Nishonov bekzod - Investitsiyalar u yoki bu natijalarga erishish yoki muayyan turdagi cheklangan resurslardan foydalanishning muqobil imkoniyatlari ta’minlangan hollarda o’zaro ziddiyatli investitsiyalar hisoblanadi va raqobatlashuvchi investitsiyalar deb ataladi. Muqobil (o’zaro ziddiyatli) investitsiyalarni taqqoslash esa ular ichidan eng yuqori samaralisini aniqlashga va uni ko’zlangan maqsad yo’lida moliyalashtirishga imkon beradi.
Investitsiya loyihalari o’rtasidagi raqobat kurashining vujudga kelishi, odatda, quyidagi sabablarga asoslanadi: - Investitsiyalarning eng qisqa fursatda (tez) qoplanishi va yuqori foyda keltirishi.
- Investorning kapital byudjeti cheklanganligi.
Investitsiya loyihalari o’rtasida raqobat ikki sababga ko’ra yuzaga keladi - Birinchidan noiqtisodiy xarakterdagi sabablarga ko’ra ikki loyiha bir-birini inkor etadi.yuk tashish avtomobili 5 va 10 to’nnalik bo’lib agar 5 to’nnalik mashina olinsa u 10 tonnalik yuk tashishi faoliyatini ham olib boradi. Asosiy masala uning investitsiya xarajatlaridir
- Ikkinchidan bujetning cheklanganligi sababi ham investitsiyalar o’zaro raqobatlashuvchi bo’lishi mumkin misol uchun eski avtomashinani capital ta’mirlash kerakmi yoki yangisini sotib olish samaralimi
Muqobil loyihalarni o’zaro taqqoslashda: - ishlab chiqarish rejasi va hajmi yoki loyiha quvvatiga;
- vaqt omiliga;
- - yangi texnika yoki progressiv texnologiya bo’yicha bajariladigan ish (xizmat) hajmiga;
- ishlab chiqarish va mahsulotni iste’mol qilishning ijtimoiy omillariga
- moliyaviy ko’rsatkichlarga (baho darajasi, inflyatsiya va kredit uchun foiz stavkalari darajalari va shu kabilar) e’tiborni qaratish lozim
Investitsiya loyihalarining samaradorligi yuqori ko’rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan reja (bashorat)larning haqiqiy bajarilishiga bog’liq bo’ladi. Bu bashoratlarning hammasi yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishga va yuqori foyda asosida sotishga qaratilgan bo’ladi. Lekin, loyihalarning texnologik tarkibi (ishlab chiqarish jarayonining murakkabligi va uzoq davom etishi), loyiha quvvatining bosqichma-bosqich o’zlashtirilishi va mahsulotni sotish jarayoni kabilarning loyiha samaradorligiga jiddiy ta’sir ko’rsatishini hisobga olish zarur. - Investitsiya loyihalarining samaradorligi yuqori ko’rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan reja (bashorat)larning haqiqiy bajarilishiga bog’liq bo’ladi. Bu bashoratlarning hammasi yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishga va yuqori foyda asosida sotishga qaratilgan bo’ladi. Lekin, loyihalarning texnologik tarkibi (ishlab chiqarish jarayonining murakkabligi va uzoq davom etishi), loyiha quvvatining bosqichma-bosqich o’zlashtirilishi va mahsulotni sotish jarayoni kabilarning loyiha samaradorligiga jiddiy ta’sir ko’rsatishini hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |