Эркин иқтисодий ҳудудлар


Noaniqlik (mavhumlik) – investitsiya loyihasini amalga oshirish shart- sharoitlari haqidagi ma‟lumotlarning to„liq yoki aniq emasligi.  O


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Noaniqlik (mavhumlik) – investitsiya loyihasini amalga oshirish shart-
sharoitlari haqidagi ma‟lumotlarning to„liq yoki aniq emasligi. 

Obligatsiya – foiz shaklida daromad keltiruvchi qimmatli qog„oz. Davlat 
organlari tomonidan budjet defitsitini qoplash uchun va aksiyadorlik jamiyatlari 
tomonidan kapitalni jalb qilish maqsadida chiqariladi.  
Oltin-valyuta zahiralari – mamlakatning markaziy emissiya banki yoki 
xazinasida quyma va tanga shaklida to„plangan markazlashgan oltin zahira fondi. 
Oltin-valyuta zahiralariga hukumat va markaziy banklarga tegishli bo„lgan oltin 
quymalari va oltin tangalar, xorijiy bank hisob raqamlaridagi valyuta mablag„lari, 
xorijiy mamlakatlar banknotlari, tangalari va davlat qimmatli qog„ozlari kiradi. Oltin-
valyuta zahiralari mamlakatning pul birligini mustahkamlash, uni barqaror ushlab 
turish, shuningdek, ichki valyuta bozorini zaruriy valyuta mablag„lari bilan 
ta‟minlash maqsadida shakllantiriladi. 
Optsion (nem. option – tanlash, istak) – sotuvchi yoki xaridorga qimmatli 
qog„ozlar yoki tovarlarni muayyan muddat davomida belgilangan narxlarda sotib 
olish yoki sotish huquqini beradigan shartnoma. 
Offshor zona – yuridik shaxslarga nisbatan soliq imtiyozlari yaratilgan, 
buxgalteriya hisoboti va audit bo„yicha talablar yumshatilgan, bojxona to„lovlari va 
savdo cheklovlari qisman yoki butunlay olib tashlangan ma‟lum davlatning erkin 
iqtisodiy hududi. 

 
Pay, hissa – firma, kompaniya, jamiyat, shirkatning umumiy kapitalida 
muayyan jismoniy va yuridik shaxs hissasiga to„g„ri keladigan pul badali summasi 


370 
yoki ulushi. Pay egasi oladigan daromad dividend deyiladi. 
Patent (lot. patens – ochiq, aniq-ravshan) – texnik yechim (ixtiro)ning davlat 
tomonidan e‟tirof etilganligini va ixtirochining o„z ixtirosiga olgan mutlaq huquqini 
tasdiqlovchi hujjat.  
Porto-franko – tovarlarning bojsiz kirish va chiqish huquqi joriy etilgan qirg„oq 
bo„yi porti yoki ichki port. Porto-franko dalatning bojxona hududi tarkibiga kirmaydi. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling