Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin
iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma‟muriy kengashlari (keyingi
o„rinlarda ma‟muriy kengash deb ataladi) – O„zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki
O„zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
organlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan tashkil etiladigan kollegial organlar.
Qurilish materiallari – binolar (inshootlar) qurish va ta‟mirlashda
ishlatiladigan tabiiy va sun‟iy ashyolar hamda buyumlar.
Qo„shma korxona – boshqa mamlakatlar firmalari ishtirokida bunyod qilingan,
tashkiliy jihatdan yagona yuridik shaxs sifatida rasmiylashtirilgan korxona. Qo„shma
korxona o„zaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil
qilinib, ishlab chiqarish, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnika vazifalarini echishga
qaratiladi. Ta‟sischilarning o„z mulklarini birlashtirish va badallari hisobiga qo„shma
korxonaning moliyaviy fondi yaratiladi. Qo„shma korxona, asosan, chet el texnikasi,
texnologiyasi, investitsiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xomashyo va ishchi kuchi
hisobiga ishlaydi, o„z mustaqil balansiga ega bo„ladi, to„liq xo„jalik hisobi asosida
faoliyat olib boradi. Qo„shma korxonaning chet ellik ta‟sischisi daromad hissasini o„z
mamlakatiga olib chiqib ketish (o„tkazish) huquqiga ega bo„ladi.
Qo„shma tadbirkorlik – bir qancha hamkorlar, shu jumladan, turli davlat
hamkorlarining umumiy tarbirkorlik faoliyati. Qo„shma tadbirkorlik uchun
tadbirkorlik faoliyatining barcha ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini kelishish
zaruriy holat hisoblanadi.
Qo„shma tadbirkorlik hududi – mamlakatning bojxona hududidan tashqarida
joylashgan sifatida qaraladigan, maxsus bojxona, ijara, soliq, valyuta, viza, mehnat va
boshqa rejimlar joriy etiladigan, soliq va bojxona imtiyozlari asosida xorijiy kapital
qo„yilmalari va qo„shma tadbirkorlikni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratiluvchi davlat hududining maxsus qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |