Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijara shartnomasi
- Ijtimoiy investitsiyalar
- Import litsenziyasi
- Investitsiya
Zararlar – fuqarolik huquqida qonunga xilof harakatlar tufayli bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga yetkazilgan ziyonning pulda ifodalangan shakli. I Ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi – buxgalteriya hisobi to„g„risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ijara (lizing) to„lovi summasi bilan ijara (lizing) obyektining qiymatini qoplash summasi o„rtasidagi farq ko„rinishidagi ijara (lizing) to„lovining bir qismi. Ijara shartnomasi – fuqarolik-huquqiy shartnoma. Unga ko„ra, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi. Ijara haqi – ijara sharoitida taqdim etilgan mulk uchun to„lovning turi. Asosiy fondlarning alohida obyektlari ijaraga olinganda ular ijara shartnomasining butun amal qilish davomida teng hissalarda mahsulot tannarxiga kiritiladi. Ijtimoiy investitsiyalar – inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne‟matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo„shiladigan investitsiyalar. Import (ingl. import – keltirish, olib kelish) – mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga o„tkazib yuborish uchun chet el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qog„ozlar va boshqalarni keltirish. Import litsenziyasi – unda ko„rsatilgan tovarlarning cheklangan miqdorini yoki shunday tovarlarni cheklanmagan miqdorda ushbu hujjatda aytib o„tilgan vaqt davomida olib chiqib ketishga ruxsatnoma. Imtiyozli aksiya – dividend olingan foydaga qarab emas, balki oldindan belgilangan qat‟iy foizlarda beriladigan aksiya. Investitsion faollik – turli iqtisodiy subyektlarning daromad olish maqsadida milliy yoki xorijiy iqtisodiyotlarga investitsiya resurslarini kiritishga intilishi. Investitsiya (lot. investio – o„rash) – iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida o„z 363 mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo„yish). Pulning vaqtga bog„liq qiymati nazariyasiga ko„ra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablag„lar qo„yishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bog„lashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki kapital qiymatini vaqt mobaynida o„stirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga bo„lgan huquqlarni aks ettiradi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling