Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Fan-texnika taraqqiyoti – fan bilan texnikaning o„zaro bog„liq, yagona, 
ilgarilab boruvchi taraqqiyoti.
Firma – (ital. firma – imzo) – korxona, kompaniya, xo„jalik va tijorat 
tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakllari, huquqiy holati va 
boshqalarga ko„ra xilma-xil firmalar bor.  
Foizlar – har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad, shu jumladan, 
obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog„ozlar, shuningdek, depozit qo„yilmalar va 
boshqa qarz majburiyatlaridan olingan daromad. 
Foyda – tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni 


375 
ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortgan qismi. Korxonalar va tadbirkorlar 
xo„jalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy ko„rsatkichlaridan biri. Foyda pulda 
ifodalanadi. Foyda kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi 
tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda 
topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iqtisodiyotining 
rivojlanishini ta‟minlaydi.
Fond bozori, qimmatli qog„ozlar bozori – moliya bozorining qimmatli 
qog„ozlar emissiyasi va ularning oldi-sotdisi bilan shug„ullanadigan sohasi. Fond 
bozorining asosiy vazifasi: investitsiyalarni, ya‟ni kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishga va texnika ravnaqiga zarur investitsiya mablag„larini to„plash hamda 
taqsimlash; qimmatli qog„ozlar paketlaridan foydalangan holda mulk egaligini 
o„zgartirish; qimmatli qog„ozlar oldi-sotdisi yo„li bilan bozorni qayta taqsimlash; 
qimmatli qog„ozlar chiqarish yordamida davlat qarzini moliyalashtirish va boshq. 
Fyuchers (lot. futurus – kelajak) – tovar yoki fond birjalarida xomashyo 
tovarlari, oltin, valyuta, qimmatli qog„ozlarni amalda bo„lgan narxlarda, lekin, 
yetkazib berish va haqini keyingi kelishilgan muddatlarga qoldirish bilan oldi-sotdi 
qilish bo„yicha bitishuvlar.  

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling