Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
Xususiylashtirish – davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy
subyektlarga o„tishi jarayoni, xilma-xil mulkchlikni shakllantirish, iqtisodiyotni davlatlashtirishdan qaytish yo„llaridan biri. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari shu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham nazarda tutadi. Ch Chet el investitsiyalari – chet ellik investorlar, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo„shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar – aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav jamg„armasining kamida o„ttiz foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar. Ular O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid 377 kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat ko„rsatadilar. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni ta‟sis etish yo„li bilan yoki ilgari chet el investitsiyalari ishtirokisiz ta‟sis etilgan korxonada ishtirok etish ulushini (payini, aksiyalarini) yohud bunday korxonani butunlay, shu jumladan, xususiylashtirish jarayonida chet ellik investor tomonidan sotib olinishi natijasida tashkil etilishi mumkin. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona davlat ro„yxatiga olingan paytdan e‟tiboran yuridik shaxs huquqiga ega bo„ladi. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tashkil etish va ularni davlat ro„yxatiga olish tartibi O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Sh Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling