining daromadlari shu mamlakatda 
soliqqa tortilishi shart. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling