Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Yalpi milliy mahsulot (YaMM) – mamlakatning ma‟lum muddat ichida 
umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy ko„rsatkichlaridan 
biri. YaMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi daromadlari 
(ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli 
yuzaga kelishidan qat‟iy nazar) jami yig„indisini ko„rsatadi. YaMM milliy hisoblar 
tizimi asosida hisoblanadi. 
O„ 
 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
bojxona qo„mitasining 
yagona 
avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bojxona organlarining axborot tizimi)
bojxona chegarasi orqali olib o„tiladigan tovarlarning va transport vositalarining 
bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va ma‟lumotlarning 
kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi 
O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasining avtomatlashtirilgan tizimi. 
O„zbekinvest” eksport-import milliy sug„urta kompaniyasi – yagona 
korporativ tizimga ega bo„lgan ko„p tarmoqli sug„urta kompaniyasi. Vazirlar 
Mahkamasining 1994-yil 13-apreldagi tegishli Qaroriga muvofiq milliy sug„urta 
kompaniyasi tarzida tashkil etilgan. 1997-yil 28-fevraldan hukumatning eksport va 
import sug„urtasi bo„yicha maxsus sug„urta agenti maqomidagi O„zbekiston 
Respublikasi eksport-import milliy sug„urta kompaniyasi. 

 
Qimmatli qog„ozlar – 1) o„z egasiga mulkka egalik huquqini va daromad 
ko„rinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar 
hujjatlari (aksiya, obligatsiya, akkreditiv, veksel, chek va b.); 2) o„zining egasiga 
dividend va foiz ko„rinishida daromad olish huquqini beruvchi mulk tituli. Ularning 
tarkibiga aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar kiradi.
Qurilish – moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli 
maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish; ishni yuritish 
uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot), keng ma‟noda 
yaratuvchilik jarayoni. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan 
ishlab chiqarish korxonalari, turar-joylar, jamoat binolari, inshootlari va boshqa 
obyektlar qurilishi mahsuloti hisoblanadi. Qurilishda ishlab chiqarish tsikli nisbatan 
uzun bo„lib (bir necha oydan bir necha yilgacha), ishlab chiqarish jarayoni turli ob-


380 
havo sharoitida ochiq usulda olib boriladi. Pudrat va xo„jalik usulidagi qurilishni va 
montaj ishlarini, shuningdek, bino, inshootlarni kapital ta‟mirlash ishlarini qurilish 
tashkilotlari va maxsus tashkilotlar; loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv 
tashkilotlari; foydalanishga topshirish va qidiruv-parmalash tashkilotlari amalga 
oshiradi.

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling